Faraz qiling: siz savdo markazida yuribsiz va birdan orzuingizdagi muzlatkichga ko‘zingiz tushdi — ledogeneratorli, tarvuz uchun alohida javonli va magnitlar uchun keng eshikli. Ammo afsuski, hozircha yetarli pulingiz yo‘q. Yoki noutbukingiz sinib qoldi, lekin ish kutmoqchi emas. Yoki farzandingiz universitetga o‘qishga kirdi va darsliklar, yo‘l haqi va ijara uchun hoziroq pul kerak.
Aynan shunday vaziyatlarda sahnaga iste’mol krediti chiqadi. Ammo bankdan qarz olishga shoshilmasdan oldin, keling, bu nima ekanligini yaxshilab tushunib olamiz.
Iste’mol krediti: bu nima?
Oddiy qilib aytganda, bu — bank sizga shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun beradigan pul. Bu kredit uy sotib olishga yoki biznes ochishga emas, balki hayotda kerak bo‘ladigan narsalar — texnika, ta’mirlash, ta’lim, sayohat — uchun mo‘ljallangan. Pulni nimaga ishlatishni siz o‘zingiz hal qilasiz.
Hozirda kredit olish ancha soddalashgan: bankka borib navbat kutishingizga yoki hujjatlar to‘plashingizga hojat yo‘q. Mobil ilovani o‘rnatasiz va bir necha tugmani bosasiz — bo‘ldi. Masalan, divanda o‘tirgan holda kir yuvish mashinasini tanladingiz, ariza topshirdingiz — va bir necha daqiqa ichida xaridni kredit kartasi bilan to‘ladingiz.

Kredit tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?
Kredit keyinchalik og‘ir yukga aylanishini istamasangiz, hammasini oldindan hisoblab chiqing. Chiroyli reklamalarga aldanmang — mayda yozuvlarni o‘qing. Eng avvalo — foiz stavkasini organib chiqing: u qanchalik past boʻlsa, shunchalik kam toʻlov qilasiz.
Yana bir muhim jihat — kreditni muddatidan oldin yopish imkoniyati. Hayotda vaziyatlar o‘zgarib turadi: siz qarzni ertaroq yopishga tayyor bo‘lib qolishingiz mumkin. Buni oldindan aniqlashtirib qo‘ying: bank bu uchun qo‘shimcha to‘lov so‘ramaydimi?
Shunday mayda lekin muhim tafsilotlarni oldindan bilib olish kelajakda noxush holatlar paydo bo‘lishidan saqlaydi.
Qonun siz tomonda
Kredit faqat pul haqida emas, balki qoidalar haqida hamdir. O‘zbekistonda bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun mavjud. Masalan, bank sizga oldindan barcha shartlarni ochiq va aniq ko‘rsatishi shart: foiz stavkasi, komissiyalar, muddat, to‘lov tartibi.
Siz kreditni muddatidan oldin to‘liq yopish huquqiga egasiz. Bank bunga qarshi chiqa olmaydi, agar bu shartnoma bilan cheklanmagan bo‘lsa. Masalan, siz 12 oylik kredit olgan bo‘lsangiz, lekin 6 oyda yopmoqchi bo‘lsangiz — shartnomani o‘qib chiqing va bankni oldindan ogohlantiring.
Shuningdek, bank sizning to‘lov qobiliyatingizni baholashi kerak. Bu sizni qiynash uchun emas, balki himoya qilish uchundir. Kredit hammaga ham berilmaydi: mijozda hech bo‘lmaganda eng minimal darajada moliyaviy barqarorlik bo‘lishi kerak, aks holda qarzni qaytarish qiyin bo‘lishi mumkin.

Ba'zida «keyin olarman» degan niyat «hech qachon»ga aylanadi
AVO platinum virtual kartasini bir necha soniyada oching va 50 million so‘mgacha limitga ega bo‘ling
Iste’mol kreditini odatda nima uchun olishadi?
Hayotni qulayroq qilish uchun kerak bo‘lgan har narsaga. Kimdir yangi telefon oladi. Kimdir yangi divan — eskisi har burilishda chiyillagani uchun. Kimdir esa Tailandga sayohat uchun oladi.
Kredit — bu kutishga toqat yo‘q holatlarda qulay yechim bo‘ladi.
Yaxshi tomoni shundaki, bank sizdan pulni nimaga sarflaganingiz haqida hisobot talab qilmaydi. Eng asosiysi — kreditni muddatida qaytarish.
Xulosa: kredit olishga arziydimi?
Agar nima uchun kredit olayotganingizni aniq bilsangiz va uni o‘z vaqtida qaytara olishga ishonchingiz bo‘lsa — kredit juda qulay vosita bo‘lishi mumkin. U sizga muhim ishlarni keyinga qoldirmaslikka yordam beradi. Faqat bankni internetdagi birinchi reklamaga qarab emas, shartlariga qarab tanlang.
Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz — shoshilmang. Qancha ortiqcha to‘lov bo‘lishini hisoblang, bir nechta takliflarni solishtiring. Ba’zida shunchaki shartlarni o‘qishga ajratilgan 2 soat, keyinchalik bir necha oy mehnatingizni tejaydi.
*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

