• AVO

  • AVO gap

  • Chek-list: foydali omonatni qanday tanlash kerak

Chek-list: foydali omonatni qanday tanlash kerak

Yig‘ilgan pulni saqlabgina qolmay, uni ko‘paytirish usuli bor bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik hali ham pulini foiz va foydasiz, shunchaki kartada saqlayotgani hayron qoldiradi. Gap xavfli investitsiyalar yoki g‘alati sxemalar haqida emas, balki tushunarli va hammabop vosita — bank omonati haqida ketyapti. Lekin uni tavakkal tanlasangiz, atigi bir necha tiyin ishlab olishingiz yoki hatto foydaning bir qismini yo‘qotishingiz mumkin. 

Biz oddiy va tushunarli chek-list tayyorladik. Omonatni tanlashdan oldin uni ko‘rib chiqing va shartlar haqiqatan ham siz uchun foydali ekanligiga ishonch hosil qiling. 

Turli banklar foizlarini taqqoslang 

O‘zbekistonda omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari omonat muddati, turi va shartlariga qarab odatda yillik 3% dan 25% gacha (so‘mda) bo‘ladi. Foiz stavkalarini bank.uz saytida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. 

Omonat muddatini tanlang 

Omonat muddatini aql bilan tanlang —  uzoq muddat har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Pul qachon kerak bo‘lishi va Markaziy bank stavkasi qanday o‘zgarishi mumkinligini hisobga oling: agar stavka oshishi kutilsa, 1 yilgacha muddatli, agar pasayish yoki barqarorlik kutilsa, 1 yildan ortiq muddatga omonat ochish maqsadga muvofiq. Ikkilansangiz, 1–3 oylik omonat oching. Asosiysi — omonat muddati maqsadingiz muddatidan oshmasligi kerak. 

Pul qo‘yish va yechib olish shartlarini tekshiring 

Ba’zi omonatlarga ularni ochgandan keyin pul qo‘shib bo‘lmaydi, boshqalaridan esa muddat tugamaguncha pul yechib olish mumkin emas. Agar omonatni muntazam ravishda to‘ldirib borishni rejalashtirgan bo‘lsangiz (masalan, oylik maoshdan), to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatni tanlang. Agar moslashuvchanlik kerak bo‘lsa, foizlarni yo‘qotmasdan qisman pul yechib olish imkoniyatiga ega omonatni qidiring. 

Foizlar kapitalizatsiyasini baholang 

Kapitalizatsiya — bu hisoblangan foizlarning asosiy summangizga qo‘shilib, keyingi foizlar shu yangi umumiy summadan hisoblanadigan jarayon. Agar shartlarda «oylik kapitalizatsiya» iborasini ko‘rsangiz, bu ijobiy belgi hisoblanadi. 

Minimal omonat summasini bilib oling 

Turli banklarda boshlang‘ich summa sezilarli darajada farq qilishi mumkin: ba’zi joylarda 1 000 so‘mdan boshlanadi, boshqalarida esa darhol 1 mln so‘m qo‘yishni so‘rashadi. Shuning uchun omonat ochishdan oldin qancha pul qo‘ya olishingizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. 

Bank ishonchliligini tekshiring 

Bankning O‘zbekiston Respublikasi MB litsenziyasiga egaligini; omonatlarni kafolatlash jamg‘armasida ishtirok etishini (200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanadi); ijobiy fikrlar va qulay mobil ilovaga ega ekanligini (agar barcha amallarni onlayn bajarmoqchi bo‘lsangiz) albatta tekshirib chiqing. Bularning barchasi muhim ahamiyatga ega. 

Qo‘shimcha bonuslarga e’tibor bering 

Ba’zi banklar omonat bilan birga bepul debet kartasi, mobil ilova orqali omonat ochganda yuqori foizlar, sovrinli o‘yinlar va aksiyalarni taklif qiladi. Kichik, lekin yoqimli bonus 😊 

AVO omonati chek-listi 

Daromad
yillik 25% gacha 
Muddat
6 oy 
Pul qo‘yish 
istagan vaqtda 
Pul yechish 
cheklovlarsiz 
Kapitalizatsiya 
har oy 
Minimal summa 
1 000 so‘mdan 
Ishonchlilik 
omonat davlat tomonidan 200 mln so‘mgacha sug‘urtalangan. 
AVO omonatini hoziroq oching!

Yillik 25% gacha daromad — bankka bormasdan va xavfsiz

Omonatni ochish

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

📖 Ta'lim
03.06.2025
4 daqiqa
Sarvar Qobilov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Qanday hujjatlarda adashmasdan merosni olish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

553