Innovatsion raqamli “AVO bank” o‘z mahsulotlarini ilgari surish yo‘lida foizsiz davrga ega AVO platinum kredit kartasini ishga tushirdi, mahsulot har bir o’zbekistonlik uchun butunlay yangi imkoniyatlarni taqdim etadi va moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga yordam beradi.
Ushbu maqsadga erishish uchun juda katta ishlar amalga oshirildi – jarayonlar, barcha bosqichlarda ilg‘or IT-texnologiyalarini joriy etgan holda yangilandi. Natija esa – innovatsion raqamli moliya muassasasi maqomidir.
Avvalo, barchaga mos keladigan, keng aholi qatlami uchun premium mahsulot sifatida foizsiz davrga ega kredit kartalarini yaratish va chiqarishga e'tibor qaratildi. Asosiy afzalliklari – mamlakatning istalgan nuqtasidan bank mijoziga aylanish imkonini beruvchi raqamli xizmatlar. Mobil telefon va internet bo'lsa kifoya.
AVO platinum kredit kartasi mijozga kundalik xarajatlar uchun foizsiz davrga ega kredit limitini garovsiz, sug‘urta va kafillarsiz olish imkonini taqdim etadi. Ushbu kredit limiti sizga imtiyozli davrda kartadan foydalangan holda xaridlarni yillik 0% stavka bilan amalga oshirish imkonini beradi, kredit kartadan istalgan savdo nuqtalarida – bozordan tortib supermarket va internet-do‘konlargacha, O‘zbekistonda va butun dunyo bo’ylab foydalanishingiz mumkin. Qarzga olingan mablag'larni qaytarish shartlari ham barcha mijozlar uchun foydalidir.
AVO platinum kredit kartasi qator afzalliklarga ega:
- imtiyozli davrda karta orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun foizlar olinmaydi;
- individual kredit limiti 50 000 000 so‘mgacha hisoblanadi;
- virtual karta esa bepul chiqariladi.
Shuningdek, AVO platinum kredit kartasidan nafaqat kredit karta sifatida, balki undan o'z pulingizni saqlash va sarflash uchun ham foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, kredit limiti yangilanadi, u qarzdorlik so’ndirilishi bilanoq qayta tiklanadi, ya'ni keyingi llimitni olish uchun takroriy so'rovlar yuborishingiz ham shart emas.
AVO platinum kredit kartasi Mastercard xalqaro toʻlov tizimiga tegishli, bu esa mijoz Mastercard Priceless orqali avtomatik ravishda butun dunyo boʻylab barcha imtiyozlarga ega boʻladi, deganidir. Mastercard Priceless bu butun dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab mukofot ballari va maxsus takliflarning moslashuvchan tizimidir. Karta sizga sayohatlarda ham qo’l keladi, chunki uning yordamida siz butun dunyo bo'ylab xaridlarni qilishingiz, avtomobillarni ijaraga olishingiz, mehmonxonalar uchun to'lov va boshqa kerakli xarajatlarni amalga oshirishingiz mumkin. Asosiysi, butun dunyo bo'ylab qilingan xaridlarni endi qo'shimcha valyuta konvertatsiyalarisiz so’mda amalga oshirish mumkin.
AVO platinum kredit kartasi joriy qonunchilik va nazorat qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan standart xavfsizlik kafolatlarining barcha nyuanslarini hisobga oladi, masalan, bu hisobga qo'yilgan mablag'larni sug'urtalash, shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi va bank sirlari. Bundan tashqari, Mastercard xalqaro to‘lov tizimidan foydalanish tufayli mahsulot yuqori texnologiyali toʻlov va pul oʻtkazmalari xavfsizligi standartlari joriy etilgan.
Shuningdek, mijozlarga xizmat ko'rsatish call-markazi jarayonlarini rivojlantirish uchun ham katta kuch sarflangan. Barchasi o'ylab chiqilgan: mijozlarning savollarini darhol hal qilish uchun qo'ng'iroqga 30 soniyada javob berish, mijoz tushunadigan tilda, unga qulay tarzda muloqot qilish va ko’plab boshqa narsalar. Bank uchun nafaqat xavfsizlik nuqtai nazaridan kafolatlar berish, balki mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish ham muhimdir. Bu AVO bank standartlari darajasiga kiradi.
AVO platinum kredit kartasini ishga tushirish bilan birga bank O‘zbekiston bozorida analogi bo‘lmagan bonus dasturini taqdim etmoqda. Bankning mobil ilovasi orqali raqamli identifikatsiyadan o‘tgan har bir mijoz bepul virtual kartadan tashqari, bonus hisobiga 250 000 so‘m ham oladi. Ushbu bonuslar kommunal xizmatlar, mobil aloqa va bank komissiyalari kabi kundalik xarajatlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin. Mijozlar istalgan paytda doʻstlari va tanishlarini AVO bankning raqamli moliyaviy xizmatlaridan foydalanishga taklif qilish orqali bonus balanslarini toʻldirishlari mumkin.
20-fevraldan boshlab AVO bank mobil ilovasini butun mamlakat boʻylab yuklab olish mumkin, har bir Oʻzbekiston fuqarosi AVO platinum virtual kredit kartasini rasmiylashtirish imkoniga ega bo’ladi. Kredit limitlarini tasdiqlash bir kundan keyin boshlanadi — 21-fevraldan. Bizning shourumlarimiz, bankomat va plastik kartani chiqarish mumkin bo’lgan kartomatlarimiz hozircha faqat Jizzaxda joylashgan, tez orada ular butun O’zbekiston boʻylab joylashtiriladi, yangiliklarni kuzatib boring.