• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistondagi bank omonatlari: qanday qilib pulingizni saqlash va ko‘paytirish mumkin?

O‘zbekistondagi bank omonatlari: qanday qilib pulingizni saqlash va ko‘paytirish mumkin?

Omonatlar pulni inflyatsiya tufayli qadrsizlanishdan himoya qilishga yordam beradi va passiv daromad olish imkoniyatini yaratadi. Ilgari odamlar bank bankrot bo‘lganda pullarini yo‘qotish xavfi tufayli ularni banklarda saqlashdan cho‘chishardi. 2025-yil 18-fevralda O‘zbekistonda «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Endilikda jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning har bir bankdagi 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu esa bank moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ham, omonatchilar o‘z mablag‘larini yo‘qotmasligini anglatadi.

Hozir foydali shartlarda omonat ochib, daromad olish uchun juda qulay payt. Keling, qanday turdagi omonatlar mavjudligi, ular qanday ishlashi va nimalarni e’tiborga olish kerakligi haqida batafsil to‘xtalamiz.

Omonat o‘zi nima?

Faraz qilaylik, uyingizda ko’rpacha orasida 200 ming so‘m pul ishlatilmay yotibdi. Ilgari bu pulga 5 kilo mol go‘shti xarid qilish mumkin edi, hozir esa atigi 1 kilodan sal ko‘proq go‘sht olish mumkin, xolos. Bu inflyatsiya tufayli yuz beradi: narxlar oshadi va pulning xarid qobiliyati pasayadi. Agar bu pulni bankka qo‘ysangiz, u nafaqat saqlanib qolinadi, balki daromad ham keltira boshlaydi. Bank bu mablag‘dan o‘z faoliyatida foydalanadi, masalan, kredit beradi, sizga esa foizlar hisoblaydi.

Bugungi kunda banklar yillik 16 foizdan 26 foizgacha bo‘lgan foiz stavkalarini taklif qilmoqda va omonatni joylash muddati 1 oydan 10 yilgacha bo‘lishi mumkin.

Qanday omonat turlari mavjud?

Muddatli omonatlar

Bu turdagi omonat sizning pulingizni oldindan belgilangan muddatga, masalan, 6 oy, bir yoki hatto ikki yilga bankka qo‘yishingizni nazarda tutadi. Shu davr mobaynida pullaringiz bankda saqlanadi va siz ularni yechib ololmaysiz, biroq buning evaziga boshqa omonat turlariga qaraganda yuqoriroq foiz olasiz. Omonatni qancha uzoq muddatga qo’ysangiz, foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.

Ushbu omonatning asosiy afzalligi — uning yuqori foiz stavkasidir, ammo sizga pul kerak bo‘lib qolsa, hatto qisman ham yechib ololmaysiz. Omonatni yopishingiz va hisoblangan foizlarni qaytarishingizga to‘g‘ri keladi.

To‘ldiriladigan muddatli omonatlar

Agar siz katta narsa, masalan, mashina yoki uy uchun pul yig‘ayotgan bo‘lsangiz, bu omonat siz uchun ayni muddao. Chunki uni butun muddat davomida istalgan paytda to‘ldirib borish va foizlarni jamg‘arib borish mumkin.

Bu omonatning ikkita kamchiligi bor: ko‘p hollarda pulni muddatidan oldin yechib olsangiz, foizlarni yo‘qotasiz, shuningdek, to‘ldirish summasining yuqori chegarasi bo‘lishi mumkin.

Qisman yechib olinadigan omonatlar

Agar siz ham omonatlardan daromad olishni, ham doimo pulingizdan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatingiz bo’lishini istasangiz — bu omonat aynan siz uchun. Bu omonat moslashuvchan bo’lib, yechib olingandan so’ng qolgan summaga foizlar qo‘shiladi.

Faqat bu omonatning foiz stavkasi boshqalarnikiga nisbatan pastroq va ko‘pincha yechib olib bo‘lmaydigan minimal qoldiq mavjudligini hisobga oling.

Jamg‘arma

Bunday hisob raqamni istalgan vaqtda to’ldirish va undan pul yechib olish mumkin, ammo uning stavkasi eng past hisoblanadi. Agar sizni har ehtimolga qarshi zahira pullaringiz bo‘lsa-yu, ularni shunchaki uyda saqlashni istamasangiz, bu yaxshi variant.

Chet el valyutasidagi omonatlar (AQSh dollari, Yevro, Rubl)

Agar so‘mning qadrsizlanishidan xavotirlansangiz yoki chet elga ko‘chib ketishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, pullaringizni dollar, yevro yoki rublda saqlashingiz mumkin. Bunday omonat milliy valyuta kursining tushishidan himoya qiladi, foizlarini esa chet elda sarflash mumkin. Biroq, valyuta omonatlari bo‘yicha stavka so‘mdagi omonatlarga qaraganda pastroq va har doim ham naqd valyutani cheklovsiz olish imkoni bo‘lavermaydi.

Nega aynan hozir omonat ochish kerak?

Davlat bank omonatlarinining himoyasini kuchaytirdi — tizim endilikda shaffofroq va ishonchliroq bo‘ldi. Jismoniy shaxslar ham, biznes ham kutilmagan vaziyatlardan himoyalangan, endi kompensatsiya olish tezroq va qulayroq bo‘ladi. Quyida sizning mablag‘laringiz xavfsizligini oshiradigan asosiy o‘zgarishlar bilan tanishing:

Faqat fuqarolarning emas, balki biznesning ham omonatlari himoyalanadi. Endi davlat kafolati faqat jismoniy shaxslar uchun emas, balki yakka tartibdagi tadbirkorlar va kompaniyalar uchun ham amal qiladi. Agar bank muammoga duch kelsa, biznes ham kompensatsiya oladi, bu ayniqsa aylanma mablag‘larini bank hisobida saqlaydigan tadbirkorlar uchun muhim.

Har bir bankda 200 mln so‘mgacha to‘liq himoyalangan. Agar omonatingiz 200 million so‘mdan oshmasa, davlat uni to‘liq qaytarib beradi. Agar summa katta bo‘lsa, avval 200 million so‘m qaytariladi, qolgan qismini esa bank likvidatori orqali talab qilishingiz mumkin.

Bir nechta bankda omonatingiz bo‘lsa, kompensatsiya har bir bankdan alohida to‘lanadi. Agar siz bir nechta bankda omonatga ega bo‘lsangiz, har bir bankdagi mablag‘ uchun 200 million so‘mgacha alohida kompensatsiya olishingiz mumkin. Bu omonatlarni bir nechta bankka taqsimlash orqali himoyani oshirish imkonini beradi.

Pullaringizni qaytarish tezlashadi. 2025 yildan boshlab kompensatsiya 20 ish kuni ichida to‘lanadi, 2027 yilga kelib esa bu muddat 7 kungacha qisqaradi.

Alohida holatlarda qo‘shimcha kompensatsiya beriladi. Agar omonat meros orqali o‘tgan bo‘lsa yoki sizdagi bank boshqa bankka qo‘shilgan bo‘lsa, sizning omonatingiz qo‘shimcha himoyaga ega bo‘ladi.

Kompensatsiya olish uchun qulayroq shart-sharoitlar. Kompensatsiyani bank-agent orqali olish mumkin. Buning uchun Agentlik bank-agentlar ro‘yxatini e’lon qilishi kerak, shundan keyin siz o‘zingiz uchun qulay bank orqali pullarni olishingiz mumkin.

Valyutadagi omonatlar so‘mda to‘lanadi. Agar omonatingiz valyutada bo‘lsa, kompensatsiya Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha so‘mda beriladi. Bu kursni oldindan bilish va moliyaviy rejalarignizni shakllantirish imkonini beradi.

Kompensatsiya uchun mablag‘lar davlat tomonidan boshqariladi. Kompensatsiya banklarning maxsus jamg‘armalarga doimiy badal to‘lab borishi orqali moliyalashtiriladi. Bu davlat budjetining yukini kamaytiradi va omonatlarni himoya qilish tizimini mustahkamlaydi. Agar jamg‘armada mablag‘ yetishmasa, Agentlik davlatdan qo‘llab-quvvatlash olishi mumkin.

Banklar ustidan qattiq nazorat va shaffof tizim. Agentlik banklarni tekshirish, qonunbuzarliklarni bartaraf etish va Markaziy bank tekshiruvlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Bu muammolarni oldindan aniqlash va bank tizimi barqarorligini ta’minlashga yordam beradi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Pul
09.03.2025
6 daqiqa
Barno Sharipova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar