• AVO

  • AVO gap

  • Kredit kartasini qayta moliyalashtirish: uni haqiqatan ham foydali qilish yo‘llari

Kredit kartasini qayta moliyalashtirish: uni haqiqatan ham foydali qilish yo‘llari

Kredit kartasini qayta moliyalashtirish — bu eski qarzni yangi, lekin qulay shartlardagi qarz bilan almashtirish usuli. Ya’ni, kredit foizi hamyoningizni bo‘shatayotgan eski qarzingizni to‘lash uchun yangi kredit olasiz.

Bu nima uchun kerak? Kamroq foiz to‘lash, oylik to‘lovlarni kamaytirish yoki barcha qarzlarni bitta qarzga birlashtirish va qayerga qancha to‘lash kerakligini adashtirib yubormaslik uchun.

Bunda shuni tushunish muhimki, har qanday qayta moliyalashtirish ham foydali bo‘lavermaydi. Ba’zida jozibali foiz stavkasi ortida komissiyalar va qo‘shimcha xarajatlar yashiringan bo‘ladi. Shuning uchun yondashuv oqilona bo‘lishi kerak: hisoblab chiqish, solishtirish  va qayta-qayta tekshirish kerak.

Nima uchun qayta moliyalashtirish o‘ylab ko‘rishga arziydi

  • Yuqori foiz stavkasi — o‘z vaqtida to‘lashga harakat qilsangiz ham, qarzingiz ortib boradi;
  • Daromadlaringiz kamaydi — har oygi to‘lovlarni avvalgiday amalga oshirish qiyinlashdi;
  • Turli joylarda ko‘plab qarzlaringiz bor — chalkashib ketmaslik uchun barchasini bitta to‘lovga birlashtirmoqchisiz;
  • Imtiyozli davr tugadi — endi foizlar to‘liq dastur bo‘yicha hisoblanyapti.

Bundan tashqari, agar kredit tarixingiz yaxshilangan bo‘lsa, masalan, oxirgi olti oy davomida muntazam ravishda to‘lov qilgan bo‘lsangiz, avvalgiga qaraganda yaxshiroq shartlarga umid qilishingiz mumkin.

Qayta moliyalashtirish uchun bankni qanday tanlash kerak

Bu xuddi smartfon tanlashga o‘xshaydi: nafaqat «chiroyli» bo‘lishi, balki ichki qismi ham aniq ishlashi muhim. Quyidagilarga e’tibor bering:

• foiz stavkasi — qanchalik past bo‘lsa, shunchalik foydali;

• komissiya va yashirin to‘lovlar — mayda shriftlarni diqqat bilan o‘qing;

• qulaylik — onlayn ariza berish, mobil ilova, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bormi;

• fikr-mulohazalar va obro‘ — boshqa mijozlar nima deb yozganini o‘qib chiqing.

Duch kelgan birinchi taklifni qabul qilib yubormang — yaxshisi 3–4 ta variantni solishtiring. Bunga bir kun sarflasangiz, keyinchalik oylab ortiqcha to‘lovlardan qutulasiz.

Xarajat = daromad

Birinchi xariddan 100% keshbek. Bepul AVO platinum kartasini oching

Karta ochish

Kredit kartasini qayta moliyalashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

  1. Qarzlaringizni tartibga soling. Aniq summa, foiz stavkasi va muddatidan oldin to‘lash uchun jarima bor yoki yo‘qligini aniqlashtiring.
  2. Banklarning takliflarini o‘rganing. Onlayn kalkulyatorlardan foydalanib, raqamlar bilan o‘ynang.
  3. Hujjatlarni tayyorlang. Odatda pasport, daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va joriy qarz haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi.
  4. Ariza topshiring. Ko‘pchilik banklarda buni onlayn — tez va navbatsiz qilsa bo‘ladi.
  5. Eski kartangizni yoping. Pul olishingiz bilanoq eski qarzingizni yoping.


Ba’zida oylik to‘lovning pastligi foydali ko‘rinishi mumkin, lekin muddat cho‘zilsa, ortiqcha to‘lov ko‘payib ketishi mumkin. Doimo faqat oylik emas, balki umumiy yakuniy summani hisoblang.

Qachon qayta moliylashtirishning foydasi bo‘lmaydi

Qayta moliyalashtirish har doim ham to‘g‘ri kelmasligi mumkin — ba’zi hollarda u foyda keltirmasdan, aksincha qo‘shimcha tashvishlar tug‘diradi. Masalan, agar joriy kredit kartangizda muddatidan oldin to‘lov uchun yuqori komissiya belgilangan bo‘lsa, bu summa kutilgan barcha tejamkorlikni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Agar qarzingizni deyarli tugab qolgan bo‘lsa, yangi kredit olishning umuman hojati yo‘q —faqat yangi kredit olish uchun vaqtingiz va asabingizni behuda sarflagan bo‘lasiz.

Bundan tashqari, kredit tarixingiz buzilgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘lishingiz kerak: bank arizangizni rad etishi yoki avvalgidan yomonroq shartlarni taklif qilishi mumkin. Shu sababli, ariza topshirishdan oldin, albatta kredit tarixingizni tekshirib, hamma narsa joyida ekanligiga ishonch hosil qiling.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, kredit kartasini qayta moliyalashtirishdan naf bormi?

Ba’zan moliyaviy tartibni o‘rnatish uchun ko‘proq daromad topish emas, balki oqilona xarajat qilish kerak bo‘ladi. Qayta moliyalashtirish aynan shu haqda. U moliyaviy yukni yengillashtirib, ortiqcha to‘lovlarni kamaytirib, bir nechta chalkash qarzlarni bitta tushunarli to‘lovga aylantirishi mumkin. Eng muhimi, bu masalaga sovuqqonlik bilan yondashish kerak: hisob-kitob qilish, shartlarni solishtirish va foydani baholash kerak. Shunda qayta moliyalashtirish vaqtinchalik yechim emas, balki moliyaviy barqarorlikka erishish yo‘lidagi muhim qadamga aylanadi.

Kredit kartasi
02.08.2025
4 daqiqa
Аvoshka
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

8