Quyosh, dengiz, sohil — ajoyib. Faqat R-B-T-S sharti bilan. Ya’ni, rejalashtirilgan, byudjetlashtirilgan, to‘langan, pul ajratilgan bo‘lsa. Shunda dengizdagi ikki hafta yengil o‘tadi, stresssiz ish va odatiy hayotingizga qaytish mumkin bo‘ladi. Qishda Vetnamda dam olishga qaror qilib, barcha qiyinchiliklarga duch kelganimdan keyin shunday xulosaga keldim.
Nima uchun sayohatni rejalashtirish kerak? Barcha xarajatlarni qanday hisoblash mumkin? Nimada tejash mumkin-u, nimada yo‘q? Javoblarni ushbu maqoladan topasiz. Qani, ketdik!

Автор: S.Aydin / Wyndham Garden Grandworld Phu Quoc
Yangi yil oldidan kutilmagan ta’til
Bu uncha yaxshi g‘oya emasligini tushunganimda kech bo‘lgan edi. Birinchidan, yil oxirida har doim ishlar ko‘payib ketadi. Ikkinchidan, mening holatimda oddiy bayram emas, balki dekabr o‘rtalaridan yanvar o‘rtalarigacha cho‘ziladigan tug‘ilgan kunlar ketma-ketligi kutilayotgan edi. Bu esa xarajatlar ro‘yxatiga sovg‘alar va ziyofatlarni kiritish kerakligini bildiradi. Uchinchidan, parvoz sanasi yaqinlashgan sari, mos reyslar, mehmonxona va xonalar topish imkoniyati kamayib borardi. Agar topilsa ham, odatdagidan qimmatroq bo‘lardi. Atigi bir kunda bog‘ga qaragan xona narxi $50 ga, dengizga qaragan xona narxi esa $150 ga oshib ketdi.

Автор: S.Aydin / Wyndham Garden Grandworld Phu Quoc
Zararni baholash
Bir yerga o‘tirib, biroz xo‘rsindim-u, ta’tildagi barcha xarajatlarni eslashga kirishdim. Karta bilan to‘lagan bo‘lsam, tranzaksiyalar tarixini tekshirardim. Naqd pul bilan bo‘lsa, xotiramni zo‘rlab, qadam-baqadam yozib chiqdim. Xarajatlarni hisoblagan holda, duti-fridagi choyni ham qo‘shib, butun ta’til qanchaga tushganini bildim. Yakuniy summani ko‘rgach, ko‘p sarf qilmaganim uchun o‘zimdan mamnun bo‘ldim.
Keyingi hisob-kitoblarga o‘tdim. Avvalo, muhimlik darajasi bo‘yicha asosiy to‘lovlarni yozib chiqdim:
Nima uchun | Qancha |
Soliqlar | 380 ming |
Kommunal xarajatlar | 600 ming |
Oziq-ovqat | 2 mln |
Dori-darmon | 700 ming |
Mobil aloqa va internet | 300 ming |
Deyarli 4 mln yig‘ilib qoldi. Ro‘yxatni uzoq va sinchkovlik bilan ko‘rib chiqdim-u, hech qaysi banddan voz kecha olmasligimni tushundim, shuning uchun xarajatlarni shoshilinchlik tartibida taqsimladim. Hammasini o‘ylab ko‘rib, yagona imkoniyat — har doim yanvarda to‘lashga harakat qiladigan mol-mulk solig‘ini bir-ikki oyga kechiktirishga qaror qildim.
Shu voqeadan keyin, mart oyidayoq kredit kartalari shartlarini o‘rganishni boshladim va AVO platinum kredit kartasi haqida bilib oldim. Afsuski, u haqida faqat bahorda eshitdim, qishda u kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlarning bir qismini yopishga yordam bergan bo‘lardi. Shunda men 45 kunlik imtiyozli muddat tugamasidan oldin pulni albatta qaytarib berishga ulgurar edim.

Byudjetingizni tiklash kerakmi?
AVO platinum kartasini oching va kartaga 100 mln so‘mgacha pul oling
Keyin kundalik xarajatlarni hisobladim:
Nima uchun | Qancha |
Taksi | 2 mln |
Ko‘chada qahva sotib olish | 500 ming |
Tushlik buyurtma qilish | 1,5–2 mln |
Ro‘yxatni tuzayotganimda, nimani qisqartirish va nimadan voz kechish kerakligini tushundim:
- Taksi tarifini pasaytirdim va shu paytgacha yig‘ilib qolgan 300 mingga yaqin Yandex ballimni yo‘l haqini to‘lashga ishlatdim. Natijada safarlar o‘rtacha 15–20% arzonlashdi va ballar bir haftalik ish kunlariga yetdi;
- Haftasiga 3–4 marta ichadigan qahvamdan jasurlarcha voz kechdim, terapevt bu qarorimdan xursand bo‘ldi. Qahvani haftasiga 3–4 marta ichardim, bu esa oyiga taxminan 500 ming so‘mga yetib qolardi;
- Uyda ovqat tayyorlashni va ishga tushlikni o‘zim bilan olib borishni boshladim — Instagram’da saqlab qo‘ygan ko‘plab retseptlarim asqatdi;
- Kosmetika xaridini keyinga qoldirdim;
- Ba’zi obunalarni to‘xtatib qo‘ydim, obunalarimni tekshirayotganimda ishlatmayotgan bir-ikkitasini ham ko‘rib, umuman o‘chirib qo‘ydim.
Xarajatlarni qanday qisqartirishni tushungach, vaziyatdan chiqish yo‘lini topganimdan xotirjam bo‘ldim.
Uddasidan chiqaman: rejaga amal qilish qoldi
Qat’iy va murosasiz yo‘l tutdim. Buning uchun qahvaxona va do‘konlarga iloji boricha kirmaslikka, restoranlardagi do‘stlar bilan uchrashuvlarni sayr va uyda o‘tirishlar bilan almashtirishga harakat qildim. Vaqtincha go‘zallik blogerlarining hikoyalarini yashirdim, shu bilan birga obunalarning yarmini o‘chirib tashladim. Odatiy hayot tarzidan voz kechish noqulaylik tug‘dirdi, lekin bu vaqtinchalik ekanligini o‘ylab o‘zimni ovutdim.
Bunday yondashuvning 20-kunida hatto ozgina jamg‘armam ham borligini angladim, shuning uchun inqirozga qarshi byudjetdan asta-sekin va bosqichma-bosqich chiqishni boshladim. Hammadan ham dugonamni sog‘ingan ekanman, shuning uchun sevimli qahvaxonamizda nonushta qilish taklifini xursandchilik bilan qabul qildim.

Muallif: S.Aydin
Hisob-kitobim yakuni
Deyarli barcha inqirozga qarshi choralar samarali bo‘ldi — taxminan 3 mln so‘m tejadim. Hamyonim uchun eng katta foyda yetkazib berish va olib ketish ovqatlaridan voz kechish bo‘ldi, bu deyarli 1,8 mln so‘m edi. Oziq-ovqat xarajatlari oshgan va ovqat tayyorlashga vaqt sarflash kerak bo‘lsa ham, bu juda sezilarli summa. Bundan tashqari, qahva uchun 500 ming va Yandex ballari bilan yangi tarifda taksi uchun 600 ming so‘m tejadim. Obunalardan voz kechish ko‘p foyda keltirmadi, lekin shaxsiy vaqtimni tejashga yordam berdi.
Bunday choralarni takrorlashni xohlamaganimdan, vaziyat barqarorlashib, qo‘shimcha pul paydo bo‘lgach, birinchi navbatda kelajakdagi sayohatlar uchun pul yig‘ish maqsadida AVO omonatini ochdim. Uni xohlagan paytimda to‘ldirishim va hatto pulning bir qismini yechib olishim mumkin. Yarim yillik omonat — aynan keyingi sayohatgacha bo‘lgan muddatga to‘g‘ri keladi.
Endi aniq bilamanki, dam olishni oldindan rejalashtiraman, nafaqat ta’til davrida, balki undan keyingi xarajatlarni ham hisobga olaman — natijada qaytganimda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmayman.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.