AVO bankomatlari orqali AVO platinum virtual kartasini plastik kartasiz qanday to‘ldirish mumkin?

AVO platinum virtual kartasini to'ldirish uchun:

  1. Bankomatning asosiy bo'limida «Kartasiz davom ettirish» tugmasini bosing.

  2. To‘ldirish usulini tanlang:
    • karta raqami orqali;
    • telefon raqami orqali.

  3. Karta yoki telefon raqamini kiriting va «Davom etish» tugmasini bosing.

  4. Naqd pulni kiriting.

  5. Kiritilgan summani va ismingizni tasdiqlang — tayyor, karta to'ldirildi.

Bir to‘ldirishda eng ko'p summa — 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Bundan ko'proq kiritmoqchi bo'lsangiz kartani bir necha marta to'ldiring.

AVO bankomatlari orqali AVO platinum kartasini to‘ldirish uchun komissiya: 0%


Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda