Ilgari krokslar «dala hovli» poyabzali bo‘lgan — dadalarimiz axlat tashlash uchun, oyilarimiz esa poliz sug‘orish uchun kiyishardi. Hozirchi? Endi bu qulaylik ramziga aylanib qoldi. Ularni shifokorlar, dizaynerlar, o‘smirlar, ota-onalar va hatto ilgari «hech qachon kiymayman!» deganlar ham kiyishadi. Hayratlanarli, lekin bu haqiqat: qulaylik odatlardan ustun kelmoqda.
Crocs faqat kloglardan iborat emas. Brendning platformali, shahar uchun mo‘ljallangan turlari, sandallar, shippaklar, hatto mokasinalar kabi o‘nlab modellari bor. Biz ularning qaysilari chindan ham qulay ekanini, kimga mos kelishini va har bir juftlikning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat ekanini o‘rganib chiqdik.
1. Classic Clog — hamma davrlar klassikasi
Asosiy va eng mashhur model. Bozorga borishdan tortib sayohatlargacha, har qanday vaziyatga mos keladi. Nafas oladi, oson yuviladi, oyoqni qiymaydi va bir necha mavsumdan keyin ham o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Crocs muxlisiga aylanish yo‘li aynan shu yerdan boshlanadi.

2. Classic Crush Clog — platforma va urg‘uli dizayn
Balandroq, kuchliroq, ta’sirliroq. Bu kloglar yorqin tashqi ko‘rinish yaratadi va oyoqni vizual jihatdan uzunroq qilib ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ularning ajoyib amortizatsiyasi va ichki yumshoqligi tufayli uzoq vaqt yurganda ham oyoqlaringiz charchamaydi.

3. LiteRide Clog — faol hordiq uchun superyengil astar
Doimo oyoqda turadigan kishilar uchun ajoyib tanlov. LiteRide™ astari qadamlarni yanada yumshoqroq qiladi, modelning o‘zi esa klassik turiga nisbatan ozgina tartibli ko‘rinadi. Shahar, ofis va sayohatlar uchun eng to‘g‘ri tanlov.

4. LiteRide Pacer — kedalar o‘rnini bosuvchi Crocs
Ko‘rinishdan krossovkaga o‘xshasa-da, shippakdek qulay. Oyoqni yaxshi amortizatsiya qiladi va siqmaydi. Faqat bitta nozik jihati bor: issiq havoda oyoq biroz dimiqishi mumkin, shu sababli bahor yoki kuz uchun mos keladi.

5. Santa Cruz Loafers — Crocs ko‘rinishidagi mokasina qulayligi
Mato ustki qismi, taniqli tagcharm va uzoq vaqt davomidagi qulaylik. Bu loferlar kattalarnikiga o‘xshasa-da, ichki qismi Crocs bo‘lib qoladi. Sayohat, ofis yoki kundalik hayotga mos keladi.

6. Brooklyn Low Wedge — qulaylikni yo‘qotmagan tanketka
Kun bo‘yi bemalol yursa bo‘ladigan past platformali sandallar. Yengil, sirpanmaydi, oyoqni qiyib yubormaydi. Oyoqqa juda qulay o‘tiradi, barmoqlarni siqib qo‘ymaydi.

7. Classic Cozzzy Glitter 2 Sandal — qulaylik+yaltiroqlar
Uyda yoki dala hovlida kiyiladigan, ham oyoqni isssiq saqlab, ham ko‘zni quvontiradigan juftlik. Ichi yumshoq flisdan tayyorlanib, tashqi qismi yaltiroqlar bilan bezatilgan. Qulaylik va biroz sehrli kayfiyat istasangiz, eng mukammal tanlov.

8. Classic Platform Flip W — qo‘llab-quvvatlovchi va baland platformali shippaklar
Bu har qadamda oyoqdan chiqib ketadigan oddiy shippak emas. Unda amortizatsiyalovchi platforma va oyoqni mahkam ushlab turadigan tasma bor. Qulay, yengil va hatto uzoq vaqt sayr qilish uchun ham juda mos keladi.

9. Getaway Platform Toe Loop — barmoqdagi ilmoqli shippaklar
Ilmoqli mahkamlanishi va zamonaviy shakli bu modelni nafaqat chiroyli, balki qulay ham qiladi. U ham kundalik, ham ta’tildagi ko‘rinishlaringizga mos keladi.

10. Serena Sandal — minimalizm va ishonchlilik
Sohil, shahar va suvga bardoshli sandallar. Juda yengil, oyoqni qiymaydi, mahkam turadi. Yoz bo‘yi kiyish uchun mo‘ljallangan mukammal tanlov.

O‘zingizga mos juftlikni qanday tanlash mumkin
Model | Marketpleyslardagi narxi | Qanday holat uchun mos keladi | Moliyaviy foydasi |
---|---|---|---|
Classic Clog | 100 000 so‘mdan | Kundalik, dala hovli, bozor va ta’til uchun bazaviy juftlik | Universal va uzoq muddat xizmat qiladi — har yarim yilda arzon shippaklar sotib olish kerak bo‘lmaydi |
Classic Crush Clog | 700 000 so‘mdan | Shaharda kiyib yurish, yorqin ko‘rinish yaratish uchun | 1 juftlik ham bazaviy, ham zamonaviy poyabzal o‘rnini bosadi |
LiteRide Clog | 223 000 so‘mdan | Faol kun, shahar va ofis uchun | Yengil va yumshoq, alohida keda va shippak olish kerak bo‘lmaydi |
LiteRide Pacer | - | Bahor–yoz mavsumlari uchun keda o‘rnini bosadi | Uzoq vaqt xizmat qiladi va shu narxdagi oddiy krossovkalarga qaraganda ancha qulay |
Santa Cruz Loafers | - | Ofis va sayohat uchun zamonaviy hamda qulay | Alohida mokasina va tufli olish kerak bo‘lmaydi |
Brooklyn Low Wedge | 720 000 so‘mdan | Shahar sayrlari va ta’til uchun | Noqulay va arzon sandallar o‘rnini bosadi |
Classic Cozzzy Glitter 2 Sandal | - | Uy yoki dala hovli uchun | Ham uy, ham dala hovlida kiyish mumkin bo‘lsa, ikkita poyabzal xarid qilishning hojati yo‘q |
Classic Platform Flip W | - | Yoz va dengiz bo‘yida sayr qilish uchun yengil tanlov | Oddiy shippaklarga qaraganda ishonchliroq va qiymaydi |
Getaway Platform Toe Loop | - | Yozgi ta’til va zamonaviy ko‘rinish yaratish uchun | Urfdagi arzon sandallarga qaraganda qulayroq va uzoq vaqt davomida xizmat qiladi |
Serena Sandal | - | Dengiz bo‘yi, shahar, suv uchun | 1 juftlikni yoz bo‘yi kiyish mumkin — yangi poyabzaldan tejab qolasiz |
Crocs — endi «g‘alati rezina shippak» emas. Bu shunday poyabzalki, uni kiyganingizda hayotni yumshoq, qulay va hech qanday murosaasiz yashash mumkinligini darhol his qilasiz.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.