Hikoya egasi — do’stim, Rasul Mamajonov (do’stimning so’roviga ko’ra ismini o’zgartirdim).
Birinchi marta Toshkentda o’qishga ketaman deganimda, onam-dadam bir ovozdan: «Toming ketganmi, bizda o’qishingga to’lashga shuncha pul yo’q», — deb fikrimdan qaytarishga harakat qilishdi. Men esa: «O‘zim uddalayman, bir urinib ko‘ray», — dedim. To’g’risi, qarorimdan afsuslanmayman.
Men Andijondanman, hozir Jahon tillari universitetining 2-kursida o’qiyapman. Ota-onangiz boy bo’lmasa-da, cho’ntakda faqat anjancha dadilik bilan qanday qilib katta shaharda yashash bo’yicha maslahatlarim bilan bo’lishaman. Kimgadir mening tajribam faqat pul emas, asablarni ham tejashga yordam berar.
Katta shahar va kichkina byudjet
Ketishdan oldin yonimda atigi 4 000 000 so’m bor edi — bir yil ichida yig’ib qo’yganim. Shu pul bilan ish topguncha ilk oylarni o‘tkazaman deb o‘ylaganman. Kontrakt-u yotoqxona puliga qarindosh-urug‘ yordam berdi: dadam hovlidagi sigirni sotdi, yaqinlardan yordam puli oldi, yig’ilgan $1 100 to’liq yorqin kelajagimga tikildi. Ota-onamdan bundan ortig’ini so’ray olmasdim. Toshkentga kelganimda 4 mln pulim 2,5 mln ga aylanib bo’lgandi. Poyezdga chipta, yangi ko’ylak, tufli, ko’rpa-yostiq va yo’l xaltasini zo’o’o’rg’a 1 500 000 mln so’mga amalladim. Yangi narsalarni olishga onam turib oldi — o‘zimizning bozordan olsak arzon tushadi deb. Keyin bilsam, shu narsalarni Toshkentda arzonroqqa ham topsa bo’larkan.
Birinchi haftalar qattiq tejab yashashni o’rgandim, ishlatgan pulimni telefonimga yozib qo’yardim. Kundalik ovqatim shulardan iborat edi:
- Nonushta: issiq non, suzma va onam bergan murabbo — 10 000 so’m.
- Tushlik: universitet oshxonasidagi quyuq ovqat va kompot — 20 000 so’m.
- Kechlik: Farhod bozorida 2 ta somsa + bepul choy — 20 000 so’m.

Birinchi marta Korzinkada 250 000 so’mga bozorlik qilganimni eslayman. Chegirma vaqtini topib, choy, qahva va tez tayyor bo’ladigan lag’monni bozordagidan arzonroqqa sotib olgandim. Oyiga bir marta telefonga 70 000 tashlardim — uyga qo’ng’iroq, dars, o’yin va seriallarga interneti yetadi. Ko’chaga har safarim uchun kamida 4 000 so’mdan to’lardim — bitta safar 2 000 so’mdan. Chiqmasam bo’lmasdi, ish topishim kerak edi-ku. Har bir tiyinni tejasam ham, kuniga kamida 80 000–100 000 xarajat bo’lardi.
Savdo markazlarida sariq futbolkali promouterlarni tez-tez uchratardim. Gap boshlasalar, qo‘l siltab o‘tib ketardim. Quloqlarimda onamning gaplari jaranglardi: «Katta shaharda hech kimga ishonma». O’sha payt bu gap qanchalik menga asqatishini bilmasdim.
Pul yo’q, lekin taslim bo’lma
2 hafta o’tib Toshkentda avtomoykaga kechki smenaga 1 500 000 oylik bilan ishga kirdim. Qiyin bo’ldi. Darslarda uxlab qolardim, uyquga to’ymaganimdan doim och qolaverardim, suzma va nonga qornim to’ymay qolardi. Ba’zida osh yoki lag’mon olardim, xarajatlarim kuniga 150 000 so’mgacha ko’tarilardi, yig’gan pullarim tez ishlatilib ketardi. Avtomoykada faqat yuvilgan mashinalarni emas, oylikkacha qolgan kunlarni ham sanay boshladim. Kayfiyatim eski akkumulyatorga o’xshab qolgandi — ishlashga ishlaydi-yu, lekin hooozir zaryadi o’tirib qoladigandek.
Bir kuni ertalab tig’iz paytda ishdan qaytayotib, avtobusda uxlab qolibman va kimdir pulimni o’g’irlabdi. Portfelimdan oxirgi pulim yotgan hamyonim yo’qolibdi. Nima qilishni bilmasdim. Ota-onamga aytib nima qilaman, faqat vahima qilishgani qoladi. Ishxonamga telefon qilib, avans berishlarini iltimos qildim, lekin berishmadi. G’ururni chetga surib, kursdoshlarimdan bir necha oyda qaytaraman deb pul qarzga so’ray boshladim. Lekin hech kim pul bermadi, ulardan xafamasman — kimnidir rostdan puli yo’q, kimdir pulini qaytarmasligimdan qo’rqdi.
Yonimga parallel kursdan bir yigit keldi: «Bitta odamni bilaman, undan tilxat yozmasdan qarzga tez pul olish mumkin». Men rozi bo’ldim — boshqa ilojim yo’q edi. Meni lombardda ishlaydigan, ko’rinishidan qo’rqinchli odamni oldiga olib kelishdi. Vaziyatimni tushuntirdim. U tirshayib: «200 dollar beraman. Pasportni garovga qoldirasan. Bir haftadan keyin 220 dollar qilib qaytarasan. Vaqtida qaytarmasang — har kuni 10% qo’shilib boradi. Xopmi?». Oldimda pasportim yo’q deb aldadim-da, peshonamdagi muzdek terni artib, lombarddan uchib chiqdim. Ko’chadagi bezorilardan qarzga pul olishim qoluvdi endi?

Ijara xonamdagi bu kechani hech qachon unutmayman. Oxirgi lag’monga qaynoq suv quyib, buyog’iga nima qilishni bilmay devorga termilib o’tirdim. Balki ota-onam to’g’ri aytishgandir? Hammasini tashlab qishloqqa qaytsammikan? Onam telefon qilganida, yorilishimga bir bahya qoldi: hammasi yomon ketayotganligini aytib bergim keldi. Lekin chuqur nafas oldim-da, hammasi joyida deb qo’yaqoldim.
Sariq karta — yashil chiroq
Shu kuni o’zimni dunyodagi eng omadsiz odamdek his qildim. Ishga piyoda bordim, avtobusga pulim qolmagandi, qornim och, asabim tarang. Savdo markazi yonida yana o’sha sariq futbolkali odamlarni ko’rdim. Mayli, bundan battar bo’lmaydi baribir deb ularning oldiga borib, kredit karta haqida aytib berishlarini so’radim. Promouter virtual kartani bepul ochish mumkinligini va pulni o’z vaqtida qaytarsam, hech qanday foiz to’lamasligimni tushuntirdi. Uncha ishonmadim, lekin sinab ko’rishga qaror qildim. Ilovada karta ochdim va 17 mln so’m limit oldim. Hech kimga pasportimni garovga berishga yoki qizarib, aniq qaytaraman deb yalinishga to’g’ri kelmadi.
Pulni olib birinchi qilgan ishim — Korzinkaga bozorlik qilishga yugurdim. Eslasam kulaman, lekin xuddi qayta odamga aylangandek bo’ldim. Birinchi xaridimdan 100 000 keshbek oldim. Avtobusda ham, oshxonada ham karta bilan to’ladim. Haliyam ko’nglimda g’ashlik bor edi, ertaga bankdan bir necha million qarzingiz bor degan xabar keladi deb qo’rqardim. Bir haftadan keyin birinchi oyligimni olishim bilanoq bankomatga borib, ishlatgan pulimni qaytardim. Shundan keyin yengil nafas oldim — foiz to’lashimga to’g’ri kelmadi. Xuddi yaqinlarimdan qarz olib qaytargandek bo’ldim.

Talaba, lekin puli bor 💸
AVO platinum bilan faqat tayyor lag’mon yeyishga to’g’ri kelmaydi — 45 kungacha 0%
Kredit karta shartlarini to’liq o’rganish uchun bank saytiga kirdim va AVO gap blogida anchagacha qolib ketdim — hayot va pul haqida maqolalar shunchalik ko’p ekanki, menga aynan shu kerak edi. Lombard bilan bo’lgan hikoyamdan keyin firibgarlar haqidagi hamma maqolalarni o’qib chiqdim.
Toshkentcha kvest: «moliyaviy savodxon» darajasi
Kredit karta oldidagi qo’rquvim uning qanday ishlashini to’liq o’rganish bo’yicha qiziqishga o’zgardi. Ilovada «Do’stingizni taklif qiling» aksiyasini topdim. Meni hech kim to’xtatolmadi: takliflarni kursdoshlarim, ijarachi-qo’shnilarim, Andijondagi do’stlarimga yubora boshladim. Hatto avtomoykadagi akalarga ham yuborib qo’ydim. Bir necha oy davomida do’stlarimni taklif qilganim uchun menga 25 000 dan bonus o’tkazib turishdi. Keyin ularni haqiqiy pulga almashtirib, o’zim xohlagancha ishlatdim. Qiziq tizimni tushungandek bo’ldim va Toshkentda endi och qolmasligimga ko’zim yetardi. Siz ham keshbeklar haqida shu yerda o’qib ko’ring.
Hozir hammasi yaxshi. Ishlayapman, o’qiyapman, xarajatlarimni oldindan rejalashtiryapman. Har ehtimolga qarshi kredit karta doim yonimda. Oylikkacha hali ancha kutish kerak bo’lgan paytlarda foydalanaman, keyin vaqtida qaytaraman. Yana ta’tilda uyga borganimda andijonlik do’stlarimni hayratga solish uchun stiker ham buyurtma qildim. Juda qulay narsa — telefonga yopishtirasiz va istagan joyingizda pul to’layverasiz. Toshkentdagi pul bilan bog’liq sarguzashtlarimni eshitaverib, og’aynilarim hazillashib meni «pul domla» deb chaqiradigan bo’lishgan.
Aslida, menga o’xshab kichkina qishloqdan kelgan yigit-qizlar boy qarindoshlarsiz ham poytaxtda yashab bo’lishini, buning uchun yangi narsalarni o’rganishdan qo’rqmaslikning o’zi yetarliligini bilishini xohlardim. Qo’rqsangiz ham, pulingiz kam bo’lsa ham orzularingizni keyinga qoldirmang. Hammasini hal qilsa bo’ladi, aql bilan o’ylasangiz bo’ldi.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda







