• AVO

  • AVO gap

  • Toshkentda qayerdan bento-tort olish mumkin: 5 ta qandolatxona

Toshkentda qayerdan bento-tort olish mumkin: 5 ta qandolatxona

Bir necha yildan beri bento-tort buyurtma qilaman. Avvaliga shunchaki qutichadagi chiroyli mittivoyga qiziqib 🤩, keyin esa sabab bo‘lsa-bo‘lmasa — tug‘ilgan kunlar, yaqinlarimga syurprizlar, juma kunlari, hatto og‘ir haftadan keyin anti-stress sifatida ham oladigan bo‘lib qoldim. Shu vaqt ichida bu tortlar haqida menda muvaffaqiyatli buyurtmalar, yoqimli syurprizlar va yaqinlarimning taassurotlaridan iborat butun boshli hikoyalar yig‘ilib qolgan.

Ushbu maqolada 5 ta sinovdan o‘tgan qandolatxona haqida aytib beraman va o‘z fikrlarim bilan bo‘lishaman.

Toshkentda qayerdan bento-tort olish mumkin: 5 ta qandolatxona

Muallif: Nasiba Kamilova

THE DESSERT

Darxon tomonda joylashgan kichik qandolatxona. Oldinlari dugonalarim bilan u yerga tez-tez shirinlik olishga kirib turardik, va o‘zimni uydagidek qulay his qilardim.

Bir dugonam xizmat safarida edi va mendan yigitiga kichkina syurpriz tayyorlab berishimni so‘radi: sovg‘a va ustiga yozuv tushirilgan bento-tort. Vaqt juda kam, xayolimga hech qanday g‘oya kelmadi, lekin hammasini juda tez hal qilib tashladim. Shokoladli tort tanladim — erkak kishiga mosroq, jiddiyroq ko‘rinadi deb o‘yladim. Qizlar qutichani tayyorlab berayotgan paytda ularni kuzatib turdim.

Natijada bejirim, yoqimli va ortiqcha bezaksiz tort oldim. Keyin tug‘ilgan kun egasi dizayni ham, ta’mi ham juda zo‘r bo‘lganini aytdi. Men esa vazifani uddalaganimdan xursand bo‘lib, yengil nafas oldim.

Narxi: 250 000 so‘m
Nima yoqdi:

THE DESSERT

Muallif: Nasiba Kamilova

ZIRA bakery

Mening bilishimcha, bu qandolatxona shaharda bento tayyorlagan birinchi joylardan biri. Bir necha yil oldin bento tortlarni rostdan ham kam joylarda tayyorlashardi.

Yaqinda hamkasbimiz uchun shu yerdan tort buyurtma qildik va dizaynni butun jamoa bo‘lib tanladik. Oxiri minimalistik variantda, ustiga «Tug‘ilgan kuning bilan!» degan yozuvda to‘xtadik. Ichiga esa rezavorli muss va krem-chiz tanladik.

O‘z vaqtida yetkazib berishdi. Bento shaklini yaxshi ushlab turdi, ta’mi mayin va muvozanatli edi.

📲 Bir necha soniyada onlayn to‘lang

AVO bank ilovasida 24/7 to‘lov va o‘tkazmalar

Ilovani yuklash

Narxi: 220 000 so‘m
Nima yoqdi:

ZIRA bakery

Saytdagi rasm

COOK BOOK

Agar siz ham menga o‘xshab kompyuterdan turib buyurtma qilishni yoqtirsangiz, bu qandolatxona — haqiqiy topilma. Saytda hammasi puxta o‘ylangan: suratlar bor, ta’mlar ham juda yaxshi ta’riflab berilgan.

Dizaynga kelganda har doim fantaziyam tugab qoladi. Shuning uchun tayyor variantlardan birini tanladim. Ichida mevali qatlam, krem va biskvit bor — kamdan-kam pand beradigan klassika.

Rasmga olishga ulgurmadim: tug‘ilgan kun egasini tabriklashimiz bilan bento qoshiqchalar hujumiga uchradi. Shuning uchun saytdagi rasmini qo‘ya qoldim, va bu uning shirin bo‘lganining eng yaxshi isboti.

Narxi: 190 000 so‘m
Nima yoqdi:

COOK BOOKCOOK BOOK

Sayt skrinshoti

THE BAKERY by Teppanyaki

Ishlaydigan ayol sifatida rostini aytamanki, ovqat va tayyor shirinliklarni yetkazib berish xizmati — mening qutqaruvchim. Yaqinda birinchi marta bento-tortni Yandex Taom orqali buyurtma qildim. Bu shunchalik oson va tez bo‘ldiki, hanuzgacha hayratdaman. Ilovada darrov pastel, yorqin, quvnoq rangli turliсha dizaynlar ko‘zimga tashlandi. Klassikadan tortib memlargacha — hammasi bor ekan.

O‘sha kuni dugonam uyda xafa bo‘lib o‘tirgani uchun kayfiyatini ko‘tarishni xohladim. Yoqimli rasmli, vanil-qulupnay nachinkali bentoni tanladim. Dugonamning manzilini kiritdim, kuryer tortni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyiga olib bordi, men esa hammasini AVO platinum kredit kartam bilan onlayn to‘ladim, yana keshbek ham oldim. Shunday qilib kam vaqt sarflab, dugonamning kayfiyatini ko‘tardim. Rasmini saqlab qolmadim, shaxsiy masala edi.

Dugonam tort yangi va mazali bo‘lganini aytdi.

Narxi: 185 000 so‘m
Nima yoqdi:

Pastda hamkasbim yuborgan rasmni joylayman 😉

THE BAKERY by Teppanyaki

Muallif: Anna Sheremetyeva

Balloon Bar

Oyim Moskvada yashaydi, va har doim ham uning tug‘ilgan kunini birga nishonlashning iloji bo‘lavermaydi. Lekin bu yil Toshkentga uchib keldi, va aynan 00:00 da tabriklashni juda xohladim. Instagramda doim bento-tortlar chiqaverardi, Balloon Bar’ning dizaynlari yoqib qoldi.

Bu g‘oya xayolimga kech kelgani uchun atigi 1 kun oldin buyurtma qildim. Yaxshi ham, ularning Instagramida konstruktor bor: diametrni, nachinkani, bezagini o‘zingiz tanlaysiz. Biz ikki kishi edik, shuning uchun eng kichigini — 10 sm ligisini tanladim. Ularning hamma bento-tortlari krem-chizda bo‘lar ekan, men ekzotik mangolisini tanladim (bu nachinka uchun 30 ming ko‘proq to‘ladim). Oyimning bolaligida Mumiy-troll kitobini yaxshi ko‘rar edi, shuning uchun Mumi-mama referensini topdim. Buyurtmaga yana yurak va yulduz shaklidagi yorqin qizil folgali sharlarni ham qo‘shdim.

Hammasini o‘z vaqtida olib kelishdi. Oyim meni keyingi kuni tabriklaydi deb o‘ylagandi, shuning uchun syurpriz zo‘r chiqdi. Mumi-mamani qoyilmaqom qilib chizishgani juda yoqdi, tortning o‘zi ham shirin chiqdi.

Narxi: diametri 10 sm lik tort — 180 000 so‘m. Qo‘shimcha narsalar alohida to‘lanadi.

Nima yoqdi:

Endi har bir qandolatxonadagi tortlarni solishtiramiz:

Qandolatxona
Narxi
Qanday buyurtma qilinadi
Yoqimli jihati
THE DESSERT
250 000 so‘mdan
Onlayn va oflayn
Mijozning oldida bezatishadi
ZIRA bakery
180 000 dan 220 000 gacha
Onlayn
Qulay sayt
COOK BOOK
190 000 so‘mgacha
Onlayn
Juda ham qulay sayt
THE BAKERY by Teppanyaki
185 000 dan 480 000 gacha
Yandex Taom
Tayyor dizaynlarning ko‘pligi
Balloon Bar
150 000 dan 580 000 gacha
Onlayn
Tortning kattaligini tanlasa bo‘ladi — 10 dan 20 sm gacha.
Shar va gullar ham buyurtma qilish mumkin

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl🍕 Taomlar
26.01.2026
5 daqiqa
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 29/01/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.