• AVO

  • AVO gap

  • Kredit ta’tili: qarz oluvchi bilishi kerak bo‘lganlar

Kredit ta’tili: qarz oluvchi bilishi kerak bo‘lganlar

Kredit ta’tili — bu kredit to‘lovlaridan qonuniy «dam olish» imkoniyati. Agar hayot to‘satdan rejalaringizni o‘zgartirib yuborsa: ishdan ayrilsangiz, kasal bo‘lib qolsangiz, tug‘ruq ta’tiliga chiqsangiz yoki shunchaki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bu vaqtinchalik nafas olish imkonini beradi. Buning mohiyati shundaki, kreditning asosiy qismi bo‘yicha, foizlar bo‘yicha yoki bir vaqtning o‘zida ikkalasi bo‘yicha ham to‘lovlarni kechiktirish huquqiga ega bo‘lasiz. Lekin, shuni yodda tutish muhimki, bu qarzdan kechish emas, balki to‘lovlarni kechiktirish. Baribir hammasini qaytarishingiz kerak bo‘ladi — faqat keyinroq va ortiqcha xavotirsiz.

Banklar qanday hollarda kredit ta’tilini o‘zlari taklif qilishadi

2020-yilda pandemiya boshlanganida, O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga qarz oluvchilarga kreditlar bo‘yicha muhlat berishni tavsiya qilgan edi. Bu xavflarni yumshatish va noaniqlik hamda iqtisodiy larzalar sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingandi.

Lekin shuni tushunish kerakki, bunday fors-major holatlaridan tashqari (COVID-19 kabi) banklar o‘z tashabbusi bilan kredit ta’tilini berishga majbur emas. Odatda «shunchaki» to‘lovlarni kechiktirish deyarli imkonsiz. Bu holat sizning tanaffus olish istagingizga emas, balki aniq dastur va vaziyatlarga bog‘liq. Shuning uchun, nazorat qiluvchi organning favqulodda chora-tadbirlariga yoki qonuniy asoslarga umid qilish maqsadga muvofiq.

Agar kredit ta’tilini olishni uddalasangiz, kredit to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatib turishingiz va shu bilan birga kechikishlarsiz, jarimalarsiz hamda ortiqcha asabiylashishlarsiz  ijobiy kredit tarixingizni saqlab qolishingiz mumkin.

Kredit ta’tilini qanday olish mumkin: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

  1. Asosni aniqlang — bu doimiy daromadning yo‘qolishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, favqulodda holat yoki hukumat qarorlari yoxud nazorat organi tomonidan belgilangan boshqa vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
  2. Hujjatlarni tayyorlang — ariza hamda daromadning kamayishi, kasallik yoki boshqa hayotiy qiyinchiliklar haqidagi tasdiqlovchi ma’lumotnomalar kerak bo‘ladi.
  3. O‘z bankingizga murojaat qiling — shaxsan bank bo‘limiga boring yoki iloji bo‘lsa, internet-bank orqali onlayn ariza qoldiring.
  4. Javobni kuting — odatda, banklar bunday murojaatlarni 5 ish kunidan 15 ish kunigacha ko‘rib chiqadi.
  5. Yozma javob oling — arizangiz tasdiqlansa, sizga yangi to‘lov jadvali yoki kechiktirish shartlari bilan qo‘shimcha kelishuv shartnomasi beriladi.
45 kungacha foizlardan ozodsiz

AVO platinum kartasi bilan to‘lang va imtiyozli davrda foizsiz qaytaring

Kartani olish

Shuni tushunish muhimki, odatda o‘z tashabbusi bilan kredit ta’tilini olish deyarli imkonsiz, faqatgina davlat yoki Markaziy bank darajasida maxsus tartib joriy etilgan hollar bundan mustasno. Shuning uchun, yangiliklar va rasmiy qarorlarni diqqat bilan kuzatib boring — aynan ular banklarga amaldagi kreditlar shartlarini vaqtincha qayta ko‘rib chiqish buyrug‘ini beradi.

Xulosa qilamiz: kredit ta’tilidan qanday holatlarda foydalangan ma’qul

Kredit ta’tili — universal yechim emas, balki haqiqatan ham qiyin davrlarda zarbani yumshatishga yordam beradigan inqirozga qarshi choralardan biri. U bank bilan munosabatlarni buzmagan va jarimalarga tortilmagan holda vaqtincha to‘lovlarni to‘xtatish imkonini beradi. Lekin, shuni tushunish muhimki, qarz yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki shunchaki kechiktiriladi va ta’tildan keyin uni yangi jadval asosida to‘lash kerak bo‘ladi.

Agar qiyinchiliklarga duch kelsangiz, cho‘chimasdan bank bilan gaplashing va hozirgi paytda bunday choralar amal qilayotganini aniqlashtiring. Agar iloji bo‘lsa, zarur hujjatlarni tayyorlab, ariza topshiring. Bu o‘zingiz va byudjetingizni ortiqcha yukdan himoya qilishning qonuniy usuli hisoblanadi.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Kredit
18.07.2025
5 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.