• AVO

  • AVO gap

  • AVO CMO Maksim Chan TAF!25 hakamlar hay’ati tarkibida!  

AVO CMO Maksim Chan TAF!25 hakamlar hay’ati tarkibida!  

O‘tgan yili Markaziy Osiyoning ijodiy sanoatidagi eng sara vakillarini bir yerda yig‘uvchi xalqaro reklama festivali — TAF!24’da o‘zimizni yorqin namoyon etdik. Bu yil esa bizning CMO Maksim Channi TAF!25 hakamlar hay’ati a’zosi sifatida taklif qilishdi.  

Bu shunchaki faxrli vazifa emas, balki AVO’ning kommunikatsiya va brending yondashuvlari butun soha uchun yo’nalish belgilayotganining isboti. Omma tajribamizga e’tibor berib, g‘oyalarimizni muhokama qilishmoqda. Endi esa butun mintaqadagi eng sara ishlarni baholashni ham bizga ishonib topshirishmoqda.  

TAF nima?  

TAF (Tashkent International Advertising Festival) — mintaqada marketing, reklama va dizayn sohasidagi yirik tadbir hisoblanadi. Bu yerda Markaziy Osiyo va uzoq xorijdan brendlar, prodakshn kompaniyalar, agentliklar, shuningdek, mustaqil rassom va ijodkorlar o‘z loyihalarini namoyish etish, tajriba almashish va kommunikatsiyalarda «yangi trend» nima bo‘lishini aniqlash uchun to‘planishadi.  

Festivalda yil reklamasidan tortib maxsus nominatsiyalargacha bir nechta tanlovlar mavjud bo‘lib, hakamlar hay’ati safiga esa g‘oyalari va qarorlari mamlakat va sohada kun tartibini belgilaydigan mutaxassislar kiradi.  

TAF!24’dagi yutuqlarimiz  

Bu yil Maksim Chan eng sara ishlarni baholaydi, ulardagi g‘oyalar, samimiylik, yangilikni izlaydi va kim g‘alabaga chindan ham munosib ekanini aniqlaydi. Bu brend sifatida biz uchun yuqori darajadagi ishonch va muhim qadam: endi biz shunchaki TAF ishtirokchilari emas, balki uning darajasini belgilovchi jamoaning bir qismimiz.  

TAF!25 festivalida kutib qolamiz — festival 11–12-oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Ishonchimiz komilki, bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. 

24.07.2025
1 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.