Dam olish kunlari Xiva harakatlanishni sevuvchilarning diqqat markaziga aylandi. AVO pulse Khiva 2025 qadimiy shahar ko‘chalari bo‘ylab yugurish va yangi g‘alabalardan quvvat olish maqsadida yuzlab yuguruvchilarni o’z makonida jamladi.
AVO ushbu yugurish musobaqasining bosh hamkoriga aylandi va chiroyli yo’llarning har bir kilometrida ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatladi. Yugurish 2,5, 5 va 10 kilometrlik masofalarda o‘tkazildi va har bir masofa nafaqat bardoshlilikni sinab ko‘rish, balki Xivaning noyob manzaralaridan bahramand bo‘lish imkonini ham taqdim etdi.
Biz uchun ushbu tadbir — faqat sport emas. Bu bizning falsafamiz: oldinga harakat qilish, odamlarni o‘zgarishga ilhomlantirish va katta g‘alabalar kichik qadamlardan boshlanishini ko‘rsatish. Yoningda kuchli jamoa va hamfikrlar bilan birga esa bu qadamni tashlash yanada osonroq.

Ha aytgancha, yugurishda ishtirokchilar nafaqat kuchli his-hayajon, balki brendli start paketlari, futbolkalar va medallarni ham olishdi — bu kun oyoqlar uchungina emas, yurak uchun ham esda qolarli kunga aylandi.
Barcha ishtirokchilarga kuchli zaryad, muhit va ilhom bilan bo’lishganliklari uchun rahmat. Keyingi start qayerda bo’lishiga qaramay — azim shaharlarning ko‘chalari yo endi yaratilayotgan fintex yo‘llaridami, albatta siz bilan ko’rishamiz!

