• AVO

  • AVO gap

  • «Biroz ta’mirlab qo‘yaman», deb 20 mln.ga yaqin xarajatga kirib ketdim

«Biroz ta’mirlab qo‘yaman», deb 20 mln.ga yaqin xarajatga kirib ketdim

Salom, ismim Bekzod, 26 yoshdaman. Chilonzorda yashayman, kichik bir kompaniyaning reklama bo‘limida ishlayman, ba’zida hamma narsa nazoratim ostida deb o‘ylayman — ayniqsa, pul masalasida. Lekin bir kuni nazorat nisbiy tushuncha ekanligini tushunib qoldim. Ayniqsa, o‘zing ulg‘aygan uyni ta’mirlash haqida gap ketganda. 

Hammasi juda oddiy narsadan boshlandi. Bir kuni kechqurun onam menga mehmonxonadagi shiftga qarashimni so‘radi: «Ko‘rinishi yoqmayapti, yoriq kattalashayotganga o‘xshaydi. Bir qarab ko‘r-chi?» 
Men e’tiborsizlik bilan tepaga qaradim va ochig‘ini aytsam, o‘zim ham xavotirga tushdim. Yoriq bor edi. U haqiqatan ham kattalashib borardi. Buning ustiga, ba’zi joylarda bo‘yoq ko‘chgan, burchakdagi gulqog‘ozlar esa ko‘chib tushayotgandek ko‘rinardi.  

Xayolimdan «Mayli, biroz oqlab qo‘yamiz, gulqog‘ozni yopishtiramiz, burchakni bo‘yaymiz — shu bilan ish bitadi», degan fikr o‘tdi. Hatto 3–4 mln, ko‘pi bilan 5 mln.ga yetadi deb o‘ylagan edim. Spoyler: yetmadi. Umuman. 

Birgina yoriq katta bir ta’mirlovga sababchi bo‘ldi 

Usta kelganda, sehrli so‘zlarni aytdi: «Uka, agar qiladigan bo‘lsang, yaxshilab qil. 5 yilgacha eslamaydiganday qil».

Shu zahoti miyamda nimadir o‘zgardi. Rostan ham, yonidagi devor ko‘chib tushgan bo‘lsa, bitta shiftni oqlashning nima ma’nosi bor? Yo‘lakdagi gulqog‘oz yirtilib ketgan bo‘lsa, mehmonxonaga gulqog‘oz yopishtirishning nima foydasi? 

Natijada, ta’mirlash ishlari butun uy bo‘ylab qozon kuyasidek yoyilib ketdi. Gulqog‘ozlarni almashtirish, yangi qandil osish, onamga mehmonxonaga chiroyli parda sotib olish (ancha vaqtdan beri xohlayotgandi) va yana hammom devorlarini qayta bo‘yashga qaror qildim. 

Pardalarni tanlayotganimda hisoblashni to‘xtatib qo‘ygan edim. Lekin keyin o‘tirib hisoblashga kirishdim: 

Mehmonxona va yo‘lak uchun gulqog‘oz  
2 400 000  
Yangi parda 
2 000 000  
Qandil 
1 000 000  
Bo‘yoq  
1 000 000  
Mo‘yqalam, bo‘yoq valigi, germetik, plintus, ishchilar uchun choy kabi mayda-chuyda narsalar  
800 000  
Ustalarning ish haqi 
3 000 000  
Jami  
17 400 000  

Telefonda ilovadagi summaga qarab: «Tinchlan. Vahima qilish vaqti emas», deb o‘zimmi tinchlantirdim. 

Shu payt kredit limitli karta haqida esladim 

Ilgari men undan faqat do‘konda krossovka sotib olish yoki asosiy kartamga pul o‘tkazishni unutib qo‘yganimda kassada to‘lov qilish uchun foydalanardim. Lekin hozir limitning shunchaki «sug‘urta» emas, balki haqiqiy yordamchi vosita ekanligini tushunib yetdim. 

Kartamda 4 mln so‘mga yaqin, omonatimda esa undan sal kamroq pul bor edi. Qolgan barcha xarajatlarni garovsiz, hujjatlarsiz va asabiylashmasdan AVO platinum kredit kartasi bilan to‘ladim. Shunchaki kartani onlayn do‘konga ulab, kerakli narsalarni buyurtma qildim.  

Eng muhimi, agar pul imtiyozli davr ichida (45 kungacha) qaytarsam, hech qanday foiz hisoblanmasligini bilardim. Muddatida ulgurmasam ham, foizlar yig‘ilib qolmasligi va jarima qo‘shilmasligi uchun har oyda minimal to‘lovni qila olardim. Bu sinab ko‘rilgan usul bo‘lgani uchun xotirjam edim.  

Ota-onam birinchi hayron qolishdi  

Oyim ta’mirlashga 20 mln.ga yaqin pul sarflaganimni eshitganda og‘zi ochilib qoldi. Bir qismini  kartamdan olganimni bilgach esa, shunday dedi: «Bu qarzni keyin qanday qaytarishni o‘ylab ko‘rdingmi?» Mutlaqo xotirjam holda javob berdim: «Ha, oyijon. Karta bankdagi kredit emas. Bu — shunchaki kerak paytda foydalanishim mumkin bo‘lgan limit xolos. Men hammasini o‘ylab qo‘yganman». 

U xo‘rsinib, yangi pardaga qaradi-da, biroz yumshab, qo‘shib qo‘ydi: «Chiroyli chiqibdi…» 

Buni yozishimdan maqsad nima? 

Shu paytgacha men ham kredit kartalariga xavfli narsa sifatida qarardim. Xuddi olib, qaytara olmay, tuzoqqa tushib qolaman, deb o‘ylardim. Lekin aslida hammasi ancha osonroq ekan. 

Agar rejalashtira olsang, bekorga sarf qilmasang va kartani kerakli paytda ishlatsang — juda qulay ekan. Hozir issiq payt, quruvchilar bo‘sh va o‘zingizda istak bo‘lsa, ta’mirlashni «qachondir»ga qoldirish shart emas. 

Bundan tashqari, qarzga botmadim, do‘stlarimdan so‘ramadim, keyingi oylikni kutib o‘tirmadim. Shunchaki hamma ishni o‘z vaqtida qildim — va bu shunga arzidi. 

Nimaga AVO platinum kredit kartasini ochgandim?  

Bir kuni ijtimoiy tarmoqda ularning «100 mln so‘mgacha limit — doimo qo‘l ostingizda» degan reklamasiga ko‘zim tushdi. Bu juda qulay va amaliy narsadek eshitildi. Hech qanday ma’lumotnoma, garov yoki bankka borish talab qilinmaydi — hamma narsa ilova orqali qilinadi. Kredit limiti shu zahoti tasdiqlanadi va undan haqiqatan kerak bo‘lgan paytda, istagan vaqtda foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Bunday imkoniyat asqotishi aniq, deb o‘yladim. Hayotda turli vaziyatlar yuz beradi: biror narsa buziladi, zudlik bilan nimadir sotib olish kerak bo‘ladi yoki shunchaki qo‘ldan boy berishni istamaydigan imkoniyat paydo bo‘ladi. Tajribamda ko‘rganimdek, karta haqiqatan ham bir necha marta juda asqotdi. 

Qanday natijaga erishdim 

Agar kimdir menga oldindan «shiftni biroz oqlab qo‘yish» deyarli 20 mln so‘mga aylanishini aytganda, ishonmasdim. Lekin endi ta’mirlashda har doim kutilmagan xarajatlar bo‘lishini tushundim. 

Limitli karta rostdan ham yordam berdi. O‘zimni noilojdek his qilmadim, do‘stlarimdan qarz olmadim, avans kutib o‘tirmadim. Shunchaki hamma ishni o‘z vaqtida qildim. 

Ta’mirlash ishlari tugadi, limitni asta-sekin yopyapman, mehmonxona esa yorug‘ va saranjom ko‘rinishga keldi — endi hamma narsa o‘z joyida. Lekin eng yoqimlisi — ota-onamning yangilangan xonaga kirib, yuzlarida quvonch paydo bo‘lganini ko‘rish. Shu narsa barcha urinishlarim natijasi bo‘ldi. 

Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

LayfstaylPul
09.06.2025
15 daqiqa
Bekzod Salimov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

239