90-yillarda, zararli koka-kola va snikerslarni yeb, katta bo’lgan odam sifatida tan olaman — sog‘lig‘im unchalik yaxshi emas. Endi 30 yoshimda bunday bolalikning barcha achchiq-chuchugini ta’tib ko’ryapman. Kasal bo‘lishdan boshim chiqmayapti.
Yaqinda, shu iyul oyida shamolladim. Hamkasblarimdan yuqtirgan bo’lsam kerak, chunki butun ofis kasal bo‘lib chiqdi. Tanish alomatlarni sezganimda, bu grippmi yoki O‘RVImi, ikkilanib qoldim. Ikkalasi ham — o‘tkir respirator kasalliklar. Aytgancha, o‘zbekistonliklar orasida bu eng keng yoyilgan kasallik.

stat.uz
Immuniteti yaxshi bo‘lgan odamlarda shamollash shundoq o‘tib ketadi. O‘zini-o‘zi davolashni yaxshi ko‘radiganlar uchun esa bitta-yu bitta dori — malinali choy. Buvijonni retsepti bo‘yicha tayyorlanadigan murabboning 1 kilosi 50–60 ming so‘m turadi. Banka va yopqich esa hammamizga meros qolgan. Uydagilar o‘zimizning an’anaviy vositalarni — zanjabil damlamasi-yu, «Qizil yulduz» («Красная звезда») balzamini (qachon ishlab chiqarilganini so‘ramang, narxi suvtekin) afzal ko‘rishadi. Bu yerda hamyoningiz uncha zarar ko’rmaydi.
Meni esa doim eskicha tibbiyot usullari qutqaradi. Shunday qilib, yaxshigina shamollab, ahvolim yomon bo‘lishiga qaramay, 1-sonli hukumat poliklinikasi terapevtiga bordim. 170 ming so‘m to‘ladim (Toshkentdagi xususiy klinikalarda narxlar 100 mingdan 400 ming so‘mgacha). Keyin bilsam, shifokorni uyga chaqirish ham mumkin ekan — 420 ming so‘m bo’ladi. Uydagilar Doctor D’ni chaqirishdi — birpasda kelishdi, bu tez yordamda terapevti ham bor edi. Agar o‘zingizning poliklinikangizda yaxshi doktor bor bo‘lsa, o’shani chaqiring — bepul bo’ladi. Menda esa tuman poliklinikasi bilan munosabatim uncha yaxshi emas.
Shifokor, albatta, dori-darmonlar yozib berdi.
Ro‘yxat shunaqa:
- Antibiotik;
- Virusga qarshi dori;
- Tomoq uchun nimadir;
- Yo‘talga qarshi nimadir;
- Isitmaga qarshi nimadir;
- Holsizlikka qarshi nimadir;
- Burun oqishiga qarshi nimadir;
- C vitamini.

Telegramdagi @arzonaptekabot’da respublika viloyatlari yoki shahar tumanlari bo‘yicha dorini qidirish, dorixona bilan bog‘lanish va manzilni xaritada ko‘rish mumkin. Bir-ikki marta botdagi ma’lumot noto’g’ri bo’lib chiqdi, shuning uchun yaxshisi qo‘ng‘iroq qilib, kerakli dori bor-yo‘qligini aniqlab oling.
Dorilar narxi tumanga qarab farq qiladi, shuning uchun qayerda arzonroq ekanligini tekshirishga qaror qildim. Ro‘yxat kichkina emas edi. Men Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashayman. Taqqoslash uchun ancha chekkaroq Chilonzor va Yunusobod tumanlarini tanladim — hamkasbim u yerda dorilar deyarli har doim arzonroq bo‘lishini aytgandi.
Nomi | Mirzo-Ulug‘bek tumani (Darxon) | Yunusobod tumani (Mega Planet SKM) | Chilonzor tumani (16-sonli shahar shifoxonasi) |
---|---|---|---|
6 kunlik antibiotik (2 qadoq) | 102 000 | 110 000 | 116 000 |
Virusga qarshi dori (10 kunga) | 188 000 | 209 500 | 210 000 |
Tomoqni g’arg’ara qilishga (200 ml) | 82 000 | 84 000 | 81 500 |
Yo’talga qarshi dori (1 qadoq) | 82 000 | 79 000 | 85 000 |
Holsizlikka qarshi dori (2 o’ram, 10 ta qog’oz qadoq) | 48 000 | 50 000 | 40 000 |
Burun oqishidan dori (1 ta) | 53 000 | 51 000 | 52 000 |
C vitamini (100 ta kapsula) | 120 000 | 110 000 | 129 000 |
Jami | 675 000 | 693 500 | 713 500 |
Xullas, O‘RVI dorilari narxidagi farq uncha katta emas, degan xulosaga keldim. Qizig‘i shundaki, Chilonzorda shahar markaziga nisbatan 38 500 so‘mga qimmatroq chiqdi. Shuning uchun bemalol uyingiz yaqinidagi dorixonaga borsangiz ham bo‘laveradi. Lekin ayrim kamyob dorilar bilan vaziyat butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.
Dorixonaga ham chiqishga kuchim bo’lmagan paytlarda, dori olib kelishni Yandex Go kuryerlariga ishonib topshiraman. Buning uchun «Yetkazib berish» bo‘limida maxsus «Yordamchi» xizmati bor.

Rosti, bu safar kasalligim cho‘zilib ketdi, shuning uchun qon tahlillari topshirish kerak deyishdi. Toshkentda men ishonadigan ikkita laboratoriya bor — IMMUNOGEN TEST va Toshkent Tibbiy Diagnostika. Shahar markazida joylashgan, topish oson. Eng muhimi — natijalar biror marta ham pand bermagan.
Nomi | IMMUNOGEN TEST | Toshkent Tibbiy Diagnostika |
---|---|---|
Qonning biokimyoviy tahlili | 270 000 / 16 ta ko’rsatkich | 760 000 / 14 ta ko’rsatkich |
Umumiy qon tahlili | 80 000 | Hamma uchun bepul |
Umumiy siydik tahlili | 85 000 | 80 000 |
D vitamini darajasi | 230 000 | 275 000 |
Jami | 665 000 | 1 115 000 |
Narxlar o’ylaganimdan ancha baland ekan. Shunday paytda menga AVO platinum kredit kartasi yordamga keldi. Imtiyozli davr — 45 kungacha. Shu muddat tugagungacha ishlatgan pulimni qaytarishga ulgurdim, shuning uchun foizlar hisoblanmadi.
Kasallikdan keyin qayta kuch yig’ish kerak — busiz iloji yo’q. Organizmim endi 18 yoshdagidek emas: zanglagan mexanizmdek g‘irchillab, u yoq-bu yoqni sozlash, ba’zida ayrim detallarni almashtirishni so’raydi. Antibiotiklardan keyin ichak mikroflorasi yarim yo’lda ishdan chiqmasligi uchun bir kurs probiotiklar ichdim (75 ming so‘m). Shuningdek, shifokor D vitamini va sinkni qo‘shish kerakligini aytdi (120 ming va 190 ming). Imkon qadar sport ham kerak deyishdi — men sayr qilishdan boshladim.
Oxirida1 895 000 so‘mlik chek oldim, klinika va dorixonalar uy yonida bo‘lsa ham. Bu summani 2–3 ga ko’paytirsangiz, 3–4 kishilik oilani shamollashdan davolashga yetadigan summa chiqadi. Yoqimsiz raqamlar, to‘g‘rimi?

Kredit karta qiyin paytda yordamga keladi
100 mln so’mgacha pul qo’lingizda — sarflamaguningizcha % to‘lamaysiz
Xulosa
Shamollashni ham, unga ketadigan xarajatlarni ham oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi, ammo tayyorgarlik ko’rib qo’yish mumkin. Kasallik hamyonga zarba bermasligi uchun shaxsiy choralar ro’yxati:
- Xavfsizlik yostig’i. Har oy daromadimning 10% dan 25% ini ajratib, olib qo’yaman. Buning uchun oddiy quti ham, bank omonatlari ham mos keladi. Hozir 6 oylik AVO omonatini sinab ko‘ryapman — unda yiliga 25% gacha daromad olish mumkin. Mobil ilovada ochdim, xohlaganimda to‘ldiraman va xohlaganimda yechib olaman.
- Sog‘liq uchun budjet. Bu pullarni alohida kartaga tashlayman. Agar hali ham naqd pul ishlatsangiz, aniq maqsadlarga pul yig’ish uchun rejalashtiruvchi kundaliklar yoki bloknotlar mos keladi. Shunda yaqin kuzdagi mavsumiy O‘RVI paytida ham hamyon aziyat chekmaydi.
- Eng muhim chora — organizmni ishdan chiqmasidan uni qo‘llab-quvvatlayman. Hozircha vaqti-vaqti bilan terapevtga boraman va tahlillar topshiraman, ammo do‘stlarim maslahati bilan chek-ap haqida o‘ylab qoldim.
Klinika | Narxi | Kompleks | Nimalar kiradi |
---|---|---|---|
1 485 000 | Yillik bazaviy chek-ap | 28 ta ko’rsatkich | |
1 070 000 | Ayollar go’zalligi va salomatligi | Bir nechta bazaviy tahlillar, UTT | |
1 025 000 | Umumiy sog’liq nazorati | 3 ta tahlil, UTT va terapevt konsultatsiyasi | |
1 530 000 | Bazaviy chek-ap | 3 ta bazaviy tahlil, kompleks UTT, EKG va terapevt konsultatsiyasi |
Kompleksga qaysi tahlil va tekshiruvlar kirishini bilish muhim — bu yerda har kim o‘ziga mosini tanlaydi.
15 yildan ortiq xizmatda yurgan avtomobillar har yili texnik ko‘rikdan o‘tadi, demak biz — odamlar (bizda hammasi ancha murakkabroq) ham chek-apni odatga aylantirishimiz kerak.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Dorilar shifokor tomonidan muharrirga individual tarzda yozib berilgan, ularni davolovchi shifokoringiz tavsiyasisiz qabul qilmasligingizni so’raymiz. Ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.