OneID orqali shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga qanday ruxsat beriladi?

Ba’zi bank va to‘lov xizmatlaridan foydalanish uchun OneID orqali ruxsatni bir marta yoqish kerak. Bu xavfsiz va bir necha daqiqa vaqt oladi.

1-qadam. MyGov orqali Mobile-ID ni yoqing

  1. my.gov.uz saytiga yoki MyGov ilovasiga kiring.

  2. Qidiruvga “Mobile id” deb yozing.

  3. «Jismoniy shaxslarni Mobile-ID orqali ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmatini tanlab, «Xizmatni olish»tugmasini bosing.

  4. Ma’lumotlaringizni tekshiring (pasport va tug‘ilgan sana).

  5. O‘zingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamini kiriting.

  6. SMS orqali kelgan kodni kiriting.

  7. «MyID orqali tekshirish» tugmasini bosing.

  8. Shaxsni tasdiqlash uchun selfi qiling.

  9. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganlik haqida xabarni kuting.

2-qadam. OneID ga kiring

  1. OneID mobile ilovasini yuklab oling (iOS va Android).

  2. Mobile-ID orqali, ulangan raqam bilan tizimga kiring.

3-qadam. AVO Bank uchun ruxsat bering

OneID mobile ilovasida:

  1. «Boshqaruv» bo‘limini oching.

  2. Shartlarni qabul qilib, “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosing.

  3. Mobile-ID orqali kirish variantini tanlang.

  4. Telefon raqami va SMS kodni kiriting.

  5. Ilovani qayta ishga tushiring.

  6. Yana “Boshqaruv” bo‘limiga kiring.

  7. Qidiruvga AVO Bank deb yozing.

  8. “Ruxsat berish” tugmasini bosing.

Muhim

  • SMS kodlarni hech kimga aytmang

  • Barcha amallarni faqat rasmiy ilovalarda bajaring

  • Muammo bo‘lsa, MyGov yoki OneID qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling