AVO bank AVO platinum plastik kredit kartasini chiqarishni yanada qulayroq qildi. Endi karta chiqarish uchun darhol to‘lov qilish shart emas — kartani oldindan to‘lov kiritmasdan olishingiz va darhol undan foydalanishni boshlashingiz mumkin.
Ilgari plastik karta chiqarishning birgina yo’li bor edi — 59 ming so‘m oldindan to‘lov qilish orqali. Bunday summani bittada to’lash har doim ham qulay bo‘lavermaydi. Shu sababli, AVO to’lov turini tanlasa bo’ladigan yangi imkoniyatni taqdim etadi: avvalgidek oldindan to’lov qilish bilan yoki kartani bepul chiqarib, har oyda komissiya to’lash orqali.
Bu qanday ishlaydi
Karta chiqarish bepul, lekin oylik xizmat ko‘rsatish to‘lovi 4 990 so‘mni tashkil etadi. Agar kartani 12 oydan oldin yopsangiz, hisobingizdan 59 000 so‘m miqdoridagi bir martalik komissiya yechib olinadi.

Kartani qanday olish mumkin
- AVO ilovasida plastik kartaga buyurtma bering;
- To‘lov usulini tanlang — oldindan to’lov yoki kartani bepul olish va har oy komissiya to’lash bilan;
- Kartani eng yaqin kartomatdan olib keting;
- Uni ilovada faollashtiring va foydalanishni boshlang.
Bu qaysi holatlarda ayniqsa qulay?
Tasavvur qiling, sizga shoshilinch pul kerak bo‘lib qoldi — masalan, samolyotga bilet sotib olish uchun. AVO platinum bir zumda 50 million so‘mgacha mablag‘ berishini bilasiz, ammo hozir karta chiqarish uchun to‘lov qilishga pulingiz yo‘q. Shunda siz kartani oldindan to’lovsiz rasmiylashtirasiz, kerakli summani olasiz va puldan darhol foydalanishni boshlaysiz.
🚀 Ilovani yuklab oling, kartani o’zingizga qulay uslubda oching — pul chindan ham kerak bo‘lganda, u albatta yoningizda bo‘ladi.

