AVO bank mobil ilovasiga bildirilgan ishonch uchun barcha foydalanuvchilarimizga minnatdorlik bildirmoqchimiz. Ilovalani yuklab olishlar soni million marotabaga yetganligi —AVO jamoasi uchun muhim bosqichlardan biri. Chunki kompaniyaning har bir xodimi o‘zbekistonliklar uchun qulay va zamonaviy moliyaviy devays yaratishdek mashaqqatli jarayonda astoydil mehnat qilgan.
Biz foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulay ilovani ishlab chiqish hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatish va innovatsion moliyaviy yechimlar taqdim etishni maqsad qilganmiz.
AVO platinum kredit kartasi
Nega bizni tanlashmoqda? AVO platinum kredit kartasi ko‘pchilik uchun allaqachon ajralmas vositaga aylangan. Bu mijozlar uchun to‘liq hamyon: kunning istalgan paytida mamlakatdagi istalgan hududdan turib pul olish va uni har qanday ehtiyojlarga sarflash imkoniyatidir. Sayohat paytida AVO platinum kredit kartasi bilan to‘lov qilish va kredit limitidan belgilangan davr mobaynida foiz to‘lamay foydalanish imkoniyati uning jozibadorligini oshirmoqda.
Foydalanuvchi tajribasi
Foydalanuvchilar AVO ni intuitiv interfeys va yuqori ishlash tezligi uchun tanlashmoqda. Biz ilova kundalik hayotda foydalanish uchun oson va foydali bo‘lishi uchun uning funksiyalarini doimiy takomillashtirib boramiz.
Mobil ilova samaradorligi mijozlarga coll markazi orqali tezkor javob berish bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Aloqa markazimizda har qanday savolga 60 soniyada javob olishingiz kafolatlangan, agar biror masalani yuzma-yuz hal qilmoqchi bo‘lsangiz, konsultantlarimiz sizga yaqindan ko'maklashishadi. Ularni mamlakatimiz bo’ylab o‘rnatilgan AVO kartomat va bankomatlari yonida ko’rishingiz mumkin. Bularning bari bizga har qanday muammoni zudlik bilan hal qilish va eng yaxshi xizmatni taqdim etish imkonini beradi.
Kelajakka nazar
Faoliyatimizning dastlabki 3 oyida yuklab olishlar soni bir millionga yetganidan faxrlanamiz! Bu bizning ilova hamda AVO platinum kredit kartasi talabgir va odamlar uchun foydali ekanligidan dalolatdir. Biz siz, foydalanuvchilarimizni hamisha diqqat bilan tinglashga tayyormiz va moliyaviy xizmatlarimizga bildirilgan ishonchingizni oqlashga astoydil harakat qilamiz.