• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistonda ayollar olishi mumkin bo‘lgan to‘lovlar, nafaqalar va imtiyozlar

O‘zbekistonda ayollar olishi mumkin bo‘lgan to‘lovlar, nafaqalar va imtiyozlar

So‘nggi yillarda davlat tomonidan ayollarga berilayotgan e’tibor ancha oshdi. 2017-yildan boshlab gender tengligi, mehnat haqi va ta’lim bo‘yicha yangi qonun va dasturlar qabul qilina boshlagan. Har yili yangidan-yangi imkoniyatlar paydo bo‘lib boryapti. Lekin muammo shundaki, hamma ma’lumotlar bir yerga yig‘ilgan manba bo‘lmaganligi sababli, bu imkoniyatlardan hamma ayollarning ham xabari yo‘q.

Ushbu maqolada biz O‘zbekistonda ayollarga berilgan ijtimoiy imtiyozlar haqida gaplashamiz va foydali ma’lumotlarni qayerdan topish mumkinligini aytib o‘tamiz.

Kimlar va qaysi hollarda yordamga umid qilishi mumkin?

Ba’zi imtiyoz va to‘lovlar yosh, ijtimoiy holat yoki daromadidan qat’i nazar hamma ayollarga beriladi. Asosan, bu imtiyozlar sog‘liqni saqlash, ta’lim va tadbirkorlik sohalariga tegishli.

Bundan tashqari, davlat og‘ir ahvolga tushgan ayollarga ham alohida g‘amxo‘rlik qiladi. Ular «Ayollar daftari» deb ataluvchi maxsus bazaga kiritiladi. «Ayollar daftari»ga kirgan ayollarga ish topishda yordam berishadi, ta’mirlash xarajatlarini qoplab berishadi, ijtimoiy uy-joy ajratishadi yoki moddiy yordam ko‘rsatishadi. Ushbu ro‘yxatga kirish uchun yashab turgan mahallangizga murojaat qilib, ariza to‘ldirish kerak.

Shuningdek, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ham mavjud bo‘lib, u turli aholi guruhlari va oilalarga yordam beradi. Bu reyestrga kirish uchun YIDX portali orqali onlayn ariza topshirish mumkin.
Ayol bir vaqtning o‘zida ham «Ayollar daftari»da, ham “Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turishi mumkin.

Ta’lim

Bu yo‘nalishda har bir O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Qurilish, transport, kommunal xo‘jalik, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kollej yoki texnikumlarda o‘qish xarajatlarini davlat hisobidan qoplash;
  • Davlat universitetlarida magistraturada bepul o‘qish (bu imtiyoz xususiy OTMlarga, xorijiy filiallarga yoki superkontrakt asosidagi o‘qishga amal qilmaydi);
  • Imtiyozli ta’lim krediti — bunda talaba faqat asosiy qarzni to‘laydi, 14% miqdordagi foiz to‘lovlarini esa davlat to‘lab beradi.

Ayrim toifalar uchun qo‘shimcha imtiyozlar:

  • 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati beriladi;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bakalavrda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi;
  • «Ayollar daftari»dagi ayollar uchun baholar pasaysa yoki akademik qarzdorlik bo‘lsa ham, grant o‘qish oxirigacha saqlanadi;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dagi ayollar uchun garov va kafilliksiz ta’lim krediti.

Agar kontrakt asosida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, lekin grant yoki ta’lim krediti shartlariga to‘g‘ri kelmasangiz, sizni 100 mln so‘mgacha limiti bo‘lgan AVO platinum kredit kartasi qo‘llab yuboradi. Kartani ochish uchun kredit tarixi, garov yoki kafil kerak emas, ilovani yuklab, tezkor ro‘yxatdan o‘tsangiz kifoya.

Karyera va biznes

So‘nggi yillarda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun imkoniyatlar ancha kengaydi. Turli fond va dasturlar imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularni qo‘llab-quvvatlayapti.

Shunday dasturlardan biri — HAMROH loyihasi bo‘lib, u ayollarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beradi va uskunalar xarid qilish uchun olingan kreditlarga kafillik qiladi.

Har qanday yangi tadbirkor ayol o‘z tuman yoki shahar hokimligining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga murojaat qilishi mumkin. Ular uchun maxsus o‘quv dasturi va kamida 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan ayollar uchun esa kasb-hunar kurslari xarajatlarining bir qismini qoplab berishadi — to‘lov summasining 70% gacha, lekin 1 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.

«Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan yangi tadbirkor ayollar quyidagi yordamlarni olishlari mumkin:

  • asbob-uskunalar va anjomlar xaridi uchun 7–10 mln so‘mlik subsidiya;
  • biznesni rivojlantirish uchun 33 mln so‘mgacha 14% lik imtiyozli kredit;
  • xomashyo, ehtiyot qismlar yoki qurilish materiallari xaridiga 5 mln so‘mgacha naqd kredit.

Shuningdek, ishsiz, lekin zamonaviy milliy kiyim tikish yoki sotish bilan shug‘ullanishni istagan ayollar uchun 3 oy davomida 10 baravar BHM gacha summadagi bino ijarasi xarajatlarini qoplashadi.

Onalik

O‘zbekistonda bola tug‘ilganida hamma ayollarga suyunchi puli to‘lanadi. 2024-yil 1-apreldan boshlab bu nafaqa faqat birinchi farzand tug‘ilganda beriladi. Ikkinchi bola uchun esa faqat «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ro‘yxatidagi ayollar suyunchi oladi.

Shuningdek, barcha ishlaydigan onalarga 140 kunlik (tug‘ruqdan oldin 70 kun va tug‘gandan keyin 70 kun) pullik homiladorlik va tug‘ruq ta’tili beriladi. Agar tug‘ruq og‘ir kechgan bo‘lsa, ta’til muddati 180 kungacha uzaytiriladi. Bu davrda ayol o‘z ish haqining 100 foizini oladi.

Agar ayol homiladorlik ta’tiliga chiqayotgan bo‘lsa, u 2 676 000 so‘m (2025-yil oktyabr holatiga) miqdorida nafaqa olishi mumkin. Bu to‘lovni u tug‘ruqqacha oladi.

Bu to‘lovni olish shartlari:

  • Yuridik, lekin byudjet bo‘lmagan tashkilotda ishlashi kerak;
  • Kamida 6 oy uzluksiz ishlagan bo‘lishi kerak;
  • Akusher-ginekologdan mehnatga layoqatsizlik varaqasi (tibbiy ruxsatnoma) olishi kerak.

Shuningdek, «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan, rasmiy ishlaydigan, 3 yoshgacha farzandlari bo‘lgan yolg‘iz ona yoki ota 618 000 so‘m (2025-yil oktyabr holatiga) miqdorida bog‘cha to‘lovi uchun yordam olishlari mumkin. Bu yordam bitta bola uchun beriladi, ikki bola uchun esa faqat ular egizak bo‘lsa beriladi.

Farzandli bo‘lgach, oila byudjetini rejalashtirish yanada muhim bo‘lib qoladi. Xarajatlar bola ulg‘aygani sayin ortib boradi. Shu sababli, yillik 25% gacha daromadli AVO omonatini oching va bog‘cha, maktab, to‘garaklar yoki boshqa bolalar xarajatlari uchun pul yig‘ib boring. Omonat 6 oylik muddatga ochiladi, keyin osonlikcha pulni yechib, yangisini ochishingiz mumkin.

Ushbu maqolada onalar bolalarining oziq-ovqat, ta’lim va kundalik xarajatlariga o‘rtacha qancha sarflashlari haqida aytib berishgan.

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash

O‘zbekistonda 2019-yildan beri 12–14 yoshli qizlar bachadon bo‘yni saratonining oldini oluvchi VPH (inson papillomavirusi) vaksinasini bepul olishadi.

2025-yildan boshlab bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish bo‘yicha milliy dastur yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Ushbu dastur doirasida har yili 30–50 yoshdagi ayollar uchun bachadon bo‘yni saratoni skriningi bepul o‘tkaziladi. Shuningdek, har 2 yilda bir marta 30–65 yoshdagi ayollar ko‘krak bezi tekshiruvidan o‘tadilar.

Bundan tashqari, «Ayollar daftari» ro‘yxatidagi ayollar kerak bo‘lsa, bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
📖 Ta'lim💸 Pul
03.11.2025
5 daqiqa
Viktoriya Yerofeyeva
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

709