• AVO

  • AVO gap

  • Korrepondent hisob raqami: bu nima va u nima uchun kerak

Korrepondent hisob raqami: bu nima va u nima uchun kerak

Tasavvur qiling, banklar — bu yirik do‘konlar. Ular o‘zaro hisob-kitob qilishlari uchun — mijozlar o‘tkazmalari, xizmat haqlari yoki tovarlar uchun — o‘ziga xos ichki «kassir»ga muhtojlar. Ana shu rolni aynan korrespondent hisob raqami bajaradi.

Aslida bu shunchaki bir bankning boshqa bankdagi hisob raqamidir. Ha, banklar ham — xuddi jismoniy shaxslar yoki kompaniyalar kabi — boshqa moliya muassasalarida hisob ochishadi. Faqat bu hisob raqamlar orqali ular kommunal to‘lovlarni emas, balki o‘zaro pul o‘tkazmalarini va mijozlar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirishadi.

Bu amalda qanday ishlaydi?

Korrepondent hisoblar, birinchi navbatda, banklar uchun zarur. Lekin chuqurroq qarasak, aynan ular tufayli siz bemalol xorijga pul o‘tkazishingiz, xalqaro tovarlar uchun to‘lov qilishingiz yoki chet eldagi hamkorlardan pul olishingiz mumkin.

Masalan, siz O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tadbirkorsiz va Turkiyadagi yetkazib beruvchilar bilan ishlaysiz. Sizning bankingiz Anqaradagi hamkor bankda korrespondent hisob raqamiga ega bo‘lsa, mablag‘ bevosita shu hisob orqali o‘tkaziladi. Natijada to‘lov tez, xavfsiz va ortiqcha vositachilarsiz amalga oshadi. Agar bunday hisob bo‘lmasa, jarayon ancha murakkablashadi: vositachilarni topish, ortiqcha komissiyalarni to‘lash va ko‘p kutishga to‘g‘ri keladi.

Korrespondent hisob raqami qanday foyda keltiradi?

Korrepondent hisob — bu banklar o‘rtasidagi ko‘prikka o‘xshaydi. U quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • banklar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • xalqaro hisob-kitoblarni bajarish;
  • xorijiy hamkorlar bilan ishlaydigan mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
  • zarur vaqtda valyuta ayirboshlash;
  • turli moliyaviy tashkilotlar o‘rtasidagi qarz majburiyatlarini bajarish.

Qisqacha aytganda — korrespondent hisob tufayli pul dunyo bo‘ylab erkin harakatlana oladi. Bunday hisob bo‘lmasa, na xalqaro shartnomalar, na yetkazib berish, na valyuta operatsiyalari amalga oshmaydi.

Korrepondent hisobning qanday turlari mavjud?

Turli vazifalarga qarab korrespondent hisoblarning ham bir necha turi mavjud: Milliy valyutadagi oddiy hisob. Masalan, biror viloyat banki Toshkentdagi yirik bankda hisob ochadi, bu orqali ichki hisob-kitoblar yuritiladi. Multivalyuta hisob raqami.

Agar bank chet el valyutalari bilan faol ishlasa, unga bir nechta valyutada ishlaydigan hisob kerak bo‘ladi. Xalqaro hisob-kitoblar uchun maxsus hisob. Tashqi savdo faoliyati keng bo‘lgan banklar uchun.

Tranzit hisob raqamlari. Yirik bitimlar vaqtida vaqtinchalik pul saqlash uchun ochiladigan hisoblar.

Murakkab moliyaviy masalalarni bizga qoldiring

O‘zingiz esa istalgan maqsad uchun 100 mln so‘mgacha limitli AVO platinum kartasini tanlang

Kartani olish

Xulosa

Korrepondent hisob raqami — bu banklar tizimidagi «ko‘rinmas», ammo muhim halqa. U moliyaviy operatsiyalarning ortida turadi, ularni tez, aniq va xavfsiz tarzda amalga oshiradi.

2025-yilda bu hisoblar yanada raqamlashtirilgan, xavfsiz va qulay bo‘lib qoldi. Agar siz xalqaro moliyaviy operatsiyalar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz yoki chet elga pul o‘tkazishni rejalashtirsangiz — bu mexanizm qanday ishlashini bilib qo‘ygan maqul. Ishoning, bu o‘ylagandan ko‘ra ancha oddiy.

Biznes uchun
24.05.2025
4 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

137