AVO bank mijozlari uchun qulaylik yaratishdan to'xtamaydi. Endi bizning bankomat va kartomatlarimiz metro bekatlarida o’rnatildi. Shu sababli kerakli xizmatlardan foydalanish uchun ortiqcha vaqt sarflashingiz shart emas — barcha kerakli xizmatlar yo'l bo'ylab sizni kutmoqda.
Tasavvur qiling: AVO ilovasini ochasiz, AVO platinum kartasiga buyurtma berasiz va kartangiz sizga eng yaqin metro bekatidagi kartomatda tayyor bo’ladi! Siz kartangizni bir necha soniyada qo’lingizga olishingiz va o’sha vaqtning o’zida ishlatishingiz mumkin.
Bizning bankomatlarimiz orqali naqd pul yechish va hisobingizni to'ldirish juda tez va oson! Endi sizda har doim qulay joyda naqd pul yechish imkoniyati bor.
Bankomat va kartomatlarimiz qayerda joylashgan: Chilonzor, Mirzo Ulug'bek, Do'stlik, Buyuk Ipak Yo'li metro bekatlarida.
Agar sizga faqat AVO kartomatlari kerak bo'lsa, ular: Alisher Navoiy, Yunusobod, Olmazor bekatlarida.

