• AVO

  • AVO gap

  • AVO Students Tour: yangi avlod mutaxassislarini qanday tayyorlayotganimiz haqida 

AVO Students Tour: yangi avlod mutaxassislarini qanday tayyorlayotganimiz haqida 

AVO bank talabalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasasida o‘qish davridayoq kasbiy muhitni shakllantirishga qaratilgan noyob AVO Students Tour ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi. 

Dastur universitetlar bilan hamkorlikning bir necha shakllarini qamrab oladi: talabalarni karyera kunlariga taklif qiladi, bank xodimlari universitetlarda ma’ruza o‘qiydi, shuningdek, amaliy tadbir va amaliyot uchun tanlov o‘tkazadi. Asosiy maqsad talabalarni kasbiy muhit bilan tanishtirish, ularning qiziqishini oshirish va mamlakatning yetakchi moliya tashkilotlaridan birida dastlabki ish tajribasini olish imkoniyatini yaratishdan iborat. 

One Day Offer tashabbusi 

Tashabbusning asosiy elementlaridan biri One Day Offer formati – tezkor tanlov bo‘lib, unda talaba bir kun ichida baholashning barcha bosqichlaridan o‘tib, amaliyot uchun shaxsiy taklif olishi mumkin. 
Jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Natijalar dastur yakunidayoq e’lon qilinadi. Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar shaxsiy taklif olishadi. Qolganlari esa batafsil fikr-mulohaza, esdalik sovg‘alari va kelajakda qayta tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Talaba Expo 2025’dagi ilk start 

O‘zbekistondagi eng yirik talabalar tadbirlaridan biri bo‘lgan Talaba Expo 2025 ko‘rgazmasida AVO Students Tour loyihasining ommaviy taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazma Markaziy bank va bir qator moliya tashkilotlari ko‘magida tashkil etilgan. AVO bank stendida ochiq maslahatlar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, yutuqli o‘yinlar hamda talabalarning karyera va ish beruvchidan nimalarni kutishlari haqida so‘rovnomalar o‘tkazildi. 

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyiha ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va dastlabki kunlardanoq amaliyot hamda ta’lim dasturlarida qatnashish istagini bildirgan yuzlab talabalardan arizalar qabul qilindi. 

AVO Students Tour – bo‘lajak mutaxassislar tomon tashlangan qadam 

Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: moliya, tahlil, marketing, dizayn, IT, tavakkalchiliklar boshqaruvi, HR va loyihalar boshqaruvi. Ishtirokchilar AVO xodimlari orasidan murabbiylar yordamida real vazifalarni bajarish va amaliyot yakunida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

«Bizning maqsadimiz — nafaqat amaliyotchilarni tanlab olish, balki talabalarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini uyg‘otish, kasbni chuqur anglash va ongli ravishda birinchi qadamni qo‘yishga yordam berish. Biz rivojlanish ishonch va ochiq muloqotdan boshlanishiga ishonamiz,» deya ta’kidlaydi loyiha jamoasi. 

10.06.2025
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar