AVO bank bu bahorda AVO Students Tour dasturini yo‘lga qo‘ydi — unda talabalar kasb bilan faqat nazariy emas, balki amaliy tarzda tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Jonli uchrashuvlar, haqiqiy keyslar va bir kunda ish taklifi olish imkoniyati — bularning barchasi talabalar o‘qish paytidayoq karyeraga ilk qadamlarini qo‘yishlari uchun tashkil etildi.
AVO jamoasi universitetlarga tashrif buyurib, karyera kunlarida qatnashadi, ma’ruzalar o‘qiydi, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etadi va stajirovka uchun saralash jarayonlarini olib boradi. Bularning barchasi yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim olish, balki haqiqiy ish muhiti bilan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlardan javob olish va mamlakatimizning oldi moliyaviy tashkilotida haqiqiy tajriba orttirish imkonini yaratadi.

One Day Offer formati dasturning mantiqiy davomiga aylandi — bu noyob saralash kuni bo‘lib, unda AVO Students Tour’ning avvalgi bosqichlaridan o‘tgan talabalar atigi bir kun ichida kompaniya bilan tanishib, suhbatdan o‘tib va pullik stajirovka uchun offer olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Loyiha qisqa vaqt ichida bankning inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli strategiyasining ajralmas qismiga aylandi: bahorning o‘zida 300 dan ortiq yosh dasturda ishtirok etdi va 25 nafar iqtidorli mutaxassis stajirovkaga qabul qilindi.

Oktyabr oyidagi bosqich ham xuddi shunday muvaffaqiyatli o‘tdi. Yuzlab talabalar amaliy topshiriqlar bajarishdi, ekspertlar bilan suhbatlashishdi va ularni ishga qabul qiladigan menejerlarga o‘z g‘oyalarini namoyish etishdi. Natijada 17 nafar ishtirokchi stajirovka offerini qo‘lga kiritdi, qolganlar esa loyihaning keyingi mavsumiga taklif olishdi.

One Day Offer — bu nafaqat yangi xodimlarni tanlash vositasi, balki yosh mutaxassislar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish usuli hamdir. Dastur bitiruvchilari mentorlar bilan aloqada qolishib, ichki karyera imkoniyatlaridan foydalanishadi. Shu tariqa, AVO bank nafaqat yosh mutaxassislarni tayyorlaydigan, balki mehnat bozorida yoshlar bilan ishlashda yangi standartlarni belgilaydigan barqaror kasbiy o‘sish ekotizimini shakllantiradi.









