Mikroqarzni qanday olish mumkin?

Mikroqarz olish uchun siz AVO ilovasida shaxsingizni tasdiqlashingiz va ilova orqali mikroqarz uchun ariza topshirishingiz kerak.

Shaxsingizni tasdiqlaganingizdan so'ng:

  1. Asosiy ekranning pastki qismida joylashgan «Yangi mahsulot ochish» tugmasini bosing.

  2. «Mikroqarz» tugmasini tanlang.

  3. Xohlagan summangizni kiriting va muddatni tanlang.

  4. «Ariza topshirish» tugmasini bosing.

Mikroqarz hisoblanayotganda siz yaqin qarindoshlaringiz yoki do‘stlaringizning kontaktlarini qo‘shishingiz mumkin — bu mikroqarz tasdiqlanish ehtimolini oshiradi.

  1. Mikroqarz tasdiqlangandan so‘ng, ilovaning bosh sahifasida banner paydo bo‘ladi, masalan: «10 000 000 so‘m sizni kutmoqda».
  2. «Batafsil» tugmasini bosing va mikroqarz olish shartini tanlang.
  3. Asosiy shartlar bilan tanishib chiqing va «Shartlarni qabul qilish» tugmasini bosing.
  4. Keyin «Qo‘ng‘iroq qilish» tugmasini bosing — shu orqali siz mikroqarzingizni faollashtirasiz.

Mikroqarzni faollashtirgandan so‘ng siz uchun yangi hisob — «Joriy hisob» ochiladi. Olingan pullar shu hisobga tushadi. Ularni qanday sarflash haqida bu yerda aytib berdik


Qiziqarli bo‘lishi mumkin: