Boshqa kartalarimni AVO ilovasiga qanday qo‘shishim mumkin?

Hozircha AVO ilovasiga faqat 10 tagacha HUMO va UZCARD kartalarini biriktirish mumkin. Kartani qo‘shishdan oldin, kartaga ulangan telefon raqami bilan AVO ilovasidagi raqam bir xil ekanligini tekshiring.

Boshqa bank kartalarini qo‘shish uchun:

  1. AVO ilovasini oching.

  2. Asosiy ekranda «Yangi kartani qo‘shish» tugmasini bosing.

  3. «Kartani biriktirish» tugmasini tanlang.

  4. Karta ma’lumotlarini kiriting.

  5. SMS'dagi kodni kiriting.

  6. Tayyor — karta qo‘shildi!

Karta qo‘shilgandan so‘ng pul o‘tkazmalari 60 daqiqadan so'ng ishlaydi — bu xavfsizlikni ta'minlash uchun ko'rilgan chora


Qiziqarli bo'lishi mumkin: 


Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda