Endigina ta’tilga otlandingiz: chiptalar sotib olindi, chamadon deyarli yig‘ildi — va hamma narsa nazorat ostida. Lekin uchib kelganingizda, Wi-Fi yo‘q, mehmonxona manzili qayerdadir pochtada, taksi haydovchisi ingliz tilini tushunmaydi, rouming esa pulni «salom, Barselona!» deyishga ulgurmasingizdan tezroq yeb qo‘yadi.
Tanish holatmi? Menda shunday bo‘lgan. Bir marta. Boshqa xohlamayman.
Shuning uchun, ta’tilingiz vahima bilan boshlanmasligi uchun sayohatlarda o‘zim foydalanadigan tekshirilgan, qulay, foydali ilovalar ro‘yxatini tuzdim. Oldindan yuklab oling
1. TripIt — sayohatlarni rejalashtiruvchi
Samolyot chiptalari va mehmonxonani bron qilishdan tortib, transfer va ekskursiyalargacha barcha ma’lumotlarni bir joyga yig‘iadi. Siz shunchaki unga tasdiq xatlarini jo‘natasiz va u sizga kunlar jadvalini tuzadi: jo‘nab ketish, mehmonxona, qayerga borish, qachon yetib borish. Hatto biror narsani unutsangiz, eslatib qo‘yadi.

Hammasi kaftdagidek ko‘rinib turadi. Vokzalda sarosimaga tushib, «QR-kodim qayerda» deb qidirishga hojat qolmaydi. Ilova oflayn ham ishlaydi.
2. Wanderlog — sayohatchilar guruhi uchun juda mos
Ilovada qo‘shma sayohat rejasini yaratishingiz mumkin — bormoqchi bo‘lgan joylar, restoranlar, yo‘nalishlarni qo‘shasiz. Xarajatlarni bo‘lishishingiz (agar navbat bilan to‘lasangiz), qaydlar qo‘yishingiz va hatto Google’dan xatcho‘plar qo‘shishingiz mumkin.
Qachon va nima rejalashtirganingiz hammaga ko‘rinib turadi, hech kim o‘zini «boshlovchi» yoki «yo‘qolib qolganimiz uchun aybdor»dek his qilmaydi.

3. Hopper — chiptalarni qulay narxda sotib olish uchun
Kerakli yo‘nalish va sanani tanlaysiz, u esa narxlarni kuzatib boradi va «hozir xarid qilish foydali emas, bir-ikki kun kuting — chegirma bo‘ladi» yoki aksincha: «yaxshi narx, hozir oling, keyin qimmatroq bo‘ladi» deb turadi. Yana o‘ylaguningizcha narxni bir-ikki kunga muzlatib qo‘yishingiz mumkin.

Siz shunchaki yomon paytda sotib olganingiz uchun ortiqcha to‘lamayapsiz. Ayniqsa, cheklangan byudjetingiz bo‘lsa.

Ta'tilda yana nima asqatishini bilasizmi?
AVO platinum kredit kartasi — 100 mln so‘mgacha limit va 45 kungacha 0%
4. Rome2Rio yoki Omio - qanday yetib borishni bilish uchun
Ilovalar A nuqtadan B nuqtaga qanday yetib borishni ko‘rsatadi: avtobus, poyezd, BlaBlaCar, taksi va hatto paromda. Narxlar va taxminiy safar vaqti bilan.
Siz vaqtni behuda sarflamaysiz va noto‘g‘ri joyga o‘tiraman yoki ortiqcha to‘layman deb asabiylashmaysiz. Hammasi telefonda, eshikdan eshikkacha bo‘lgan marshrut kabi.

5. Airalo yoki Nomad - xorijdagi internet uchun eSIM
Mamlakatni tanlaysiz, kerakli paketni to‘laysiz va eSIMni faollashtirasiz — barchasi bir necha bosish bilan. Mahalliy operatorni qidirish yoki jismoniy simkani sotib olish shart emas.
Internet sizda birinchi daqiqadan boshlab mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, bu operatoringiz roumingi uchun to‘lashdan ham arzonroq.

6. Timeshifter — jetlag bilan qiynalmaslik uchun
Vaqt farqi bo‘lgan mamlakatga uchib ketayotgan bo‘lsangiz, moslashish qiyin bo‘lishi mumkin. Kechasi uxlaging kelmaydi, kunduzi esa lanj bo‘lib, hech narsa xohlamaysan. Ilova esa sizga moslashishning shaxsiy jadvalini yaratadi: qachon yotish yaxshiroq, qachon qahva ichmaslik, qachon quyoshda sayr qilish. Hammasi ilmga va sizning marshrutingizga asoslangan.
Shuning uchun normal rejimga tezroq kirasiz va ta’tilning yarmini «qaynatilgan tuxumdek» o‘tkazmaysiz. Ayniqsa, sayohat qisqa bo‘lsa, juda foydali.

7. Google Xaritalar + Google Tarjima — hammada bo‘lishi kerak
Bu ilovalarni aniq bilasiz, lekin ular oflayn yuklab olingan bo‘lishi muhim.
Oldindan nima qilish kerak:
- Google Xaritalarda o‘zingiz turgan shahar yoki hudud xaritasini yuklab oling — shunda u internetsiz ham ishlaydi.
- Google Tarjimada kerakli tillarni yuklab oling — u tarmoqsiz ham tarjima qila oladi.
Shunday qilsangiz, hatto to‘satdan internetsiz qolsangiz ham, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz. Google Tarjima esa ovqat buyurtma qilish, yo‘lni so‘rash yoki dori-darmon ko‘rsatmalarini o‘qishga yordam beradi.

8. Splitwise — do‘stlar bilan xarajatlarni hisobga olish uchun
Agar siz yolg‘iz sayohat qilmasangiz, deyarli har doim kimdir hamma uchun to‘laydi: kechki ovqat, taksi, turar joy. Ilovada siz kim qancha to‘laganini kiritishingiz mumkin va u kim va kimga qarzdorligini o‘zi hisoblaydi. Natijada, hamma narsani xotirada saqlash, kalkulyatorda qayta hisoblash yoki kim tashlashni unutgani haqida bahslashish kerak emas.
Hammasi halol, tushunarli va zo‘riqishsiz. Uzoq safarlarda ham yaxshi ishlaydi.

Va nihoyat
Bularning barchasini jomadon yopilmasidan oldin yuklab oling. Ular yordamida butalar orasidan Wi-Fi qidirmaysiz, suv uchun uch barobar qimmat to‘lamaysiz va menyu tarjimasida adashib qolmaysiz.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.