Tasavvur qiling: siz endi uyqidan turdingiz, lekin kun boshidanoq teskari ketyapti. Nonushta kuyib ketdi, ko‘ylagingiz hali qurimagan, ustiga-ustak rahbaringizdan qo‘ng‘iroq keldi: «Kechir, qisqartirish boʻlyapti». Va aynan shu paytda telefoningizni tasodifan balkondan to‘ppa-to‘g‘ri asfaltga tushirib yubordingiz. Voqealarning tezligidan boshingiz qotadi va miyangizda bitta savol aylanadi: pulni qayerdan tezda topsam bo‘ladi? Albatta, kredit karta! Ammo ishim yo‘q bo‘lsa, uni berishadimi? Keling, aniqlashtiramiz.
Faqat pasport bilan kredit karta olish mumkinmi?
Mumkin. Ammo bu har doim bankning siyosati va sizning ma’lumotlaringizga bog‘liq. Masalan, sizda O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lishi va yoshingiz 18 dan 70 gacha bo‘lishi kerak. Ba’zan bank faoliyat yuritayotgan hududda propiskangiz ham bo‘lishi ham talab qilinadi. Yana bir muhim narsa — kredit tarixingiz ijobiy bo‘lishi kerak.
Agar ilgari kredit kartadan foydalangan yoki texnika xaridini bo‘lib to‘lagan bo‘lsangiz va barcha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirgan bo‘lsangiz — bu katta ustunlik. Rasmiy ish joyingiz boʻlmasa ham, bu holat sizning foydangizga ishlaydi.

Banklar ish joyisiz mijozning toʻlash qobiliyatini qanday tekshiradi?
Banklar sehrgar emas, biroq ortiqcha byurokrat ham emaslar. Ular mijozlarni faqat mehnat daftarchasi asosida emas, balki moliyaviy xatti-harakatlari orqali ham baholay olishadi. Masalan: hisobingizda pul bor-yo‘qligi, kartadagi tranzaksiyalar, avtomobil yoki ko‘chmas mulk mavjudligi. Yana bir asosiy mezon — kredit tarixidir.
Agar siz avvalgi qarzlarni vaqtida to‘lagan va jarimalarga uchramagan bo‘lsangiz, demak, sizda ijobiy kredit obro‘si bor. Bu esa bank uchun juda muhim signal: odam pulni oqilona ishlatadi va ehtimol, qarzni o‘z vaqtida qaytaradi — hattoki u kostyumda ishga bormasa ham.
Kartani tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?
Tanlov qilayotganda faqat foiz stavkasi va limitga emas, balki karta taqdim etadigan qo‘shimcha imkoniyatlarga ham e’tibor bering. Masalan, AVO platinum kartasi birinchi xariddan 100% gacha keshbek qaytaradi va har bir keyingi xarid uchun 1% keshbekni taklif qiladi. Ushbu keshbek bonus hisobingizda yig‘iladi va uni keyin 1 ga 1 haqiqiy pulga almashtirishingiz mumkin. Tushunarsiz bo‘lib tuyulsa-da, bu juda oddiy narsa: xarid qildingiz — keshbek yig‘ildi — pulga almashtirdingiz — va yana xarid qilasiz.

Ish topguningizcha, karta siz uchun ishlasin
AVO platinum kredit kartasini rasmiylashtiring va har qanday xaridlar uchun 50 million so‘mgacha mablag‘ oling
Bundan tashqari, ko‘pincha kredit kartalari sizga hamkorlar do‘konlarida chegirmalar taqdim etadi, bu esa kundalik xarajatlarda sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Masalan, AVO platinum kartasi bilan Dodo Pizza'da ovqatlansangiz, 10% chegirma olasiz. Bunday takliflar juda ko‘p, ularni Instagram'dagi akkauntimizda ko‘rishingiz mumkin.
Xulosa
Agar siz vaqtincha rasmiy ish joyisiz qolgan bo‘lsangiz — kredit karta olish umididan voz kechmang. Bugungi kunda ko‘plab banklar faqat maosh haqidagi hujjatlarga emas, balki insonning moliyaviy xulq-atvoriga ham e’tibor berishyapti.
Shunday ekan — ha, ishsiz odam ham kredit karta olishi mumkin. Asosiysi — moliyaviy imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholash, ortiqcha qarzga botmaslik va kartadan oqilona foydalanish. Shunda hatto rasmiy ish bo‘lmasa ham, moliyaviy erkinlikni his qilish mumkin.