• AVO

  • AVO gap

  • AVO bank STEM sohasida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha BMTTD bilan memorandum imzoladi

AVO bank STEM sohasida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha BMTTD bilan memorandum imzoladi

Toshkent, 2024-yil 6-dekabr — AVO bank O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan memorandum imzoladi. Bu hujjat bankning raqamli iqtisodiyot sohasida ayollarga kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi istiqbolli ish beruvchi sifatidagi nufuzini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Qizlar uchun IT va raqamli amaliyot dasturi BMTTD hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — ayollar orasida kasbiy IT-kompetensiyalarni oshirish va raqamli texnologiyalar sohasida gender tengligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ilk tashabbus yakunlari

AVO bank dastur doirasida BMTTD bilan hamkorlikda birinchi tashabbusni amalga oshirdi. BMTTD ishtirokchilarni tanlash va tayyorlashda asosiy vazifani bajarib, professionallik, raqamli vositalar bilan ishlash va samarali muloqot kabi mavzularga bag‘ishlangan yo‘naltirish sessiyalarini tashkil etdi. Bundan tashqari, BMTTD amaliyot jarayonini kuzatib bordi, fikr-mulohazalarni to‘pladi va dastur samaradorligini oshirish uchun takomillashtirishlarni joriy etdi.

AVO bank ishtirokchilarga o‘z jamoalarida amaliy ish bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratdi. Bu yerda ular o‘z bilimlarini IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi real loyihalarda qo‘llay olishdi. Har bir amaliyotchiga zarur ko‘mak ko‘rsatuvchi va qulay ish muhitida ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi ustoz tayinlandi.

Loyihada ishtirok etganlar:

Yakuniy tadbir: Demo Day

6-dekabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida amaliyotchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar AVO bankdagi o‘z ishlari natijalarini taqdim etdilar. Tadbir doirasida ustozlar bilan munozara o‘tkazildi. Ular amaliyot jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilar uchun keyingi tavsiyalarni muhokama qildilar. Shuningdek, ustoz va dastur hamkorlariga minnatdorchilik sertifikatlari, ishtirokchilarga esa ishtirokini tasdiqlovchi diplomlar topshirildi.

Tadbir mehmonlari orasida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii, shuningdek, OAV vakillari bo‘lib, ular bilan norasmiy vaziyatda ziyofat davomida suhbatlashish imkoniyati yaratildi.

Dastur natijalari

Dastur ishtirokchilari nafaqat IT va raqamlashtirish sohalarida amaliy tajriba, balki tarmoqlashish va o‘zini namoyon qilish bo‘yicha foydali ko‘nikmalar ham orttirdilar. Amaliyotchilardan birining sa’y-harakatlarini e’tirof etgan holda, AVO bank unga ish taklif qildi. Bu esa AVO bankning yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashi va ularning salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni taqdim etishga tayyor ekanligining isbotidir.

Hamkorlikdagi loyiha O‘zbekistonda IT va raqamli iqtisodiyotda ayollarning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada gender tafovutini kamaytirishga hissa qo‘shdi. Mazkur memorandum doirasida kelajakda ayollarga IT va raqamli texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlarni taqdim etish, kasbiy o‘sishga yo‘l ochuvchi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

11.12.2024
3 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.