AVO bank ustav kapitalini ko’paytirish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani haqida e’lon qildi. Bundan oldin ustav kapitali 395 151 530 620 so‘mni tashkil qilgan. Bankning yagona aksiyadori biznesni yanada rivojlantirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida ustav kapitalini oshirishga qaror qildi.
Qo‘shimcha kapitallashtirish miqdori 185 740 000 000 so‘mni tashkil etdi. Ustav kapitali 395 151 530 620 so‘mdan 580 891 530 620 so‘mga oshdi. Ushbu qadam bankning moliyaviy pozitsiyasini mustahkamlashga va o'sish hamda rivojlanish uchun qo'shimcha kapital zaxirasini yaratishga intilishini aks ettiradi.
Markaziy bankning amaldagi me’yoriy hujjatlariga ko‘ra, banklarning ustav kapitali kamida 200 milliard so'mni tashkil qilishi kerak. Bugungi kunda AVO bank kapitalini ushbu miqdordan sezilarli darajada, ya’ni 380 891 530 620 so’mga oshirdi. Bundan tashqari, bankning ustav kapitali miqdori Markaziy bankning bank ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha kuchga kiradigan talablariga ham javob beradi: joriy yilning 1-aprelidan — 350 milliard so‘m va 2025-yil 1-yanvaridan — 500 milliard so‘m.
AVO bankning ushbu qadami uning strategik qarashlari va o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda samarali ishlashga tayyorligini ta'kidlaydi. Ustav kapitalining oshirilishi bankning O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rnini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha rejalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.