AVO bankomatida PIN-kodni qanday o'zgartirish mumkin?
AVO bankomatlarida faqat AVO kartalarining PIN-kodini o'zgartirish mumkin.
PIN‑kodni o'zgartirish uchun:
- Kartangizni sensorga tekkizing yoki bankomatga kiriting.
- PIN‑kodni kiriting va «PIN o'zgartirish» tugmasini bosing.
- Eski PIN‑kodni kiriting va «Tasdiqlash» tugmasini bosing.
- Yangi PIN‑kodni kiriting va klaviaturada «Enter» tugmasini bosing — buni yana bir marta takrorlang.
- Tayyor — kartangizning PIN‑kodi o'zgartirildi