AVO bank Boshqaruvi Raisi Artyom Popov bankdagi egallab turgan lavozimini tark etish qarorini qabul qilganligini ma’lum qilamiz. Mazkur qaror Artyom Anatolyevichning kelgusidagi shaxsiy va professional loyihalarni amalga oshirish rejalari bilan bog‘liq.
Hozirda Kuzatuv kengashi bilan konstruktiv hamkorlikda vakolatlarni yakunlash jarayoni olib borilmoqda. Bank rahbariyati va jamoasi Artyom Anatolyevichga uning samarali mehnati, ochiq boshqaruv uslubi hamda bankni ishga tushirish va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.
AVO bank jamoasi Artyom Anatolyevichning kompaniyada yillar davomidagi ko’rsatgan yetakchilik namunasi va puxta o’ylangan strategik qarashlari uchun undan minnatdor. Uning qarorlari bankning bozordagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlab, kelgusida o’sish uchun asos yaratib berdi. Artyom Anatolyevichning rahbarligi ostida AVO bank O‘zbekistonda fintex sohasidagi zamonaviy mahsulot — kredit kartalarini tatbiq etgan ilk banklardan biriga aylandi. Bank innovatsion mahsulot platformasini yaratib, mijozlar ehtiyojlari hamda ilg‘or xalqaro tajribalarga tayangan holda uni muntazam ravishda yaxshilab bordi.
Yangi raqamli servis o’z faoliyatini boshlaganiga uzoq vaqt bo’lmaganiga qaramay, u barqaror mijozlar bazasini shakllantirdi, millionlab foydalanuvchilarning ishonchini qozondi va professional hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi. Tizimli yondashuv va kuchli jamoa yaratish qobiliyati tufayli AVO bank mutaxassislari nafaqat moliya sohasida, balki boshqa sohalarda ham tanilib, hurmat qozondilar.
Men uchun bankni ishga tushirish va faol yangilanishlar davrida uni boshqarish katta sharaf bo‘ldi. Biz noldan zamonaviy raqamli servisni ishga tushirdik, kuchli jamoa to’pladik va biznesni kengaytirishga xizmat qiladigan barqaror operatsion hamda texnologik tizim yaratdik. Birgalikda mas’uliyat, tezkorlik va mijozlarga yo‘naltirilgan ish madaniyatini shakllantirdik. Bu esa AVO bank uchun poydevor vazifasini bajardi. Bugungi kunda bank o’z rivojlanish yo‘lining keyingi bosqichiga o’tishga tayyor va bu o’tish muvaffaqiyatli bo’lishiga ishonchim komil.
AVO bank’ning Boshqaruvi raisi lavozimini endi Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dmitriy Musiyenko egallaydi. Hozirda uning nomzodi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanish jarayonidan o’tmoqda, Kuzatuv kengashi bu masala yuzasidan o‘z qarorini qabul qildi. Ushbu qaror bank strategiyasining izchil davom etishi, asosiy jarayonlarning barqarorligi va keyingi rivojlanish surʼatlarini saqlab qolinishini ta’minlashga qaratilgan.
2025-yil oxirigacha Artyom Popov Kuzatuv kengashi va aksiyadori bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirib barcha jarayonlarni imkon qadar samarali topshirilishiga ko’maklashadi.








