Men har bir insonga xobbi kerak deb hisoblayman. Chunki u kundalik tashvishlardan xalos bo‘lishga, ruhan dam olishga va quvvat to‘plashga yordam beradi. Mening holatimda bu teksturali tasviriy san’at.
Bugun men sizlar bilan tasviriy san’at bilan shug‘ullanish uchun qiladigan xarajatlarim haqida o‘rtoqlashaman, shuningdek, qanday tejash va hatto sevimli mashg‘ulotingizdan daromad topish bo‘yicha bir nechta foydali maslahatlar beraman.

Teksturali tasviriy san’at
Mening barcha ijodiy qiziqishlarim orasida teksturali rangtasvir alohida o‘rin egallaydi. Bu teksturali pasta yordamida hajmli, relyefli rasm yaratish san’atidir. Ha, bu arzon zavq emas, ammo u, shubhasiz, bunga arziydi. Men uchun bu shunchaki sevimli mashg‘ulot emas — bu o‘zlikni anglash jarayoni, shuningdek, o‘zimni, his-tuyg‘ularimni va dunyoqarashimni ifodalash usulidir.
Xarajatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, rasm chizishga ketadigan mablag‘ texnikaga va bu bilan qanchalik tez-tez shug‘ullanishingizga bog‘liq. Agar rasm chizish (o‘rniga o‘zingizning sevimli mashg‘ulotingizni qo‘ying) siz uchun dam olish usuli bo‘lsa va haftada 1–2 marta shu bilan shug‘ullansangiz, bu xarajatlarning bir turi hisoblanadi. Agar bu mashg‘ulotga bor vujudingiz bilan sho‘ng‘ishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu butunlay boshqa masala. Xo‘sh, mening sevimli mashg‘ulotimning qiymati raqamlarda qancha bo‘ladi?

O‘zbekistonda rassomchilik uchun mening xarajatlarim
Ta’lim
O‘z sevimli mashg‘ulotimga pul sarflashga tayyor bo‘lsam-da, doimo tejash yo‘llarini qidiraman. Masalan, ta’lim platformalarida tez-tez chegirmalar va aksiyalar bo‘lib turadi, shuning uchun ularni kuzatib borish va men kabi tejash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik kerak. Asoslarni o‘zlashtirish uchun rangshunoslik va kompozitsiya bo‘yicha onlayn kurslarga yozildim. Chegirmalar hisobiga umumiy summa 2 million so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, kuzdan boshlab Toshkentda akademik rasm chizish bo‘yicha oflayn darslarga qatnay boshlayman. Bu haftasiga 2 marta studiyaga borish oyiga taxminan 1 million so‘mga tushadi. Uzoq vaqt davomida shug‘ullanishni rejalashtirganim sababli, bu xarajatlarni kamida olti oylik byudjetimga kiritib qo‘yganman.

Materiallar
Asosiy xarajatlar dastlabki bosqichga to‘g‘ri keldi, unda keyinchalik ishda foydalaniladigan asboblar va asosiy materiallarni sotib olish kerak edi. Kelgusida sarf-xarajatlarni to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Bitta rasm uchun asosiy materiallar:
Materiallar | Art do‘kon | Bozor | Uzum Market |
---|---|---|---|
60x80 sm li romga gruntlangan mato | 140 000 so‘mdan boshlab | Bozordan 60 000 so‘mga DVP yoki yog‘och faneri sotib olib, asos qismini o‘zim akril grunt bilan qoplayman | 110 000 so‘mdan boshlab |
500 ml teksturali pasta | 100 000 so‘mdan boshlab | 100 000 so‘mdan boshlab | 60 000 so‘mdan boshlab |
Badiiy akril bo‘yoqlar | 40 000 so‘mdan boshlab | 30 000 so‘mdan boshlab | 21 000 so‘mdan boshlab |
Mastixin | 40 000 so‘mdan boshlab | 30 000 so‘mdan boshlab | 30 000 so‘mdan boshlab |
Shpatellar | 40 000 so‘mdan boshlab | Qandolatchilar uchun mahsulotlar bo‘limida 20 000 so‘mdan boshlab | 30 000 so‘mdan boshlab |
Mo‘yqalamlar | 80 000 so‘mdan boshlab | Qurilish do‘konida 25 000 so‘mdan boshlab | 80 000 so‘mdan boshlab |
Teksturali rangtasvir bilan shug‘ullanishga ketadigan jami xarajatlarim: oyiga ta’lim uchun kamida 1,5 million so‘m va materiallar uchun kamida 300 000 so‘mni tashkil etadi.
O‘z sevimli mashg‘ulotingiz orqali qanday qilib tejab qolish va daromad olish mumkin?
Materiallarni chegirma mavsumlarida sotib olish — yaxshi g‘oya. Bu xarajatlarni kamaytiradi, ayniqsa, bir necha oyga yetadigan materiallar zaxirasini qilsangiz. Bundan tashqari, men doimo materiallar xarid qiladigan do‘konlardagi barcha mavjud bonuslar va chegirma kuponlaridan foydalanishga harakat qilaman. Ba’zida qulay taklifni qo‘ldan chiqarmaslik va bir necha oyga yetadigan materiallarni darhol sotib olish uchun kredit kartasidan foydalanaman. Bunday hollarda ko‘pincha foizsiz davrli AVO platinum kredit kartasi qo‘l keladi. Xarid qilaman, keyin esa maoshdan hech qanday foiz to‘lamasdan pulni qaytaraman.

Musiqa, raqs yoki rassomlik?
Kerakli materiallarni AVO platinum kredit kartasi orqali xarid qiling va sevimli xobbiingiz bilan shug'ullanishni boshlang — 45 kungacha 0%
Agar qachondir sevimli mashg‘ulotingizni o‘zgartirishga qaror qilsangiz, materiallarni OLX.uz yoki mahalliy telegram-kanallarda qayta sotishingiz mumkin. Baxtimizga, badiiy materiallarga doimo talab bor.
Xobbisida nafaqat zavq, balki iste’dod ham topganlar uchun yaxshi daromad ko‘rinishida yoqimli bonus bor. Agar o‘z ishlaringizni namoyish etib, birinchi mijozlarni topmoqchi bo‘lsangiz, Teplomarket, International Hotel Tashkent'dagi «Art Bozor» kabi mahalliy qo‘lda yasalgan buyumlar yarmarkalarida yoki savdo markazlaridagi dam olish kunlari yarmarkalarida qatnashishdan boshlang. Shuningdek, kafe va restoranlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqing va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z ijodingizni faol targ‘ib qiling. Masalan, men birinchi to‘laqonli rasmimni shunchaki telegram-kanalimda ko‘rsatib, 1 million so‘mga sotganman.
Xobbi — bu nafaqat quvonch va ilhom manbai, balki o‘zingizni ifoda etadigan hayotingizning muhim qismidir. Xobbi ma’lum xarajatlarni talab qilsa-da, men ishonchim komilki, ular har bir sarflangan tiyinga arziydi. Axir, pirovardida ular sizni baxtli insonga aylantiradi, bu esa bebaho.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.