• AVO

  • AVO gap

  • Nimaga «ming» o‘rniga «1k» yozishadi? 

Nimaga «ming» o‘rniga «1k» yozishadi? 

Har safar Instagram’ni ochganimda ko‘zim 8k, 15k, 555k kabi tanish raqamlarga tushadi. Hozir bunday shakl odatiy hol bo‘lib qolgan. Chunki tasmani tez o‘tkazadigan olamimizda ko‘z ham, miya ham uzun nollardan ko‘ra qisqa matnni chiroyliroq qabul qiladi va tezroq o‘qiydi. 

«k» nimani bildirishi, qayerdan paydo bo‘lgani hamda matn zamonaviy va toza ko‘rinishi uchun uni qachon ishlatish o‘rinli bo‘lishi haqida gaplashamiz. 

«k» harfi qayerdan paydo bo‘ldi? 

«k» —  internetda chiqqan so‘z emas, eski o‘lchov tizimi merosi. «k» — bu kilo- degan old qo‘shimchadan chiqqan, u esa yunoncha хίλιοι —  ming so‘zidan olingan. Xuddi shu mantiqqa ko‘ra kilometr, kilogramm va kilovattlar tuzilgan: asosiy birlik mingga ko‘paytiriladi. Yozuvda bu tushunarli belgiga aylanadi: 1 edi, 1k bo‘ldi. 

Lekin yodda tutish kerakki, «k» faqat yozuvdagi belgi, uni og‘zaki aytishmaydi. Masalan, 1k ming deb, 177k yuz yetmish yetti ming deb o‘qiladi. 

Nega bu usul shu qadar mashhur bo‘lib ketdi, desangiz, sababi oddiy: bu shakl ixcham, ko‘zga yoqimli va xato qilish ehtimolini kamaytiradi. Masalan, 250k deb yozish 250 000 dan ko‘ra oson yoziladi va o‘qiladi. Bundan tashqari, ilova dizaynlarida ham qulay: raqamlar qisqa bo‘lgani uchun matn sahifadan chiqmaydi, interfeys toza va chiroyli ko‘rinadi. 

Qayerda «k», qayerda nollar yozish kerak? 

Agar hajmni ortiqcha tafsilotlarsiz ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, «k» ishlatsangiz bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda, taqdimotlarda, rasm osti ostidagi izohlarda yoki statistik panellarda bu format mos keladi: 100k hamma joyda bir xil tushuniladi, tarjima shart emas. Shu bilan birga, bitta o‘lchov tizimini saqlab qoladi: 

  • ming — k 
  • million — M 
  • milliard — B 

Masalan, bir joyda 12k, 3.4M va 1.2B yozuvlari oson o‘qiladi — bir xil qoida hammasiga amal qiladi, solishtirish oson. 

Lekin hamma joyda ham bunday qisqartma o‘rinli emas. Masalan, shartnoma, rasmiy hujjat, reglament yoki keng auditoriya uchun o‘quv materiallarida odatdagi yozuvni ishlatgan ma’qul — ming, mingta yoki to‘liq sonni yozing. Agar aniqlik muhim bo‘lsa, masalan, 249 950 yozuvi ≈250k ga qaraganda aniqroq va ishonchliroq ko‘rinadi. 

Qanday toza yozish mumkin? 

  • Bir xil uslubni saqlang. Agar matnda «k» formatini tanlagan bo‘lsangiz, oxirigacha shu uslubda davom eting — ming deb yozib ketmang. Bir xillik matnni silliq ko‘rsatadi va o‘quvchini chalg‘itmaydi. 
  • Harflarning katta-kichikligiga ham e’tibor bering. Odatda materiallarda kichik k ishlatiladi: 50k. Million uchun katta M (5M), milliard uchun esa B (2B) mos tushadi. Bunday farq son kattaliklari tartibini darhol ajratib olishga yordam beradi. 
  • O‘nlik kasr formatini belgilang. Boshidanoq qaysi ajratuvchidan foydalanishingizni aniqlab oling: 2,5k — ruscha, 2.5k — inglizcha ajratuvchi. Bir hujjat ichida nuqta va vergulni aralashtirib ishlatish insonni chalkashtirib yuboradi va tartibsiz ko‘rinadi. 
  • Diapazonlar va baholashlarni qisqacha yozing. Oraliqlar va taxminiy qiymatlar uchun 5–7k, ≈12k, 1k+ kabi shakllardan foydalanish qulay. Bu usul joy tejaydi va ko‘zni charchatmaydi. 

Men «k»ni raqamlar uchun fitnes deb tasavvur qilaman: ortiqcha nollarni olib tashlasangiz, raqamlar aniqroq ko‘rinadi, rasmlar nafas ola boshlaydi va taqdimotlar sahifa chetlariga o‘tib ketmaydi. Kundalik holatlarda k/M/B kabi sport hisoblagichlaridan foydalanaman. Shartnomalar va aniq summalar haqida gap ketganda esa, rasmiy ish uslubiga qaytaman. 

Qisqacha eslatma: storislarda krossovkalar — «k» (kilo), notariusda tufli — «t» (ming) ishlatiladi. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
💸 Pul📖 Ta'lim
13.10.2025
5 daqiqa
Anna Sheremetyeva
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy

  • Bosh sahifa • 11.10

    Toshkentda 2 oyda vizajist bo‘lish mumkinmi: Azizaning hikoyasi

    Anna Sheremetyeva

  • Bosh sahifa • 09.10

    Ajrashganda omonat er-xotin o‘rtasida bo‘linadimi?

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 07.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 05.10

    Gelik bo‘yicha katta qo‘llanma: kvadratdagi mavqe qanchaga tushadi?

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 03.10

    Islomiy bank qanday ishlaydi?

    Yuna Korostelyova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

21