Bir yilcha oldin AVO bankni ishga tushirganimizda, maqsadimiz moliyaviy xizmatlarni qulay, tez va hamma uchun ochiq qilish edi. Bugun AVO bilan birgalikda o‘sishni tanlagan foydalanuvchilar soni 3 millionga yetdi.
Biz ilovamizga doim yangi funksiyalarni qo‘shib boramiz, interfeysni soddalashtiramiz va imkoniyatlarni kengaytiramiz. Maqsadimiz — har bir foydalanuvchiga kartani bir necha daqiqada ochish, ma’lumotnoma va garovsiz kredit kartasi va shaxsiy limitga ega bo‘lish, bank xizmatlaridan bankka bormasdan va navbatlarda turmasdan foydalanish, pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni qo‘shimcha komissiyalarsiz amalga oshirish imkoniyatini yaratish.
Bularning barchasi 24/7 ishlaydigan bitta ilovada mujassam.
Bizni tanlaganingiz uchun rahmat! 3 million — bu faqat boshlanishi 💛

