• AVO

  • AVO gap

  • 2025-yilda O‘zbekistonda debitorlik va kreditorlik qarzdorligi

2025-yilda O‘zbekistonda debitorlik va kreditorlik qarzdorligi

Oddiy qilib aytganda, debitorlik qarzdorligi — bu sizga kimdir qarzdor bo‘lgan holat. Masalan, siz mahsulotni sotdingiz, mijozga yetkazdingiz, lekin pul hali tushmadi. Bu summa hisob-kitoblarda allaqachon qayd etilgan, ammo kassaga tushmagan. Ana shu qarzdorlik — debitorlik hisoblanadi.

Kreditorlik qarzdorligi esa — siz kimdandir mahsulot yoki xizmat olib, to‘lovni kechiktirganingiz holati. Masalan, siz qadoqlash materiallarini xarid qildingiz, tovarni oldingiz, lekin to‘lovni keyingi haftaga qoldirdingiz. Rasmiy ravishda pul sizda bo‘lsa-da, buxgalteriyada siz qarzdor sifatida qayd etilgan bo‘lasiz.

Har 2 turdagi qarzdorlik buxgalteriya balansining ajralmas qismi bo‘lib, ular bilan to‘g‘ri ishlash nihoyatda muhim. Buxgalteriyadagi xatolar nafaqat asabga, balki soliq organlari bilan muammolarga ham olib kelishi mumkin.

Nima uchun qarzdorlikni to‘g‘ri yuritish muhim?

Tasavvur qiling: biznesingizda hammasi go‘yoki yaxshi — mijozlar to‘layapti, yetkazib beruvchilar mahsulot jo‘natmoqda. Ammo birdan sizning qarzingiz borligi aniqlanadi, to‘lov muddati o‘tgan, jarimalar hisoblanmoqda. Natijada — obro‘ga putur, huquqiy mojarolar va hatto sudgacha boradigan muammo.

Yoki aksincha: sizga qarzdor bo‘lgan kompaniya bor, ammo siz bu haqda unutgansiz va da’vo muddati o‘tib ketgan. Bu esa — yo‘qotilgan foyda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun buxgalteriya hisoboti aniq va tizimli bo‘lishi kerak. Har bir operatsiya o‘z vaqtida qayd etilishi zarur: kim, qachon, qancha va kimga. Yaxshisi — aniq muddatlar bilan.

Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar hisob yuritishda avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanmoqda, bu esa xatolarni sezilarli darajada kamaytiradi. Lekin hatto qo‘lda yuritiladigan hisobotlarda ham eng muhimi — intizom: bitimlarni o‘z vaqtida qayd etish, doimiy tekshirish va hamkorlar bilan solishtirish.

Qarzdorlikni qachon hisobdan chiqarish mumkin?

Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, kompaniya sizga qarzdor, lekin yillar davomida hech qanday to‘lov qilmaydi. Yoki sizda qarzdorlik bor, ammo yetkazib beruvchi faoliyatini to‘xtatgan va aloqaga chiqmayapti.

Bunday holatlarda qarzdorlikni hisobdan chiqarish mumkin. Bu quyidagi asoslar bilan amalga oshiriladi: tomonlar o‘rtasidagi kelishuv asosida, sud qaroriga binoan yoki da’vo muddati tugagan taqdirda (O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra odatda bu muddat — 3 yil). Ammo buni shunchaki daftarni o‘chirib qo‘yish bilan hal qilib bo‘lmaydi — huquqiy asos va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bo‘lishi shart. Shuning uchun bunday holatlarda buxgalter yoki yurist bilan maslahatlashgan ma’qul.

Qarzlarni tushunsangiz — foydani ham bemalol tushunasiz

AVO platinum kartasini ilova orqali rasmiylashtiring va birinchi xariddan bonus hisobingizga 100% gacha keshbek oling

Kartani olish

Qarzdorlik biznesga to‘sqinlik qilmasligi uchun nima qilish kerak?

Eng asosiysi — kim kimga qancha qarzdor ekanligini doimo nazoratda saqlash. Muvaffaqiyatli biznes — bu har doim rejalashtirilgan nazorat va aniq hisob-kitobdir. Agar siz yaqinda hisobingizga 1 mln so‘m tushishini bilsangiz, siz to‘lovlar yoki yangi xaridlarni dadil rejalashtirishingiz mumkin. Aksincha, birdan bir necha oy oldingi unutilgan qarzdorlik chiqib qolsa — bu kutilmagan xatar va stress bo‘lishi mumkin.

Yana bir muhim jihat — bu ishbilarmonlik munosabatlari. Yetkazib beruvchilar o‘z vaqtida to‘lov qilmaydigan mijozlarni yoqtirmaydi. Siz ham, ehtimol, oylar davomida pul o‘tkazmaydigan mijoz bilan yana hamkorlik qilgingiz kelmaydi. Shuning uchun buxgalteriya yuritish nafaqat raqamlar, balki obro‘ va ishonch masalasi hamdir.

Xulosa

Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik — bu biznes moliyasining ikki muhim tomoni. Ularni doimiy nazorat qilish orqali siz moliyaviy barqarorlikni ta’minlaysiz va xotirjam ishlaysiz. 2025-yilda O‘zbekistonda tobora ko‘plab kompaniyalar bu jarayonlarni avtomatlashtirishga o‘tmoqda. Bu esa xatolarni kamaytiradi, xavflarni oldini oladi.

Yakuniy tavsiya: barcha qarzdorliklarni o‘z vaqtida qayd eting, doimiy nazorat qiling, eslatmalar bering va hech qanday qarzni e’tiborsiz qoldirmang — na o‘z qarzingizni, na boshqalarnikini. Bu sizga nafaqat muammolardan qochishga, balki biznesingizni ishonch bilan rivojlantirishga yordam beradi.

Qarz
26.05.2025
4 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

144