• AVO

  • AVO gap

  • Kredit tarixi: u nima va u bilan qanday do‘stlashish mumkin

Kredit tarixi: u nima va u bilan qanday do‘stlashish mumkin

Tasavvur qiling, ta’mirlash, yangi smartfon yoki biznes uchun kredit olmoqchisiz. Bank sizga qarab, «Unga ishonsa bo‘ladimi?» deb o‘ylaydi. Kaftingizga qarab fol ochmaslik uchun u sizning kredit tarixingizni so‘raydi — bu ilgari qarzlarni qanday yopganingizni ko‘rsatadigan moliyaviy ma’lumotnoma.

Kredit tarixi oldin kredit olgan-olmaganingizni, o‘z vaqtida to‘lagan-to‘lamaganingizni, kechikishlar bo‘lgan-bo‘lmaganini va nechta bank siz bilan qiziqqanini ko‘rsatadi. Bu to‘lov obro‘yingizning o‘ziga xos rezyumesidir.

2025-yilda O‘zbekistonda kredit tarixi alohida ahamiyat kasb etmoqda: deyarli barcha bank va mikrokredit tashkilotlari qarz berishdan oldin uni so‘raydilar. Obro‘yingiz qanchalik yaxshi bo‘lsa, pulni tez, qulay shartlarda va ortiqcha qog‘ozbozliksiz olish imkoniyatingiz shunchalik yuqori bo‘ladi.

Kredit tarixi qanday shakllanadi?

Kredit tarixi ilk qarzdan boshlanadi — bu atigi bir necha yuz ming so‘mlik mikroqarz bo‘lsa ham. Shartnomani imzolaganingiz zahotiyoq, ma’lumotlar Kredit-axborot tahliliy markaziga kelib tusha boshlaydi.

Kreditni to‘lash, kechiktirish, muddatidan oldin qaytarish — har bir qadamingiz qayd etilib boradi. Bu xuddi maktabdagi kundalikka o‘xshaydi: uy vazifasini bajarsangiz — yaxshi baho qo‘yiladi, dars qoldirsangiz — «yomon». Faqat bu yerda «baholar» hayotingizga chindan ta’sir ko‘rsatadi: keyingi safar sizga pul berish yoki bermaslik ularga bog‘liq bo‘ladi.

U yerda nima yozishadi?

Tasavvur qila olishingiz uchun misol yordamida tushuntiramiz. Aytaylik, muzlatkich uchun kredit oldingiz. O‘z vaqtida to‘lasangiz — «yaxshi» deb yozib qo‘yiladi. Keyin kredit kartasi ochdingiz — bu ham tarixga kiritiladi. Agar 1 marta to‘lashni unutib, muddatni o‘tkazib yuborsangiz — buni ham barcha banklar bilib oladi.

Kredit tarixingizga quyidagilar kiradi:

  • shaxsiy ma’lumotlar: F. I. Sh., pasport, STIR;
  • barcha kreditlar: sana, summa va muddatlar;
  • to‘lov intizomi: kechikishlar bo‘lganmi;
  • bank so‘rovlari: sizni kim va qachon tekshirgan.

Bu ma’lumotlar bir necha yil saqlanadi va hatto kreditni allaqachon to‘lagan bo‘lsangiz ham, uning izi baribir qoladi. Shuning uchun hatto kichik summa bo‘lsa ham, qarzlarga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak.

Nima uchun yaxshi kredit tarixini saqlash muhim?

Kredit tarixi moliyaviy portfoliongizga o‘xshaydi. U qanchalik toza va tartibli bo‘lsa, pul olish imkoniyatingiz shunchalik ko‘p, shartlar esa shunchalik qulay bo‘ladi.

Faraz qilaylik, 2 kishi 20 mln so‘mdan olmoqchi. Birinchisi qarzlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan — unga past foizda va ortiqcha savollarsiz pul berishadi. Ikkinchisi esa bir necha marta to‘lovni unutgan — unga rad javobini berishlari yoki qimmatroq shartlarda pul berishlari mumkin.

Bu xuddi uy ijarasiga o‘xshaydi: uy egasi ham ijarachi ishonchli ekanligini bilishni istaydi. Banklar ham xuddi shunday ijaraga beruvchilar, faqat ular pul berishadi. Ular ilgari o‘zingizni qanday tutganingizni bilishlari muhim.

Ajoyib kredit tarixi

AVO platinum'dan foydalaning va banklar ishonchini orttiring

Kartani olish

Kredit tarixini yaxshilash mumkinmi?

Xa, buning iloji bor. Bir paytlar xato qilgan bo‘lsangiz ham, vaziyatni tuzatish mumkin.
Kichik narsadan boshlang. Masalan, muddatli to‘lov sharti bilan biror narsa olib, to‘lov jadvaliga qat’iy amal qiling. Yarim yildan keyin yana 1 qarz oling, uni ham muddatida to‘lang. Asta-sekin banklar sizning o‘zgarganingizni ko‘rib, sizga qayta ishonishni boshlaydilar.

Eng muhimi, hammasini birdaniga olmang. 1 kredit — bu yaxshi, lekin 1 vaqtning o‘zida 5 ta kredit — bu shubhali belgi. Har yarim yilda o‘z kredit tarixingizni tekshirib turishni unutmang. Bu xuddi shifokorga borishga o‘xshaydi — davolanishdan ko‘ra, oldini olgan yaxshiroq.

Xulosa chiqaramiz

Kredit tarixi qo‘rqinchli yoki chalkash narsa emas. U shunchaki moliyaviy odatlaringiz aksi. Ko‘proq erkinlik istasangiz, to‘lovlaringizni qanday amalga oshirayotganingizni kuzatib boring va qarzlarni yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymang.

Yaxshi kredit tarixi — yangi imkoniyatlar eshigining kaliti. Uni boshqarish esa internet uchun to‘lov muddatini yodda tutishdan ham osonroq.

Odamlar uchun
06.06.2025
4 daqiqa
Аvoshka
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

133