6 daqiqa

Tog‘larni zabt etamiz: snoubordda uchishni qanday o‘rganish mumkin va bu qanchaga tushadi?

Bolaligimda ota-onam menga chang‘ida uchishni o‘rgatmoqchi bo‘lishgan. O‘smirligimda esa snoubordda uchishni o‘rganishni istab qoldim. Endi esa 5 yildan beri qishni qorli tog‘larsiz, ko‘zni qamashtiradigan quyoshsiz va o‘tkir burilishlarsiz tasavvur ham qilolmayman.

Bu maqolada Markaziy Osiyodagi uchta top tog‘-chang‘i bazasi haqida gapirib beraman, o‘z tajribam bilan bo‘lishaman va endi uchishni o‘rganayotganlarga doska hamda jihozlarni sotib olishdan foyda bormi, hisoblab beraman. Qani, ketdik!

Birinchi mashg‘ulotga qanday tayyorlanish kerak?

Snoubordga birinchi marta turishga qaror qilganimda, eng avval sport do‘konlariga yugurib, chiroyli doska bilan botinka izlagandim. Lekin shu joydayoq to‘xtash kerak — bu xobbini arzon deb bo‘lmaydi, shuning uchun birinchi safarlarda jihozlarni sotib olishdan ko‘ra ijaraga olgan yaxshi.

Agar snoubordchi do‘stlaringiz bo‘lsa, ularni qo‘lidan tutib, tog‘-chang‘i jihozlarini ijaraga beradigan do‘konga boring. Shaharda ijaraga olish arzonroq tushadi. Do‘konda konsultantlarga birinchi marta uchayotganingizni ayting. Shunda ular sizga eng mos komplektni tanlab berishadi.

Albatta oladigan narsalar:

  • termo ichki kiyim, paypoq va qo‘lqop;
  • suv o‘tkazmaydigan tog‘-chang‘i kiyimi;
  • maska va kaska;
  • tizza va tirsak himoyaligchi;
  • botinka va, albatta, snoubord taxtasi.

Toshkentda bunday komplekt taxminan 250 000–350 000 so‘mga tushadi.

🏔 Qor to‘la tog‘larni zabt eting

Yo‘lkira, ski-pass va boshqa xarajatlarni AVO platinum bilan to‘lang

O‘zingizga ham, konsultantlarga ham oson bo‘lishi uchun quyidagi qoidalarga tayaning:

  • kiyim uchadigan kundagi haroratga mos bo‘lsin va harakatni cheklamasin;
  • maska yuzga zich yopishsin;
  • kaska boshda mahkam tursin, qimirlamasin, lekin siqib ham qo‘ymasin;
  • linza ob-havoga mos bo‘lsin: quyosh qanchalik yorqin bo‘lsa, himoya darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi;
  • botinka ham oyoqda mahkam tursin, bo‘sh ham bo‘lmasin, oyoqni siqib ham qo‘ymasin;
  • taxtani avval vazningizga qarab, keyin bo‘yingizga qarab tanlang.

Agar baribir nimanidir sotib olgingiz kelsa, maska, kaska, qo‘lqop, botinka va kostyumdan boshlang. Shularni olganingizdan keyingina snoubord bilan mahkamlagichlarga o‘ting.

Instruktorni qanday tanlash kerak

Bu yerda tajriba va xalqaro akkreditatsiya juda muhim. Men birinchi marta bunga e’tibor bermaganman, natijada yarim kun yiqilib yurganman. Instruktor esa «Snoubord tirik jon, shuning uchun sen unga quloq solishing kerak, u senga emas», deganga o‘xshash gaplarni aytgan edi.

Birinchi kunlarda instruktor bilan mashg‘ulot uchun eng yaxshi vaqt — 1,5–2 soat. Avval yaxshilab badanni qizdiring, mashq qiling, keyin ozgina dam olib, o‘rganganlaringizni o‘quv yo‘lagida o‘zingiz mustaqil takrorlang.

Endi esa tog‘-chang‘i bazasini tanlashga o‘tamiz.

Uchish uchun qayerga borgan yaxshi

AMIRSOY, O‘zbekiston

AMIRSOYni bekorga Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy chang‘i kurorti deyishmaydi. Bu yerda turli darajadagi 11 ta trassa bor, tepaga esa yangi gondola va o‘rindiqli podyomniklarda chiqasiz.

Kurort Toshkentdan taxminan 65 km uzoqlikda joylashgan. Hududda 48 ta shale, SPA, 4 ta restoran, kvadrosikl va snegoxod ijarasi, arqonli park, basseyn, katok va piknik zonalari bor. Shuning uchun birinchi urinishdayoq snoubordda turib keta olmasangiz, xafa bo‘lmang. Saunada tanangizga dam bering.

Xizmat turi
Ish kunlari
Dam olish kunlari
Vaqti
O‘quv ski-passi
190 000 so‘m
250 000 so‘m
Kun bo‘yi
Individual dars
600 000 so‘m
800 000 so‘m
1 soat
To‘liq komplekt ijarasi
335 000 so‘m
425 000 so‘m
Kun bo‘yi
Jami
1 125 000 so‘m
1 475 000 so‘m

Individual dars va jihozlar ijarasiga bir kunda 1 125 000–1 475 000 so‘m ishlatasiz. Kamroq pul ishlatish uchun jihozni Toshkentda yoki kurort yonidagi qishloqlarda ijaraga olsangiz bo‘ladi.

AMIRSOY akademiyasida jamoaviy darslar ham bor, lekin u yerda kamida 2 soat uchishingiz mumkin. Bir necha kun individual dars olgan yaxshi, shunda instruktorning o‘ziga bemalol savol bera olasiz. Keyin jamoa bilan tajriba almashish qiziq bo‘ladi.

SHYMBULAK, Qozog‘iston

Sovet davrida SHYMBULAKda sportchilarni tayyorlab, musobaqalar o‘tkazishgan. Hozir esa u Olmaota shahridan 25 km uzoqlikdagi to‘liq tog‘-chang‘i bazasi bo‘lib, bu yerda trassalarning uzunligi jami 25 km ni tashkil etadi. O‘rganish uchun yomon joy emas-u, lekin ba’zi bir kamchiliklari bor. Men bu yerga faqat ish kunlari kelishni yoqtiraman. Dam olish kunlari, ayniqsa tushdan keyin kurort gavjum bo‘lib ketadi va qiyin trassalarda uchish xavfli bo‘lishi mumkin. Lekin biz hali qiyin trassalarga tushmaymiz, o‘quv yo‘lagi esa yaxshi uchadiganlardan ishonchli himoyalangan.

Xizmat turi
Ish kunlari
Dam olish kunlari
Vaqti
Tajribasizlar uchun ski-pass
186 000
186 000
Kun bo‘yi
Individual dars
348 000 
464 000
1 soat
To‘liq komplekt ijarasi
418 000
418 000
Kun bo‘yi
Jami
952 000
1 068 000

Bir kunga 952 000–1 068 000 so‘m ketadi. Bu AMIRSOYdan arzonroq. Farqni podyomniklar va trassalar holatida ko‘rishingiz mumkin. Afzalliklardan, bu yerda tramplinli snoupark bor. Olmaotada 1–2 hafta qolishni rejalashtirsangiz, tryuklar bajarishni o‘rganib ko‘rishingiz mumkin.

Yeb ichish uchun alohida pul ajratishni maslahat beraman. SHYMBULAKda arzon kafelar yo‘q, oddiy limonli qora choy ham qimmatga tushishi mumkin. O‘tgan yili trassaning o‘zida maskam sinib qolgandi, yangi maskani ijaraga olishga esa pul ajratib qo‘ymagandim. O‘shanda AVO platinum kredit kartasi asqatgan. Ijaraga ham, boshqa kutilmagan xarajatlarga ham u bilan to‘laganman. Oylik olganimdan keyin qancha ishlatgan bo‘lsam, shuncha qaytardim, hech qanday foiz to‘lamadim.

КARAKOL, Qirg‘iziston

KARAKOL — Markaziy Osiyodagi eng sevimli tog‘-chang‘i bazam, chunki aynan shu yerda chang‘i uchishni o‘rganganman. Joyning o‘zi unchalik katta emas-u, lekin juda shinam, dengiz sathidan 2 300 metr balandlikda joylashgan. Eng yoqadigan narsa — trassalar orasidan o‘tadigan, ignabargli o‘rmon ichidagi yo‘lakchalar.

Endi uchishni o‘rganayotganlarga bu kurort biroz eski tuyulishi mumkin, rostdan ham shunday. Bu yerda zamonaviy yopiq podyomniklar ham, qimmat restoranlar ham yo‘q. Lekin alohida o‘quv yo‘lagi va mehribon, har doim yordamga tayyor instruktorlar bor. KARAKOLga ham ish kunlari kelgan yaxshi. Bayramlarda kunning yarmini o‘rindiqli podyomniklarga navbatda o‘tkazib yuborasiz.

Xizmat turi
Ish kunlari
Dam olish kunlari 
Vaqti
Ski-pass
191 000 
232 000 
Kun bo‘yi
Individual dars
280 000 
280 000 
1 soat
To‘liq komplekt ijaras
200 000 dan
200 000 dan
Kun bo‘yi
Jami
671 000
712 000

Bir kun uchish 671 000–712 000 so‘mga tushadi. Bu ancha hamyonbop variant, lekin ignabarglar hidi va o‘rmondagi jonivorlar qalbingizni eritib yuboradi.

Eng asosiysi, instruktorlarning maslahatlariga quloq soling va imkon qadar ko‘proq mashq qiling. Uchishni tez unutib qo‘yishingiz mumkin. Hatto bir mavsum tanaffus qilsangiz ham, ba’zi oddiy harakatlarni qaytadan o‘rganishga to‘g‘ri keladi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda