• AVO

  • AVO gap

  • PIN-kod va karta raqami: qaysi ma’lumotlar bilan bo’lishish mumkin, qaysilari bilan esa yo’q

PIN-kod va karta raqami: qaysi ma’lumotlar bilan bo’lishish mumkin, qaysilari bilan esa yo’q

Tasavvur qiling. Kassada navbatim keldi: kartani kassirga berdim, u esa avtomat tarzda «kod» deb so’radi. Men hotirjamgina 4 raqamni aytim. Endi kassir ham, navbatda turganlar ham kodni bilishadi. Tanish holatmi?

Nega PIN-kodni o’zingiz terishingiz va pullardan ayrilmaslik uchun yana qaysi ma’lumotlarni sir saqlash kerakligini aytib beramiz.

Karta rekvizitlari: ular nima va nega kerak

Bank kartasi rekvizitlari — bu bank va karta egasining ma’lumotlari, ular yordamida hisobdagi pullardan bemalol foydalanish mumkin. Ya’ni, do’kon yoki internetdagi xaridlarni to’lash, pul o’tkazish, naqd pul yechish va turli xizmatlar uchun to’lov qilish.

Zarur rekvizitlarning bir qismi plastik kartaning o’zida ko’rsatilgan — old va orqa tomonida. Keling, ularni ko’rib chiqamiz.

PIN-kod va karta raqami: qaysi ma’lumotlar bilan bo’lishish mumkin, qaysilari bilan esa yo’q

1. Karta raqami — odatda u 16 yoki 18 raqamdan iborat.

2. Amal qilish muddati — oy va yil. Masalan, agar 03/26 bo’lsa, demak, kartadan 2026-yilning mart oyi oxirigacha foydalanish mumkin.

3. Karta egasining ismi va familiyasi. Lekin ba’zi kartalarda bu narsa bo’lmaydi. Buning tashvishlanarli joyi yo’q. Odatda, bunday kartalar bir zumda chiqariladi. Ular plastik kartani kunlab kutmasdan, bir necha daqiqada olishni xohlaydiganlarga mos keladi. Va ushbu holatda, karta egasining ismi va familiyasi bank ilovasida ko’rsatiladi.

PIN-kod va karta raqami: qaysi ma’lumotlar bilan bo’lishish mumkin, qaysilari bilan esa yo’q

4. CVC yoki CVV — bu kartaning orqa tomonidagi uchta raqamdan iborat kod. Mahalliy Humo va Uzcard kartalari ushbu kodlarsiz chiqariladi. Kobeydjing kartalari — bundan istisno. Kobeydj yordamida karta bir vaqtning o’zida ikkita to’lov tizimi bilan ishlay oladi. Masalan: Humo-Visa, Uzcard-Mir, Humo-Mastercard yoki Uzcard-Unionpay.

PIN-kod va kartangizga biriktirilgan telefon raqami — bular ham muhim rekvizitlar. Ammo ularga biroz keyinroq qaytamiz.

Qaysi ma’lumotlar bilan bo’lishish mumkin

Karta raqami. Aytaylik, sizning kichik hand-made biznesingiz bor. Siz kosmetika uchun mini-sumka, noutbuklar uchun jild tikasiz va ularni internetda sotasiz. Xaridor esa pulni sizga karta raqami orqali tashlab beradi. Ushbu vaziyatda xavotirga o’rin yo’q. Faqat karta raqamini bilibgina undagi pulni o’g’irlab bo’lmaydi. Ammo agar ular boshqa ma'lumotlarni yoki karta rasmini so'rashsa, — bu firibgarlar.

Ba’zida esa chuv tushirish uchun karta raqamini o’zi yetarli. Misol uchun, sizga «bank xavfsizlik xizmatidan» qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Qalloblar o'zlarini bank xodimlari deb tanishtiradilar, ismingiz bilan murojaat qilib, kartangiz raqamini aytadilar. Shunday qilib ular ishonchingizga kirishga harakat qiladilar, so’ng kartadagi pullar xavf ostida ekanligini ta'kidlaydilar. Ular pulni go’yoki «xavfsiz», aslida firibgarlarga tegishli hisobga o'tkazishni so'raydilar.

Bunday paytlarda telefonni qo’yish, bankning rasmiy raqamiga qayta qo’ng’iroq qilib, bo’lgan vaziyatni aytish kerak. Va eng asosiysi kartangizni darhol bloklang. Qanday qilib: bank qo’llab-quvvatlash markazi orqali yoki mobil ilovada. Bu kartadagi pullaringiz firibgarlarga uchib ketmasligini oldini oladi.

Karta ulangan telefon raqamingiz. Agar karta yoningizda bo’lmasa yoki uning ma’lumotlari bilan bo’lishishingiz kelmasa — muammo yo’q. Yuboruvchi pulni telefon raqami orqali o’tkazishi mumkin. Bu yo’l hatto oson va tezroq — raqamlarda chalkashib ham o’tirmaysiz. Faqat telefon raqam bilan birga bank nomini ham aytish esizdan chiqmasin. Chunki agar raqamingizga bir nechta karta ulangan bo’lsa, pullar keraklisiga emas, balki boshqasiga tushishi mumkin.

Kartaning qaysi ma’lumotlarini sir saqlash kerak

PIN-kod. U do’kon, mehmonxona yoki restoranda hisobni to’lash va naqd pul yechish uchun kerak bo’ladi. Bu degani, kartani o’g’irlagan firibgar ham xuddi shu ishlarni amalga oshira oladi. Agar siz, menga o’xshab, kassada kodni bemalol aytib, ana endi pulingiz xavfsizligidan xavotirda bo’lsangiz, darhol PIN ni o’zgartiring. Buni bank bankomatlari yoki mobil ilovada qilishingiz mumkin.

SMS va push-xabarnomalardagi kod. Pul o’tkazmalari yoki xizmatlar uchun to’lov paytida bank SMS orqali kelgan kodni kiritishni so’raydi. Shu bilan kartadan uning egasi foydalanishini tasdiqlaydi.

Yaqinda men bilan bir holat yuz berdi. Notanish ayol qo’ng’iroq qildi. U Open Budget loyihasida ishtirok etishini va ovoz yig’ayotganini aytdi. Mening raqamimga kod kelishini va o’sha kodni unga aytishimni so’radi. Birdaniga esimga rasmiy Telegram-kanallardagi xabarlar keldi. Firibgarlar «Оchiq budjet» loyihasida ovoz yig’ish bahonasida telefon raqamingizdan foydalanib, pul o’g’irlashlari mumkin. Kod haqiqatan ham keldi, lekin ungacha men go’shakni qo’yib bo'lgan edim. U ayol chindan ham ishtirokchi yoki firibgar edimi, buni bilmayman. Ammo bu xavfsiz emasligini aniq bilaman. Agar kartamdan pul yechib olishsa, bank ularni menga qaytarmaydi — chunki kodni o’zim berdim va firibgarlarga soqqani qo’shqo’llab tutqazdim.

Kartaning orqa tomonidagi uchta raqam. CVC (Card Validation Code) yoki CVV (Card Verification Value) kod. Odatda uni internet-do’kon egalari to’lovni tasdiqlash uchun talab qilishadi. Masalan, kafe, dorixona va oziq-ovqat marketlarida xaridor PIN-kodni terishi kerak bo’ladi. Onlayn-xarid qilganda esa CVC/CVV-kod ushbu vazifani bajaradi. Agar xaridor noto’g’ri kod kiritsa, operatsiya rad etiladi. 

Asosiysi, soxta saytlardagi tovlamachilarning tuzog’iga tushib qolmaslik. Esingizda bo’lsin: bank CVC/CVV kodni na SMS, na telefon orqali so’ramaydi. Ushbu kodni faqat siz bilishingiz kerak. Agar kimdir so’rasa, katta ehtimol bilan, bu — firibgarlar. Ushbu raqamlarni karta rekvizitlari bilan birga bersangiz, hisobdagi pullar bilan xayrlashsangiz ham bo'laveradi.

Xavfsizligingiz uchun bir nechta oddiy maslahatlar


1. Kartaning rasmini hech kimga jo’natmang va uni notanish odamning qo’liga bermang

2. Ilova va bank kartalarining PIN-kod/parollarini hech kimga aytmang

3. Barcha operatsiyalar haqida SMS olish uchun xabarnoma va to’lovlar monitoringi xizmatini yoqing

4. Agar saytning xavfsizligiga shubhalansangiz, karta ma’lumotlarini kiritmang

Bu muhim: faqat rasmiy mobil ilovalardan foydalaning. Agar sizga bankdan qo’ng’iroq qilib, savollar berishsa — telefonni qo’ying va xodimning shaxsini tasdiqlash uchun qo’llab-quvvatlash markazi bilan bog’laning. Esingizda tuting, hushyorligingiz — moliyaviy xavfsizligingiz kaliti.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

📖 Ta'lim
07.06.2024
10 daqiqa
Maftuna Shomurodova
Maqola muharirri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

4 510