• AVO

  • AVO gap

  • Tizimli undiruv: AVO bank va HiveTech’ning collection jarayonlarini avtomatlashtirishdagi tajribasi 

Tizimli undiruv: AVO bank va HiveTech’ning collection jarayonlarini avtomatlashtirishdagi tajribasi 

Bank sohasida undiruv ishlarining samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiyalar orqali, balki, birinchi navbatda mantiqli tizimlashtirilgan collection jarayonlari yordamida belgilanadi. Aynan shu sababli AVO bank ishni undiruvni avtomatlashtirish tizimini joriy qilishdan emas, balki amaldagi modelni tahlil qilish va HiveTech bilan birgalikda maqsadli collection jarayonlarini qurishdan boshladi. 

Tegishli audit o‘tkazilganidan so‘ng, jamoa qarzdorlik bilan ishlashning dastlabki bosqichlaridan tortib, sud va ijro ishlarigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan maqsadli undiruv modelini loyihalashga o‘tdi.

Biz uchun ushbu loyiha qarzdorlikni boshqarish tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. HiveTech bilan hamkorlikda biz undiruvning barcha bosqichlarida samarali ishlashning yaxlit modelini yaratdik. Bunday yondashuv operativ tahlillar asosida aniqroq qarorlar qabul qilish, mijozlar bilan aloqa samaradorligini oshirish hamda kelgusida Collection CRM joriy etilgandan so‘ng bankning yanada o‘sishi uchun barqaror texnologik asos yaratish imkonini beradi.

Rashid LaxluAVO bank kredit xatarlari bo‘yicha direktor

Auditdan soft collection biznes-jarayonlarini loyihalashga o‘tish 

Kompleks auditning birinchi bosqichidagi asosiy natijalardan biri — bu, o‘zgarishlar bo‘yicha yo‘l xaritasining ishlab chiqilishi. U Collection CRM yangi undiruv tizimi yordamida tezkor natijalardan strategik avtomatlashtirishga o‘tishga imkon berdi. 

Loyihaning ikkinchi bosqichi muddati o‘tgan qarzdorlik — oldindan undirish (pre-collection) va erta undirish (soft collection), bilan ishlashning dastlabki bosqichlarini tahlil qilishga qaratildi. Ushbu jarayonlar har qanday garovsiz chakana kreditlash modelining daromadlilik bo‘yicha asosiy harakatlantiruvchi omillari hisoblanadi. 

HiveTech va AVO bank jamoasi birlashgan holda: 

Birinchi va ikkinchi bosqich davomida joriy etilgan o‘zgarishlar o‘z samaradorligini ko‘rsatishga ulgurdi — hamkorlik davrining o‘zidayoq connect rate, prepayment ulushi va kredit portfekining sog‘lomlashtirish ko‘rsatkichlarining o‘sishiga olib keldi. 

Barcha undiruv bosqichlarini avtomatlashtirish tizimi arxitekturasi 

Uchinchi bosqich davomida HiveTech jamoasi bo‘lajak Collection CRM’ning arxitektura modelini ishlab chiqdi. Uning vazifasi qarzdorlik bilan ishlashning barcha bosqichlarini yagona raqamli muhitda birlashtirishdan iborat. Loyiha undiruv jarayonlarini boshqarishning markazlashgan tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishini nazarda tutadi. Bu qarzdorlik bilan ishlashning barcha jarayonlarini — pre-collection’dagi prepayment bilan ishlashdan tortib, sud va ijro ishlarigacha, to‘liq  qamrab oladi. 

Yangi tizimning asosiy modullariga quyidagilar kiradi: 

Alohida e’tibor mijozlarni tasniflash mexanizmiga qaratildi. Tizimda shartnomalarni undiruv bosqichlari bo‘yicha — pre-collection’dan sud jarayonlarigacha, avtomatik taqsimlash imkoniyati ko‘zda tutilgan. Bunda muddati o‘tganlik parametrlari, qarz tuzilmasi, mijozning geografiyasi va obyekt modelida mavjud bo‘lgan boshqa omillar hisobga olinadi. Bunday yondashuv bankka qarzdorlik bilan ishlashning maqbul strategiyasini avtomatik aniqlash va mijozlarni o‘z vaqtida undiruv bosqichlari orasida o‘tkazish imkonini beradi. 

Sud va ijro ishlarining maqsadli jarayonlarini ishlab chiqishda shartnomalar to‘plamini reyestrli qayta ishlash varianti ma’qullandi. Bu jarayonlarni muntazam ravishda ishga tushirish rejimi va reyestrlar uchun mas’ul xodimlar vazifalarini nazorat qilish mexanizmlari hisobiga kelajakda operatsion xatolarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. 

Shu bilan birga, jamoa shartnomalarni bank xodimlari va autsorsing kompaniyalari o‘rtasida ularning samaradorligi va ish geografiyasini hisobga olgan holda avtomatik taqsimlash prototipini yaratdi. «Undiruvdagi shartnomalarni samaradorligi bo‘yicha taqsimlash» vazifasi osondek tuyulishi mumkin, biroq sanoqli banklargina nazariy jihatdan uning yechimini topishga, so‘ngra amaliyotda tatbiq etishga muvaffaq bo‘lgan. HiveTech tomonidan yaratilgan prototipdan foydalangan holda biz ham shu banklar qatoriga kira olamiz.

Qarshig‘a Abzal o‘g‘liAVO bank Undiruv departamenti direktori

Joyiga chiquvchi undiruv xodimlari uchun mobil ilova alohida komponentga aylanishi kerak. U bank mutaxassislariga joyiga chiqishlar paytida mijozlar portfeli bilan ishlash imkonini beradi. Shuningdek, vazifalarni olish, yo'nalishlar tuzish, muzokaralar natijalarini va tashrif etilganlik bo‘yicha faktlarni geolokatsiya orqali qayd etish imkonini yaratadi. 

Bundan tashqari, tizim mijoz va shartnomaning barcha undiruv jarayonlaridan o‘tish tarixini — muloqotlar, xodimlar vazifalari va ta’sir ko‘rsatish natijalarini o‘z ichiga olgan holda markazlashgan boshqarishni nazarda tutadi. Ishlab chiqilgan arxitektura qarzdorlikni boshqarishning yagona ekotizimini yaratish uchun asos bo‘ladi. 

Konsaltingdan undiruvning raqamli transformatsiyasiga o‘tish 

Uch bosqichli loyiha  AVO bank undiruv tizimini rivojlantirishning kompleks modeli yaratilishiga asos bo‘ldi.  U jarayonlar tahlilidan tortib bo‘lajak IT-platforma arxitekturasigacha bo‘lgan natijalarni o‘z ichiga oladi. 

Bunday ulkan miqyosdagi loyihalarda avtomatlashtirishdan oldin biznesning kelajakdagi vazifalarini hisobga olgan holda samarali collection-jarayonlarini loyihalash muhimdir. Shuning uchun biz birma-bir auditdan undiruv metodologiyasi va maqsadli tizim arxitekturasini loyihalash tomon harakat qildik. Bunday loyihalarda asosiy maqsad — texnologiyalarni jarayonlarga moslashtirish emas, balki jarayonlarning o‘zini to‘g‘ri qurish, so‘ngra ularni raqamlashtirishdi.

HiveTech eksperti

Bugungi kunda loyiha natijalari AVO bank’da yangi Collection CRM tizimini joriy etishni davom ettirish va undiruvning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish uchun negiz sifatida foydalanilmoqda. 

Kontekst 

AVO bank — O‘zbekiston raqamli banking bozoridagi tez o‘suvchi ishtirokchilardan biri. Bank ulkan maqsadni ko‘zlagan: shunchaki to‘liq onlayn-mahsulotlarni taklif qilishgina emas, balki texnologiyalar va mijozga qulaylik yagona butunlikka aylanadigan zamonaviy moliyaviy servis barpo etish. Sayt — Avo.uz. 

HiveTech — IT Park Uzbekistan rezidenti, O‘zbekiston moliya sektori biznes-jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan IT-kompaniya. Hive Platform low-code konstruktori biznesning aniq vazifalari uchun har qanday murakkablikdagi IT-tizimlarni tezkor, murakkab kodlarsiz va kelajakda kengaytirish imkoniyati bilan yaratishga imkon beradi. Sayt va ijtimoiy tarmoqlar — HiveTech. 

31.03.2026
3 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 31/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.