• AVO

  • AVO gap

  • Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

Eh, bu bayramlar-ey… Ular tufayli qishki ta’tillar odatdagidan ancha qimmatga tushadi. Yangi yil ta’tilini rejalashtirsangiz, takliflar juda ko‘p bo‘lgani uchun chalkashib, byudjetdan chiqib ketish hech gap emas. Ushbu maqolada chiptalarni qanday sotib olish, mehmonxonalarni qayerda bron qilish va ortiqcha xarajatsiz qulay sayohat qilish haqida gaplashamiz.

Chiptalarni qachon sotib olish kerak?

Dunyo bo‘ylab sayohat qilishni yaxshi ko‘raman. Qishda ish joyini sohildagi shezlongga almashtirish istagi kuchli bo‘lgani uchun, ba’zan bayramlarda birdaniga boshqa davlatga uchib ketaman. Ilgari sayohat qanchalik tasodifiy bo‘lsa, shunchalik yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylardim. Hatto pulim umuman kam bo‘lsa ham. Vaqt o‘tishi bilan ichki tezkor dofaminlar ishqibozini tinchlantirishni va ta’tillarning barcha mayda tafsilotlarini rejalashtirishni o‘rgandim.

Shu tariqa, shaxsiy tajriba va xatolarimdan kelib chiqib, 20-dekabrdan 10-yanvargacha safarlar rejalashtirmaslik kerakligini tushundim. Yangi yil oldi xarajatlari har sohada seziladi. Bu sanalardagi chiptalarga butun oylik ketib qolishi mumkin.

Nima qilish kerak? Xotirjam bo‘ling va parvozni dekabr boshiga yoki yanvar o‘rtalariga rejalashtiring. Xorijga chiptalarni taxminan 1,5–3 oy yoki safardan 1–2 hafta oldin olish kerak.

🥥🌴 Bali yoki Maldiv orollariga yo‘l oldingizmi?

Kredit kartani o‘zingiz bilan oling — u qahvaxona, taksi va do‘konlarda asqatadi

Onlayn ochish

Agar Yangi yilni Maldivda kutib olmoqchi bo‘lsangiz, 2 barobar sarflashga tayyor turing. Agar buncha pul sarflashga tayyor bo‘lmasangiz, mavsumiy variantni tanlang. Masalan, Misrga dekabrda uchish may yoki iyuldan ancha arzon.

Chipta xarididan qanday tejash mumkin?

Odatda juda uzun reyslar va ko‘p sonli qo‘nishlar bilan parvoz arzonroq turadi. Ular hali ham meni jalb qiladi, lekin Frankfurt aeroportidagi uzoq tranzitni eslasam — darrov o‘zimga kelaman.  O‘shanda tranzit reysi kechikdi, shahar markaziga chiqish qimmat edi, aeroportdagi do‘konlar va qahvaxonalar narxlari esa juda ham qimmat edi. Oxirida geyt yonida uxlab qolishga majbur bo‘ldim — hozircha buning uchun pul olishmaydi.

Shuning uchun 2–3 soatlik qulayroq tranzitli reysni tanlab, $50–$100 ko‘proq to‘lash afzal — bu ham vaqtingizni, ham pulingizni tejaydi. Juda qisqa tranzitlarni ham olmang. Masalan, Istanbulning yangi aeroportida 1 soat yetmaydi. Bir safar menga bu vaqt yetmay qoldi, lekin aviakompaniya yordam berdi. Birinchi reys kechikkani uchun qolgan kunni Turkiyaning kichik shahridagi zo‘r mehmonxonada o‘tkazdim. Muhimi, aviakompaniya xarajatlarni faqat chiptalar bir bron orqali sotib olingan bo‘lsa, qoplashini esingizdan chiqarmang.

Chipta xarididan qanday tejash mumkin?

Ba’zan qish mavsumidagi mashhur yo‘nalishlarga  chiptalarni qaynoq yo‘llanmalar sotadigan turoperatorlardan ham arzon olish mumkin. Lekin, ertagayoq yo‘lga chiqishga tayyor bo‘lishingiz kerak.

Loukosterlar yanada arzon, lekin hamma narsangizni kichik ryukzakka sig‘dirish va samolyotda ovqatlanish uchun alohida to‘lashga tayyor bo‘lish kerak. Bu ayniqsa Yevropada qulay. Masalan, Berlin–Milan yo‘nalishi o‘rtacha 30 yevroga tushadi. Mavlud va Yangi yil oldidan loukoster saytlarini kuzatib boring, bu paytlar ular ko‘pincha katta chegirmalar o‘tkazib turadi.

Aviakompaniyalar va turoperatorlarning saytlaridagi narxlarni kuzatish va ularning xabarnomalarini o‘qishni juda yoqtiraman. Bu eng foydali yo‘nalishlarni kuzatishda yordam beradi.

Qayerda qolish kerak?

Qanday uchish kerakligini bilib oldik, endi qayerda qolish haqida gaplashamiz. Mehmonxona yoki xonadonda faqat uxlashni rejalashtirsangiz ham, joyni tanlashga mas’uliyat bilan yondashing. Juda uzoq joy yoki noqulay xona shahar haqidagi butun taassurotni buzishi mumkin. Bron qilishdan oldin har doim sharhlarni o‘qib chiqaman va haqiqiy suratlarni izlayman — bu firibgarlar bilan bog‘liq holatlarning oldini oladi.

Mehmonxona shahar markazida bo‘lishi ham shart emas. Markazga piyoda yetib olish mumkin bo‘lgan yoki metro yaqinidagi variantlar ham bo‘ladi. Masalan, do‘stlarimiz bilan Rimga borganda, Vatikan yaqinida markazdagi uylardan 2 barobar arzon va qulay uyni topganimizda hayron qolgandik.

Mehmonxona

Bir haftadan ortiq qolish uchun oshxonali uylarni tanlang. Shunda nonushta yoki tushlikda ancha tejaysiz.

Janubi-Sharqiy Osiyoda villalarni ijaraga olish foydaliroq, ayniqsa katta guruhlar uchun. Do‘stlaringiz bilan tog‘ chang‘i kurortiga borayotgan bo‘lsangiz, mehmon uylari yoki xostellarni ko‘rib chiqing — ko‘pincha butun qavat yoki uy arzon turadi.

Odatda mehmonxonalar narxlari va mavjud xonalarni agregator saytlarda tekshiraman. Bron qilishdan oldin mehmonxonaning rasmiy sayti yoki ijtimoiy tarmoqlarini ko‘rib chiqing. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bron qilsangiz, narxlar 10–15% arzon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, AVO platinum kredit kartasi bilan Booking.com orqali bron qilsangiz, 4% gacha chegirma olish mumkin.

Sayohatda qanday tejash mumkin?

Odatda shahrimdan chiqishim bilan pulni nazoratsiz sarflay boshlayman. Shuning uchun oldindan boradigan joylarimni o‘rganib chiqaman: restoranlar va do‘konlardagi narxlarni solishtiraman. Chiroyli va qulay joylarni xaritada belgilab qo‘yaman — bu rejasiz sovg‘a va qahva xaridlarini kamaytiradi.

Ovqatlanish uchun eng to‘g‘ri variant — mahalliy aholi ovqatlanadigan ko‘cha qahvaxonalari. U yerlardagi ovqatlar shirinroq va arzonroq bo‘ladi. Bunda ham mehmonxonalardagi qoida ishlaydi — markazga yoki diqqatga sazovor joylarga yaqinlashgan sari narx ko‘tariladi. Masalan, mashhur ibodatxonadan ikki kvartal uzoqlikdagi do‘konda suv ancha arzon bo‘ladi.

Sayohatda qanday tejash mumkin?

Taksi qimmat bo‘lgan davlatlarda doim jamoat transportidan foydalanaman yoki piyoda yuraman. Juda ko‘p yurish kerak bo‘lsa, abonement oling. Uzoq masofalarga esa mashina ijarasi ekskursiyalardan arzonroq tushadi. Yana bir layfhak — tungi avtobuslar. Ular bir nechta shaharga borib kelish uchun juda qulay. Avtobusda uxlash mehmonxonadek qulay emas-u, lekin tejalgan pulni ovqat yoki shopingga sarflasa bo‘ladi.

Aytgancha, hozirda har bir shaharda Free Walking Tours — choychaqa evaziga ishlaydigan gidlar bilan bepul turlarni topish mumkin.
Yevropaning yirik poytaxtlarida asosiy diqqatga sazovor joylarga uzun navbatlar va qimmat chiptalar kabi muammolarga duch keldim. Bu yerda ham muammoning yechimi oddiy bo‘lib chiqdi — chiptalarni onlayn sotib olish kerak ekan.Odatda bu ishni sayohatdan bir–ikki hafta oldin qilaman.

Yana bir nechta tekshirilgan layfhaklar:

  • Har doim sug‘urta oling — begona joyda davolanish juda qimmat bo‘ladi;
  • Valyutani aeroportda emas, shaharda almashtiring;
  • Rouming o‘rniga mahalliy SIM yoki eSIM oling;
  • Kirlarni mehmonxonada emas, maxsus kir yuviladigan joylarda yuving — u yerda ancha arzonroq;
  • Bozorlarda tortinmang, savdolashing va chegirmalar haqida so‘rang.

Endi siz ortiqcha xarajatlarsiz sayohat qilish va sayyohlar uchun tuzilgan tuzoqlardan qochish yo‘llarini bilasiz. Tejalgan pulni esa qo‘shimcha o‘yin-kulgilarga, xaridlar yoki yaqinlaringizga sovg‘alarga sarflashingiz mumkin.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl
01.12.2025
5 daqiqa
Yuna Korostelyova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 20.11

    Gringotts O‘zbekistonda ochilganida, goblinlar qanchaga qamalgan bo‘lardi?

    Rustam Mansurov


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

10