• AVO

  • AVO gap

  • AVO hamkorlari safiga 900 dan ortiq kompaniya va xizmatlar qo‘shildi  

AVO hamkorlari safiga 900 dan ortiq kompaniya va xizmatlar qo‘shildi  

AVO ilovasini yanada qulayroq qildik. Hamkorlik tarmog‘iga 900 dan ortiq yangi kompaniya va tashkilotlar qo‘shildi. Endi AVO platinum kredit kartasi bilan hayotning turli sohalarini qamrab olgan ancha ko‘proq joylarda xarid va xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin.  

Hamkorlar ro‘yxatiga sayohat, mehmonxona yoki ekskursiya uchun to‘lov qilish mumkin bo‘lgan sayyohlik agentliklari va xizmatlari kiritildi. Bozor va savdo majmualarida naqd pulsiz xarid qilish osonlashdi. Ro‘yxatga yangi sug‘urta kompaniyalari, taksi xizmatlari, IP-telefoniya va internet-provayderlar ham qo‘shildi. 

Salomatlik uchun klinika, dorixona, diagnostika markazlari va laboratoriyalar bor. Ota-onalar maktab, bolalar bog‘chalari va sport to‘garaklari uchun onlayn to‘lov qilishlari mumkin. Haydovchilar avtomaktablar va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Maslahat berish va kelishuvlarni kuzatib borish uchun yuridik kompaniyalar, shuningdek, xayriya pulini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish mumkin bo‘lgan xayriya tashkilotlari qo‘shildi.  

Endi AVO orqali kommunal xizmatlar, televideniye, issiqlik energiyasi, uy-joy mulkdorlari shirkatlariga badallarni to‘lash mumkin. Yangi onlayn platformalar, xorijiy xizmatlar va ko‘ngilochar kontent taqdim etuvchi saytlar ham mavjud.  

Bu xizmatlarning barchasi AVO ilovasida bor. O‘z pulingiz yoki 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kredit limiti hisobidan to‘lashingiz mumkin. Sarflangan summani 45 kungacha bo‘lgan foizsiz davrda qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarsangiz bo‘ladi. Bu zudlik bilan to‘lash kerak bo‘lganda asqatadi.  

AVO nafaqat kredit kartasiga ega bank, balki kundalik xarajatlarni boshqarish xizmatiga aylanyapti. Vaqtingizni tejashingiz, byudjetingizni rejalashtirishingiz va bir necha tugmani bosib, kerakli xizmatlardan foydalanishingiz uchun bir ilovada yuzlab kompaniyalar jamlangan.  

Hamkorlarning to‘liq ro‘yxati bilan AVO ilovasida tanishishingiz mumkin 📲

30.07.2025
1 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.