• AVO

  • Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

Hujjat nima haqida?

“AVO bank” AJ maxfiylik siyosatida (keyinchalik matnda – “Siyosat”) quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan: 

Shaxsiy ma’lumotlarni kim va qanday qayta ishlaydi?

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi operatori “AVO bank” AJ hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi, STIR: 207257279, ro‘yxat raqami 16/1.  

Biz shaxsga doir ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qayta ishlaymiz, shuningdek ma’lumotlarning hajmi va ularni qayta ishlash muddatlarini minimallashtirish prinsipiga qat’iy amal qilamiz.  

Foydalanuvchi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan shaxsga doir ma`lumotlarni saqlash, tarqatish va qayta ishlash O`zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir ma`lumotlar to`grisida»gi qonunining 10, 12, 14, 18 moddalariga asoslanib amalga oshiriladi. 

Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Elektron pochta orqali: [email protected] 

Telefon orqali: +998 (78) 888–7887  

Pochta orqali: 100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 29-uy 

Shaxsga doir ma’lumotlar subektining qanday huquqlari mavjud?

Siz 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq huquqlarga egasiz va ularni bizga murojaat qilish orqali amalga oshirishingiz mumkin. 

Biz qanday shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘amiz?

Shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxati, maqsadlari va ularni qayta ishlashning huquqiy asoslari bilan Siyosatning 1-sonli Ilovasida tanishishingiz mumkin. 

Biz shaxsga doir ma’lumotlarni qanday yig‘amiz?

Biz shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan yig‘amiz: 

Kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Kredit ,a’lumotlari tahliliy markazi” MCHJ va “CRIF” Kredit byurosi MCHJ kredit byurolaridan olamiz. 

Agar siz shaxsga doir ma’lumotlaringizni taqdim etmasangiz / noto‘g‘ri ma’lumotlaringizni taqdim etsangiz

Agar qonunga yoki Siz bilan tuzgan shartnomaga muvofiq bizga Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz zarur bo‘lsa, ularni taqdim qilishdan bosh tortgan / noto‘g‘ri ma’lumot taqim etgan taqdiringizda shartnomani tuzish va/yoki uni lozim darajada bajara olmasligimiz mumkin. Bunday taqdirda biz Sizga shartnomani bekor qilish to‘g‘risida xabar beramiz. 

Marketing tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortish

Siz bizga xabar yuborish orqali istalgan paytda marketing xabarlarini jo‘natilishini to‘xtatishni talab qilishingiz mumkin.  

Agar zaruriy ma’lumotlarni qayta ishlashga qonuniy manfaatimiz mavjud bo‘lsa, marketing xabarlaridan bosh tortish shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga ta’sir qilmaydi. 

Shaxsga doir ma’lumotlarni kimga uzatamiz?

“AVO” kompaniyalar guruhi doirasida 

Biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni o‘z xodimlarimiz va bizning affillangan shaxsimiz “AVO SERVICES AND TECHNOLOGY” MCHJga (O‘zbekiston Respublikasi, STIR: 309440142) uzatimiz mumkin.  

Uchinchi shaxslarga  

Biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni quyidagi uchinchi shaxslarga ochishimiz mumkin: 

Biz barcha uchinchi shaxslar shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashini talab qilamiz. Uchinchi shaxslar Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni mazkur maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z maqsadlarida foydalanishga haqli emaslar. 

Uchinchi shaxslar ro‘yxati shu manzilda ko‘rsatilgan https://docs.avo.uz/AVO_bank_partners_ru.pdf  

Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash muddati

Biz quyidagi holatlarda Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni qayta ishlashni to‘xtatamiz: 

Ko‘rsatilgan muddatlar tugagandan so‘ng, biz qonun talablariga rioya qilishimiz uchun zarur bo‘lgan hollarda shaxsga doir ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz / saqlashimiz mumkin. 

Ba’zi hollarda biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni tadqiqot yoki statistik maqsadlar uchun anonimlashtirishimiz mumkin. Bunday holda biz qo‘shimcha xabarlantirishsiz ushbu ma’lumotlardan cheklanmagan vaqt davomida foydalanishimiz mumkin. 

Biz ma’lumotlarni qanday himoya qilamiz?

Biz Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizning butligi, xavfsizligi va maxfiyligini O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27 moddasiga muvofiq himoya qilamiz, xalqaro tajriba va zamonaviy yechimlarni qo‘llaymiz. 

Saytdan foydalanish paytida ma’lumotlarni qayta ishlash

Saytning ishchi holatini yaxshilash va ta’minlash maqsadida, shuningdek bizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni mukammallashtirish, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz bo‘yicha maqsadli ma’lumotlarni taqdim etish uchun Sizning  afzalliklaringizni aniqlash maqsadida Cookiesdan foydalanamiz. 

Cookies nima?

Сookies — bu veb-sayt Sizning kompyuteringiz, planshet, mobil uskuna yoki Siz veb-saytga tashrif buyurganingizda foydalanadigan boshqa uskunangizda foydalanilayotgan brauzerdan so‘raydigan ma’lumotlardir.  

Cookies Sizning veb-saytdagi harakatlaringiz to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek Sizning uskunangiz, sessiya vaqti va sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Сookies Sizning kompyuteringiz, planshet, mobil uskuna va boshqa qurilmalaringizda saqlanadi. Istalgan paytda brauzer sozlamalarida saqlangan Cookiesni o‘chirishingiz mumkin. 

Biz qanday Cookiesdan foydalanamiz?

Biz quyidagi Cookiesdan foydalanamiz:

Session

Siz veb-sayt sahifasida bo‘lgan vaqtingizda faqat vaqtinchalik xotirada mavjud bo‘ladi. Brauzerlar odatda ularni Siz veb-sayt oynasini yopganingizda o‘chiradilar. Session Cookies veb-saytga ma’lumotni qayta kiritmaslik uchun saytning oldingi sahifasida tanlanganlaringiz haqidagi ma’lumotlarni eslab qolish imkonini beradi.

Biz bu ma’lumotlarni Siz brauzerdan chiqmasingizdan oldin ishlatamiz.

Doimiy

Sizning kompyuteringizda saqlanadigan va brauzer yopilishi bilan o‘chirilmaydigan Cookies. Ular foydalanuvchining ma’lum bir veb-sayt uchun afzalliklarini saqlab qolishi mumkin, bu esa ushbu afzalliklardan kelajakdagi ko‘rish seanslarida foydalanishga imkon beradi.

Bunday Cookies sizni veb-saytning noyob foydalanuvchisi sifatida aniqlash imkonini beradi va veb-saytga qaytganingizda, ular Siz haqingizdagi ma’lumotlarni va ilgari qilgan harakatlaringizni eslab qolishga yordam beradi.

Analitik/marketing

Siz Veb-saytdan qanday foydalanishingiz haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Masalan, qanday sahifalarga tashrif buyurasiz, qanday havolalar orqali o‘tasiz. Bunday Cookiesning asosiy maqsadi – veb-saytning funksionalligi va ishini yaxshilash. Foydalanuvchilik tajribangizni yaxshilash uchun Sizga yaqin bo‘lgan takliflarni ko‘rsatish imkonini beradi.

Biz bu ma’lumotlardan mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni yaxshilash uchun foydalanamiz.
Majburiy
Veb-sayt to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan minimal Cookies to‘plami.

Cookiesga ishlov berish usullari

Biz olingan ma’lumotlarga, shu jumladan Yandex.Metrica, AppsFlyer, Facebook va Google pixel kabi metrik dasturlar va tahliliy tizimlardan foydalangan holda ishlov beramiz. 

Сookies fayllarini boshqarish

Cookiesga ishlov berish haqida bildirishnoma oynasidagi «Qabul qilish» tugmasini bosish orqali Siz Cookiesga ishlov berishga rozilik bildirasiz.

Veb-saytimizda Cookiesdan foydalanishdan voz kechish.

Siz brauzer sozlamalari orqali Cookiesga ishlov berishdan voz kechishingiz mumkin. Bunday holda, bizning saytimiz faqat majburiy Cookieslarga ishlov beradi.

Sizning qurilmangizdan Cookies fayllarini o‘chirish

Brauzer tarixini tozalash orqali qurilmangizda mavjud bo‘lgan barcha Cookiesni o‘chirishingiz mumkin

Cookies fayllarini bloklash

Brauzeringizni qurilmangizga Cookies joylashtirilmasligi uchun sozlashingiz mumkin, lekin agar shunday qilsangiz, veb-saytlarga har safar tashrif buyurganingizda ba’zi sozlamalarni qo‘lda sozlashingiz kerak bo‘lishi mumkin. Ba’zi xizmatlar va funksiyalar umuman to‘g‘ri ishlamasligi mumkin (masalan, shaxsiy kabinetingizga kirish).

Siyosatda o‘zgarishlar

Mazkur versiya oxirgi marta 2025 yil 15 oktabrda yangilangan, oldingi versiyalarni biz bilan bog‘lanib olishingiz mumkin. 

O‘zgarishlar to‘g‘risida bizni xabarlantirish majburiyatingiz

Siz to‘g‘ringizda saqlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlar aniq va dolzarb bo‘lishi juda muhim.  

Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz o‘zgargan taqdirda bizga xabar berishingizni iltimos qilamiz. 

Sizning qurilmangizga yuklatilgan ilovalar haqida ma’lumot

Ilova axborot xavfsizligi va firibgarlik harakatlarining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflariga qarshi Ilova Foydalanuvchilarini yuqori darajadagi xavfsizlik va himoya bilan ta’minlashga intiladi. QUERY_ALL_PACKAGES ruxsatini ishlatish quyidagi xavfsizlik funksiyalarini bajarish uchun juda muhimdir: 

Biz QUERY_ALL_PACKAGES ruxsatini ishlatishga ruxsat berish https://support.google.com/googleplay/android-developer/answer/10158779?sjid=13374649327466397604-EU havolasida mavjud bo‘lgan Google Play paketlariga (ilovalari) QUERY_ALL_PACKAGES ruxsatini ishlatish Qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi va axborot xavfsizligi va firibgarlik harakatlaridan foydalanuvchilarni himoya qilishning oshirilishi maqsadlari bilan chegaralanganligiga kafolat beramiz.  

Maxfiylik siyosatiga 1-sonli Ilova

Maqsad
Ma’lumotlar ro‘yxati
Qayta ishlash uchun asos

Ilovada ro‘yxatdan o‘tish va cheklangan xizmatlar ro‘yxatiga kirish uchun

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Autentifikatsiya va mobil ilovaga keyingi kirish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Sizni mijoz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini rasmiylashtirish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi 

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomaning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun) 

Sizni mijoz sifatida raqamli identifikatsiya qilish uchun

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomaning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun)

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur

Kredit karta bo‘yicha kredit limitini hisoblash 

Siz bilan shartnomaning bajarilishi 

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (kredirga layoqatlilikni aniqlash) 

Ilovaga boshqa bank kartasini ulash 

Siz bilan shartnomaning bajarilishi 

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur 

Siz bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qarzdorlikni talab qilish (so‘ndirish, undirish)

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizga tegishli bo‘lgan qarzlarni undirish uchun)

Yaqin orada mavjud bo‘lgan kartomat/bankomatlar haqida ma’umot berish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur

Plastik karta yetkazib berish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Bizning biznes va ilovani boshqarish va himoya qilish (muammolarni bartaraf qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish, sinovdan o‘tkazish, tizimga xizmat ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, hisobot berish va ma’lumotlar yuklash) 

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizning biznes yuritishimiz, administativ va AT-xizmatlar ko‘rsatish, tarmoq xavfsizligi, firibgarlikning oldini olish, biznesni qayta tashkillashtirish yoki guruhni qayta qurish uchun) 


 Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur 

Bizning ilovamiz, mahsulotlar/xizmatlar, marketing, mijozlar bilan munosabatlar va tajribani yaxshilash uchun ma’lumotlar tahlili

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (bizning mahsulotlar va xizmatlarimiz uchun mijozlar turini aniqlash, bizning ilovamizni aktual holatda saqlash, bizning biznesimiz rivoji va marketing strategiyamiz haqida ma’lumot berish uchun) 

Sizning so‘rovlaringiz yoki xatlaringizga javoblar

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (sizning so‘rovlaringiz yoki xatlaringizga javob berish uchun) 

Marketing xabarlarini jo‘natish uchun

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (marketing tadbirlarini o‘tkazish uchun)

Sodiqlik dasturida sizming ishtirokingiz uchun 

Siz bilan shartnomaning bajarilishi 

Kartadan kartaga o‘tkazish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Obunalarni rasmiylashtirish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur

Sizga Bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatish

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (siz bilan shartnomalar bo‘yicha qarzlarni undirish uchun)

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur

Profilni sozlash

Siz bilan shartnomaning bajarilishi

Zararli mobil ilovalarni aniqlash va Sizni firibgarlikdan himoyalash 

Sizning qurilmangizga yuklangan mobil ilovalar haqida ma’lumotlar 

Siz bilan shartnomaning bajarilishi 

Bizining qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (axborot xavfsizligini ta’minlash uchun) 

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur 

Saytda ishga joylashish uchun ariza topshirish 

Biometrik ma’lumotlar: 

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (Sizning arizangizni ko‘rib chiqish uchun) 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-381-son qarori asosida mobil aloqa darajasida (Telecom Antifrod) Axborot xavfsizligini ilova orqali ta’minlash. 

Bizning qonuniy manfaatlarimiz uchun zarur (ma`lumotlar havfsizligini ta`minlash)  

Yuridik majburiyatni bajarish uchun zarur 

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 29/01/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.