• AVO

  • AVO gap

  • Naqd pullik kredit vs. kredit karta: qay birini tanlagan ma'qul?

Naqd pullik kredit vs. kredit karta: qay birini tanlagan ma'qul?

Shunaqasi ham bo’lib turadi: haftalab qidirasiz, taqqoslaysiz — va puf! — o’zingizga yoqadigan narsani topasiz. Lekin kartada: «Kechirasiz, mablag‘ yetarli emas». Endi savol tug‘iladi: qayerdan pul topish mumkin? Bank sizga 2 yo‘l taklif qiladi — naqd pullik kredit yoki kredit karta.

Dastlab qaraganda, katta farq yo‘qdek tuyuladi. Lekin bu xuddi taksi bilan shaxsiy elektrosamokat orasidagi tanlovga o‘xshaydi: ikkalasi ham sizni manzilga yetkazadi, lekin tezlik, qulaylik va boshqaruv — mutlaqo boshqacha.

Naqd kredit — bu kerakli summani bittada olish

Aytaylik, sizga 30 mln so‘m kerak — remont uchun. Ariza topshirasiz va bank sizga to’liq summani bittada o‘tkazadi. Keyin siz uni belgilangan jadval asosida, masalan, har oyda 1,7 mln so‘mdan qaytara boshlaysiz. Foiz stavkasi va oylik to‘lov oldindan ma’lum.

Sizga qancha pul kerakligini aniq bilganingizda va katta xarid qilishni rejalashtirganingizda, bu variant sizga mos keladi. Ya’ni summa katta va bir martalik bo‘lsa — bu, aynan, naqd pullik kredit olish kerak degani.

Lekin e’tiborli bo’ling: siz pulni hammasini darhol ishlatmasangiz ham, uni bittada olasiz. Ya’ni, mas’uliyat ham birinchi kundan boshlanadi.

Naqd pullik kredit vs. kredit karta: qay birini tanlagan ma'qul?

Kredit karta — bu ko‘proq moslashuvchanlik haqida

Kredit kartada hammasi boshqacha ishlaydi. Sizda limit bo‘ladi — masalan, 10 mln so‘m. Lekin bu pulni birdaniga sarflash shart emas. Bir million so’m ishlatsangiz — shuncha miqdorda qarzingiz bo’ladi. Pulni qaytarasiz va yana limitdan foydalanishda davom etasiz.

Asosiysi — imtiyozli davr. Agar sarflangan summani shu davr ichida (odatda 55–60 kun) qaytarsangiz — foizlar olinmaydi. Kichik xarajatlar uchun va tezda qaytarishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa — bu juda qulay variant.

Kredit kartada aniq to‘lov jadvali yo‘q. Qachon va qancha to‘lashni siz hal qilasiz — muhimi: qarzni bittada yopa olmasangiz, minimal to’lovlar qilib turishni unutmang.

Keling, kredit va kredit kartani taqqoslaymiz:

Xususiyatlar
Naqd pullik kredit
Kredit karta
Pul olish shakli
Pul qo‘lga beriladi
Kartada kredit limiti bo’ladi
Qayta foydalanish
Faqat bir marta
Limit har oy yangilanadi
Foiz stavkasi
Yiliga 19–38%
Yiliga 20–52%
To‘lov tartibi
Pul olingan zahoti boshlanadi
Keyinroqqa qoldirish yoki kam-kamdan to’lab borish mumkin, 60 kungacha imtiyozli davr mavjud
Bonuslar
Yo‘q
Keshbek, chegirmalar, bonuslar
Kredit miqdori
1 mlrd so‘mgacha
1 mlrd so‘mgacha
Rasmiylashtirish tezligi
Bir necha soatdan bir necha kungacha
Tez, ayniqsa tayyor kartangiz bo’lsa
Komissiyalar
Rasmiylashtirish uchun komissiya bo‘lishi mumkin
Naqd pul yechish yoki o‘tkazmalar uchun komissiya bo‘ladi
Bir necha klikda moliyaviy yordam oling

AVO platinum oching va har qanday xaridlar uchun 50 milliongacha oling

Kartani olish

Qay birini tanlagan yaxshi?

Qachon naqd pullik kredit olish kerak?
Agar katta xarid rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — uyni ta’mirlash, avtomobil sotib olish va h. k. — naqd pullik kredit sizga mos keladi. Bundan tashqari, agar sizga aniq to‘lov jadvali va barqaror foiz stavkasi kerak bo‘lsa, bu eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Ayniqsa, daromadingiz barqaror bo‘lsa va har oy to‘lov qilish sizga og‘irlik qilmasa.

Qachon kredit kartadan foydalangan foydaliroq?
Agar xaridlaringiz kichik va muntazam bo‘lsa, siz ularni imtiyozli davr mobaynida to‘liq yopishga ulgursangiz — kredit karta foydaliroq. Ayniqsa, agar unda keshbek yoki bonus tizimi bo‘lsa (masalan, AVO platinum kartasida). Bundan tashqari, limitni qayta ishlatish imkoniyati sizga moliyaviy moslashuvchanlikni beradi.

Naqd pullik kredit vs. kredit karta: qay birini tanlagan ma'qul?

So'zimiz yakunida kichik «shpargalkа»:

Vaziyat
Tanlash kerak
Katta va aniq xarid uchun
Naqd pullik kredit
Doimiy va katta bo’lmagan xarajatlar uchun
Kredit karta
Keshbek va bonuslar kerak bo‘lsa
Kredit karta
Aniq va oson to‘lov jadvalini yoqtirasizmi
Naqd pullik kredit
1–2 oyda yopishni rejalashtiryapsiz
Kredit karta

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

💸 Pul
15.04.2025
7 daqiqa
Barno Israilova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

223