Biz kredit kartasining foydalari haqida avval aytib o‘tgan edik — shoshilinch to‘lovlarni amalga oshirish, kutilmagan vaziyatlardan chiqib ketish yoki shunchaki o‘zingizdan kelajakdagi pulni qarzga olib, biroz rohatlanish uchun. Biroq barcha afzalliklariga qaramay, qarzni o‘z vaqtida to‘lay olmaslik xavfi doimo mavjud. Shunda muammolar boshlanadi. Bugun bunday vaziyatda nima qilish kerakligi haqida gaplashamiz.
Hammasi oddiy
Hozir men hammasi ma’lumdek gapirayotgandek bo‘lsam-da, kredit karta qarzlarini yopishning eng samarali usuli — uning oldini olishdir. Umuman olganda, buni bajarish unchalik qiyin emas: deyarli barcha kredit kartalarda imtiyozli davr mavjud. Bu shunday vaqt oralig‘iki, unda bank sizga hech qanday foiz hisoblamaydi. Aytaylik, 5 000 000 so‘m olgan bo‘lsangiz, imtiyozli davr mobaynida xuddi shunday 5 000 000 so‘mni — ortiqcha to‘lovlarsiz qaytarishingiz mumkin.
Masalan, AVO platinum kredit kartasida bu muddat 45 kunni tashkil etadi — shundan xaridlar uchun 30 kun, qarzni qaytarish uchun esa 15 kun beriladi. Bu siz maoshgacha xotirjam yashashingiz va qarzni qulay tarzda qaytarishingiz uchun mo‘ljallangan.
Shu sababli, agar kredit olish yoki kredit karta ochishga qaror qilsangiz, avvalo, imtiyozli davr bor-yo‘qligini va u qancha davom etishini aniqlab oling. Bu sizga rejalaringizni osonroq tuzish imkonini beradi.

Endi zahira rejasini ko‘rib chiqamiz
U yoki bu sababga ko‘ra o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamaganlarga va kredit qarzi botqog‘iga botib qolganlarga «nolga chiqish» va hayotni davom ettirishga yordam beradigan jarayon mavjud. Bu jarayon — o‘zini bankrot deb e’lon qilishdir.
O‘zbekistonda ham bu tizim ishlaydi, lekin qonunlar, qoidalar va boshqa tartiblarni o‘rganishga kirishishdan oldin bir necha muhim jihatlarni ta’kidlab o‘tish lozim:
Birinchidan: bankrotlik qarzlardan qutulishning foydali usuli emas. Bu — najot yoki oson qutulish yo‘li emas. Hech kim kelib, shunchaki to‘lay olmaganingiz uchun qarzlaringizni bekor qilmaydi. Bankrotlik degani, siz eng zarur narsalardan tashqari hamma narsadan mahrum bo‘lasiz.
Ha, uyingiz va minimal daromadingizni tortib olishmaydi. Biroq qolgan barcha narsalar: mashinalar, texnika, qimmatbaho buyumlar va boshqalar musodara qilinadi (aniqrog‘i, qarzni qoplash uchun sotiladi).

Bu jarayon haqiqatan ham hayotni toza varaqdan boshlashga yordam beradi, shuning uchun uni ideallashtirmaslik va agar ish bankrotlikkacha yetib borgan bo‘lsa, demak, ahvol juda og‘irligini esda tutish juda muhimdir.
Mayli, endi pushti ko‘zoynaklarni olib tashlab, vaziyatning butun murakkabligini anglagan ekanmiz, keling, bankrotlik aslida nima ekanligini tushunishga harakat qilaylik.
O‘zbekistonda 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan «To‘lovga layoqatsizlik to‘g‘risida»gi qonun amal qilmoqda. Dastlab, u faqat yuridik shaxslarga taalluqli edi, ammo 2023-yil 1-yanvardan boshlab bu o‘zgardi va endi jismoniy shaxslar ham undan foydalanishlari mumkin.
Ammo buning uchun qonun talablariga mos kelish kerak. Sizning holatingiz qonunga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, buni aniqlaydigan ikkita mezon bor:
- Sizning qarzingiz kamida 3 oy muddatga kechikkan bo‘lishi kerak;
- Qarzingizning miqdori 75 000 000 so‘mdan (hozirgi kunda 200 bazaviy hisoblash miqdori) yuqori bo‘lishi lozim.

Faraz qilaylik, siz ushbu mezonlarga to‘g‘ri kelasiz. Bankrotlik jarayonini boshlash uchun iqtisodiy sudga murojaat qilishingiz lozim — buni qarzdorning o‘zi yoki kreditor amalga oshirishi mumkin. Murojaat qilish ham bepul emas: sud boshqaruvchisiga haq sifatida 7 000 000 so‘mdan biroz ko‘proq (eng kam ish haqining yetti baravari) to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Siz ariza topshirganingizdan so‘ng, sud uni ko‘rib chiqish uchun 2 oy vaqt oladi. Alohida hollarda bu muddat 3 oygacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘rib chiqish yakunida sud sizning to‘lovga layoqatsizligingiz turini aniqlaydi. Bunda faqat ikkita toifa mavjud:
- vaqtinchalik to‘lovga qobiliyatsizlik — bu to‘lov muddatlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz-da, umuman olganda, qarzingizning umumiy summasidan ortiq bo‘lgan aktivlarga (uy-joy, avtomobil, qimmatli qog‘ozlar) ega bo‘lgan holatdir;
- doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik esa qarzingiz shunchalik kattaki, hatto barcha aktivlaringiz birgalikda uni qoplashga yetmay qoladigan vaziyatdir.

Agar sud qarori bilan siz bankrot deb topilsangiz, oldingizda ikki xil yo‘l paydo bo‘ladi: birinchisi — sud sizga barcha qarzlarni uzish uchun uch yillik muddatli to‘lov imkoniyatini beradi, ikkinchisi esa — barcha «ortiqcha» mulkingizni sotib, muddati o‘tgan qarzlardan xalos bo‘lishdir.
Bu «noldan boshlash» degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, agar siz o‘zingizni bankrot deb e’lon qilishga muvaffaq bo‘lsangiz, keyingi 5 yil davomida hech qanday turdagi kredit ola olmaysiz, muddatli to‘lovlar yoki mikroqarzlardan foydalana olmaysiz.
Xulosa qilib aytganda, eng maqbul variant hamon eng aniq ko‘rinib turibdi: muammoni hal qilishdan ko‘ra, uning oldini olish afzalroqdir.

Qarzni yopishda qiynalyapsizmi? Xavotir olmang — AVO platinum bilan hammasini yo‘lga qo‘yish mumkin
45 kungacha foizsiz davr bilan 50 mln so‘mgacha limit oling va hayotingizni yangi sahifadan boshlang
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.