• AVO

  • AVO gap

  • 200K: yozda Energetika vazirligining limitidan oshmaslik mumkinmi?

200K: yozda Energetika vazirligining limitidan oshmaslik mumkinmi?

Joriy yilning 1-mayidan O‘zbekistonda kommunal xizmatlar narxi oshdi, elektr energiyasi iste’moliga esa 200 kVt*soatlik limit joriy etildi. O‘shandan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmayapti, odamlar norozilik bildirmoqda, hatto hukumatni sudga berish holatlari ham kuzatilmoqda. Keling, avvalo kVt*soat nima ekanligini va mavjud cheklovlarga qanday qanday amal qilish mumkinligini tushunib olamiz.

Dastlab, kVt*soat nimani anglatishini aniqlab olaylik. Sodda qilib aytganda, bu istalgan elektr qurilmasining energiya iste’moli va sarfini hisoblash birligi. Aslida, 1 kVt*soat kichik miqdor emas.

Qanday qilib yoz mavsumini Energetika vazirligi qo‘ygan limitdan oshmasdan o‘tkazish mumkin

Masalan, 1 kVt*soat sarflagan holda, quyidagilarni bajarish mumkin:

Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha zamonaviy mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham, elektr energiyasi hisob-kitoblari aynan kVt*soatlarda amalga oshiriladi.

Yaqin vaqtgacha 1 kVt*soat elektr energiyasi narxi qat’iy tarzda 295 so‘m qilib belgilangan edi. 2024-yil 1-maydan esa, narx 450 so‘mgacha ko‘tarildi va elektr energiyasiga oyiga 200 kVt*soatlik limit o‘rnatildi. Bu limitdan ortiqcha ishlatilgan energiya uchun ikki baravar ko‘p, ya’ni 1 kVt*soat uchun 900 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Qanday qilib yoz mavsumini Energetika vazirligi qo‘ygan limitdan oshmasdan o‘tkazish mumkin

Limitlar shu bilan cheklanib qolmaydi. Agar oylik elektr energiyasi iste’moli 1000 kVt*soatdan oshsa, sarflangan har bir kVt*soat uchun 1350 so‘m to‘lash kerak. Narx hatto 1800 so‘mgacha yetishi mumkin, lekin bu limitga yetish uchun uyingizda to‘laqonli zavod ishlashi kerak.

Energetika vazirligi yangi qoidalarni e’lon qilib, bu faqat umumiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, elektr uzilishlari holatlarini kamaytirish va umuman, hammaning ish va turmush sharoitini yaxshilash uchun amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, limitlar ham aholiga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun «zaxira bilan» hisoblab chiqilgan. Masalan, Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami aholining 71 foizi oyiga 200 kVt*soatdan kam, yana 11 foizi esa 300 kVt*soatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Vazirlik hisob-kitoblarini quyida keltiramiz:

№
Elektr jihozlar
Quvvati
Jihozlarning bir sutkada o‘rtacha ishlash vaqti
Bir sutkalik o‘rtacha elektr sarfi Vt/soat
Bir oylik o‘rtacha elektr sarfi  kVt/oy
1
1 dona televizor(43 dyuym)
105 Vt
5 soat
525
15,75
2
1 dona sovutgich 
400 Vt
24/12 soat*
804
24,12
3
1 dona dazmol
2200 Vt
15 daqiqa
550
16,5
4
1 dona elektr choynak
1800 Vt
12 daqiqa
360
10,8
5
1 dona pech
1500 Vt
12 daqiqa
300
9
6
1 dona kir yuvish mashinasi
1500 Vt
18 daqiqa
1600
13.5
7
1 dona suv isitkich
1600 Vt
1 soat
1600
48
8
7 dona chiroq 15 Vt
100 Vt
3 soat
300
9
9
1 dona changyutkich
2000 Vt
-
-
4
10
1 dona kompyuter
200 Vt
5 soat
1
30
Jami
4889
180,67

Manba: Gazeta.uz 

Hisob-kitoblarga qaraydigan bo‘lsak, (aytgancha, konditsionerni hisobga olmagan holda) bu limit adolatlidek ko‘rinadi. Biroq, boshqa mustaqil manbalarning hisob-kitoblari boshqacha manzarani ko‘rsatmoqda. Misol uchun, jurnalist Xurshid Daliyev tomonidan hisoblangan iste’mol jadvali:

№
Elektr jihozlar
Quvvati
Jihozlarning bir sutkada o‘rtacha ishlash vaqti
Bir sutkalik o‘rtacha elektr sarfi Vt/soat
Bir oylik o‘rtacha elektr sarfi  kVt/oy
1
1 dona televizor (43 dyuym)
150 Vt
3 soat
450
13,5
2
1 dona sovutgich
300 Vt
6 soat
1800
54
3
1 dona dazmol
1500 Vt
30 daqiqa
750
22,5
4
1 dona elektr choynak
1500 Vt
30 daqiqa
750
22,5
5
1 dona pech
1500 Vt
12 daqiqa
300
9
6
1 dona kir yuvish mashinasi
1500 Vt
18 daqiqa
450
13,5
7
1 dona suv isitkich
1500 Vt
6 soat
9000
270
8
7 dona chiroq 15 Vt
100 Vt
3 soat
300
9
Jami
13800
13800

Manba: Gazeta.uz 

Endi, keling, bunga konditsioner (yoki ventilyator), mikroto‘lqinli pech va changyutgichni qo‘shaylik:

Konditsioner: O‘zbekistondagi yozgi jaziramani hisobga olgan holda, konditsioner kun davomida 8 soat ishlaydi. U vaqti-vaqti bilan o‘chib-yonib tursa-da, baribir tinimsiz ishlash jarayonida bo‘ladi. Aytaylik, konditsionerning «sof» ishlash vaqti kuniga 4 soat. Bunday ish rejimida konditsioner kuniga o‘rtacha 3,2 kVt*soat atrofida elektr energiyasi sarflaydi. Buni 31 kunga ko‘paytirsak, 99,2 kVt*soat hosil bo‘ladi.

Qanday qilib yoz mavsumini Energetika vazirligi qo‘ygan limitdan oshmasdan o‘tkazish mumkin

Aytaylik, uyda konditsioner yo‘q va biz ventilyatordan foydalanamiz. Bu holda manzara quyidagicha bo‘ladi: kuniga 8 soat ishlaydigan 1 ta ventilyator oyiga 10 kVt*soat atrofida energiya sarflaydi. Faraz qilaylik, uyimizda xuddi shunday 4 ta ventilyator bor. Biz bunda konditsioner elektr sarfining deyarli yarmini, ya’ni 40 kVt*soat energiya ishlatamiz.

Davom etamiz, navbat changyutgichga. Buni hisoblash birmuncha osonroq: zamonaviy changyutgichlar o‘rtacha 1600-1700 Vt atrofida quvvat iste’mol qiladi. Agar biz changyutgichni haftasiga 2 soat ishlatsak, bir oyda taxminan 12 kVt*soat energiya sarflanadi.

Mikroto‘lqinli pech sarfini hisoblash esa murakkab: u ko‘rinishidan kichik bo‘lsa-da, haftasiga jami 3 soatdan ortiq foydalanilmagan taqdirda ham oyiga taxminan 22 kVt*soat energiya iste’mol qiladi. Bunday katta elektr sarfining sababi shuki, ko‘pchilik mikroto‘lqinli pechni ishlatilmayotgan paytda rozetkadan uzib qo‘ymaydi: u ishlamayotgandek ko‘rinsa ham aslida elektrni “so‘rib” yotadi.

Qanday qilib yoz mavsumini Energetika vazirligi qo‘ygan limitdan oshmasdan o‘tkazish mumkin

Yuqoridagilarning barchasini jamlaymiz. Demak, biz konditsionerli holatda taxminan 133 kVt*soat, ventilyatorli holatda esa 74 kVt*soat qo‘shimcha energiya sarfiga ega bo‘lamiz.

Demak, Energetika vazirligining mutlaq optimistik hisob-kitoblariga qaralsa, jadvalga bitta konditsioner qo‘shilsa, oyiga 191 700 so‘m, jurnalistning realistik hisob-kitobi bilan esa, 402 300 so‘m to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu hozircha faqat elektr energiyasi uchun to‘lovlar.

Nima qilish kerak?

Energiya tejashning bir nechta usullari bor: masalan, sovutgich kam elektr sarflashi uchun uning eshigini iloji boricha mahkam yopish, uni quyosh tushib turadigan xonalarga qo‘ymaslik kerak. Misol uchun, bizning uyda oshxonada sovutgichga quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tushib turadi. Bu esa uning qizishiga olib keladi: qo‘shimcha xarajat. Shuningdek, sovutgichga issiq yoki hatto xona haroratidan yuqori haroratdagi narsalarni qo‘ymaslik kerak.

Televizor uchun qoida oddiy - uni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, shunchaki rozetkadan uzib qo‘ying. 

Kir yuvish mashinasi bilan esa uchta qoidaga rioya qilish kerak:

Displey va taymerga ega, mikroto‘lqinli pech yoki multivarka kabi har qanday jihozlarni ham rozetkadan uzib qo‘yish kerak: Ular shunchaki tarmoqqa ulangan holda, sutkasiga 2 Vt atrofida elektr iste’mol qilishi mumkin.

Hozircha Energetika vazirligining rasmiy limitlari bo‘yicha biron narsa qilishning iloji yo‘q. Yangi texnologiyalar joriy etilgani tufayli har qanday, hatto eng kichik qarzdorlik ham elektr ta’minotining uzib qo‘yilishiga olib kelishi mumkin. Bu holatda biz energiyani yuqoridagi kabi oddiy usullar bilan tejashimiz kerak bo'ladi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

💸 Pul
21.08.2024
10 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.