• AVO

  • AVO gap

  • Oʻzbekistonda 2025-yilda qarz olish

Oʻzbekistonda 2025-yilda qarz olish

Hayot — g‘alati narsa: qachon to‘satdan pul kerak bo‘lib qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Bugun hisob-kitoblaringiz joyida boʻlsa, ertaga mashina buziladi, mushugingiz kasal boʻladi yoki birdan qarindoshlaringiznikiga boshqa shaharga borishga to‘g‘ri keldi. Ana shunda bosh qotira boshlaysiz: «Qayerdan tez va bosh og‘riqsiz pul topish mumkin?»

O‘zbekistonda 2025-yilda qarz olishning bir nechta yoʻllari mavjud. Bankka murojaat qilish mumkin, onlayn mikroqarz olish mumkin yoki eskicha usulda tanish-bilishlardan qarz soʻrash mumkin. Biroq har bir usulning o‘ziga xos jihatlari bor. Keling, qayerdan va qanday qilib pul olish mumkinligini hamda moliyaviy qiyinchilikka botib qolmaslik sirlarini ko‘rib chiqamiz.

Qarz haqida

Oddiy qilib aytganda, qarz — bu sizga vaqtincha berilgan puldir. Siz uni belgilangan muddatda qaytarishga va’da berasiz. Ko‘pincha, foizlari bilan. Shuni tushunish kerakki, qarz — sovg‘a emas, balki jiddiy moliyaviy majburiyatdir. Masalan, siz yangi telefon sotib olish uchun kredit olmoqchisiz.

Doʻkonda muddatli toʻlov rasmiylashtirish mumkin — bu qulay, chunki koʻpincha foiz toʻlanmaydi, lekin tanlov cheklangan boʻladi. Bankdagi iste’mol krediti esa koʻproq erkinlik beradi, lekin buning evaziga foiz toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

O‘zbekistonda qarzni qayerdan olish mumkin?

Variantlar talaygina. Eng tushunarli va xavfsiz usul — bank orqali. Bu yerda hammasi qonuniy, shartnomalar bilan, ochiq-oydin shartlarda boʻladi. Lekin talablar ham qattiqroq. Bank sizdan daromadlaringiz haqida ma'lumot so‘raydi, kredit tarixingizni tekshiradi va agar biror narsa shubhali bo‘lsa, rad etishi ham mumkin.

Agar bunday tekshirishlarga vaqt boʻlmasa, ko‘pchilik onlayn mikrozaym xizmatlariga murojaat qiladi. Bu yerda hammasi tez — ariza to‘ldirdingiz, pul kartangizga tushdi. Lekin bunday tezlik yuqori foizlar evaziga keladi. Masalan, 1 mln so‘m olsangiz, 1 oydan keyin 1 200 000 so‘m qaytarishingiz kerak boʻlishi mumkin. Shuning uchun bunday qarzlarni faqat favqulodda holatlarda va qisqa muddatga olish tavsiya etiladi.

Yana bir klassik usul — do‘st yoki qarindoshlardan so‘rash. Bu yerda hammasi insoniy munosabatlarga bog‘liq. Kimdir sizga foizsiz va xotirjam qarz beradi, boshqasi esa har safar oilaviy yigʻilishda bu haqida eslatib turadi. Ba'zan bunday holat psixologik jihatdan bankdagi kreditdan ham og‘ir bo‘lishi mumkin.

Qaysi variant sizga to‘g‘ri kelishini qanday tushunish mumkin?

Oddiy maslahat: har doim o‘zingizning imkoniyatlaringizni baholang. Siz qanchalik va qachon qaytara olasiz? Masalan, agar sizga maoshgacha kichik summa yetmayotgan bo‘lsa, onlayn mikroqarz variantini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Agar yirik xaridni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bankka murojaat qilish ma'qulroq bo‘ladi.

Shartnomani har doim diqqat bilan o‘qing. Hatto eng mayda harflar bilan yozilgan joylarni ham. Ba’zi moliyaviy tashkilotlar komissiyalar va jarimalarni yashiradi, natijada qarz miqdori sezilarli darajada oshib ketishi mumkin.

Yana bir muhim jihat — qarz muddatidir. U qanchalik qisqa bo‘lsa, ortiqcha to‘lov shunchalik kam bo‘ladi. Lekin bu holatda har oylik toʻlovlar yuqoriroq boʻladi.

Na so‘rashga ko‘ngil yo‘q, na kutishga toqat...

AVO platinum to‘lov stikerini rasmiylashtiring va 45 kungacha foizsiz foydalaning

Kartani olish

Nega hissiyotga berilib qarz olish tavsiya etilmaydi?

Ko‘pincha odamlar aynan shoshilinch paytda yoki «o‘zimni xursand qilay» degan niyat bilan qarz tuzoqlariga tushib qolishadi. Masalan, to‘satdan dengizga ketishni istab, kredit olasiz. Keyin esa bir yil davomida allaqachon unutilgan ta'til uchun to‘lov qilasiz.

Shuning uchun har doim o‘zingizga bitta savol bering: «Bu menga hozir haqiqatdan ham kerakmi?» Ba'zan ozgina sabr qilish, yillar davomida boshingizda og‘irlik bo‘lib turadigan qarzga kirishdan afzalroq.

Xulosa

Umuman olganda, qarz olish — bu normal holat, agar uni aqlli yondashuv bilan qilsangiz. Qarz vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berishi mumkin. Lekin bu sehrli tayoqcha emas va albatta tekin pul ham emas. Hammasi qaytarilishi kerak, ba’zida olganingizdan koʻproq miqdorda. Shuning uchun har doim o‘zingizga oddiy savol bering: «Qarzni qaytarishga kuchim yetadimi?» Agar javobingiz «ha» bo‘lsa — bemalol olavering. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz — yaxshisi boshqa yoʻl toping yoki xaridni keyinga qoldiring

Qarz
12.05.2025
4 daqiqa
Аvoshka
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

158