• AVO

  • AVO gap

  • Kreditofobiya — avlod kasalligi: uni qanday yengish mumkin?

Kreditofobiya — avlod kasalligi: uni qanday yengish mumkin?

«Kredit kartasi» so‘zi qandaydir xavfli narsadek eshitiladimi? % belgisini ko‘rganingizda, hamyoningizni uzoqroqqa yashirgingiz keladimi? Tabriklaymiz, siz bank mahsulotlarini qo‘rqinchli va tushunarsiz narsa deb qabul qiladigan kreditofobiya kasalligiga chalingansiz.   

Hech qachon qarz botqog‘iga tushmagan bo‘lsangiz ham, bu qo‘rquv allaqachon miyangizdan joy olgan bo‘lishi mumkin. U boshqalarning «palonchi qarzga botib ketdi va endi qariganigacha qarz to‘laydi» yoki «juda zarur bo‘lmasa, hech qachon kredit olmang» kabi hikoyalari bilan keladi. Yana, katta avlodning «qarzlar — bu oxirgi chora, tushundingmi?» degan maslahatlari ham bunga qo‘shimcha bo‘ladi.  

Kasallik alomatlari: kreditofobiyani qanday aniqlash mumkin  

Kamida ikkita bandda o‘zingizni ko‘rgan bo‘lsangiz, sizda kreditfobiyaning aniq belgilari bor. Lekin bu hammasi tugadi degani emas. Shunchaki siz afsonalar orasida o‘sgan va hali ham kredit kartasi aslida qanday ishlashini tushunib yetmagan odamlar guruhiga mansubsiz.  

Bu qo‘rquv qayerdan kelgan?  

Aslida, qo‘rquv mantiqiy. Miyamiz shunday tuzilganki, biror narsani bilmasak yoki tushunmasak, xavotirlanishni boshlaymiz. Agar kreditlar haqida faqat «kredit = qarz botqog‘i» degan gaplarni eshitgan bo‘lsak, «limitli karta» iborasi ham vahimali eshitilishi tabiiy.   

Ha, oldinlari hamma narsa qiyin edi: shartnomadagi mayda harflar, yashirin komissiyalar, tushunarsiz shartlar. Lekin hozir vaziyat butunlay o‘zgardi: shaffof qoidalar, raqamli boshqaruv, eslatmalar, avtomatik to‘lovlar va keshbek.  

Qanday davolanish kerak: qo‘rquvga qarshi uchta dori  

 1. Kredit kartasi qanday ishlashini bilib oling  
Foiz xarajat qilgan zahoti hisoblanmaydi. O‘rtacha 45 kundan 50 kungacha imtiyozli davringiz bo‘ladi. Ya’ni, pulni sarflaysiz va keyin shu muddat ichida hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz xotirjamlik bilan qaytarishingiz mumkin.   
Bu xuddi kelajakdagi o‘zingizdan qarz olishga o‘xshaydi — faqat shoshilmasdan va tahdidsiz.  

2. Limit va eslatmalarni sozlab qo‘ying  
To‘lashni unutib qo‘yishdan qo‘rqyapsizmi? Eslatmalar qo‘ying, avtomatik to‘lovni yoqing, kartangizda kerakli summani saqlang. Hozir butun jarayon ilovada bir nechta tugmani bosish orqali amalga oshadi. Hech qayerga borish, qo‘ng‘iroq qilish yoki biror narsaga imzo qo‘yish shart emas. 

3. Kartadan aqlli vosita sifatida foydalaning  
Kredit kartasi okean tubidagi qutqaruv halqasi emas. U ko‘proq xavfsizlik yostig‘iga o‘xshaydi. U bilan oyligingiz kechikishidan qo‘rqmasangiz bo‘ladi. Do‘kondagi aksiyadan foydalanib, o‘z vaqtida xarid qila olasiz. Kutilmaganda mashina buzilsa, qarz so‘rab yugurmaysiz — ta’mirlash uchun kredit kartasi bilan to‘laysiz.   
Buning ustiga, keshbek, bonus va qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar ham bor.

Moliyachi–shifokor xulosasi  

Kreditofobiya bilim va mas’uliyat orqali davolanadi. Kredit kartasiga dushman sifatida emas, balki foydali vosita sifatida qarashni o‘rgansangiz, u sizning ishonchli hamkoringizga aylanadi. Eng muhimi, qaytara oladigan miqdordan ko‘proq pul olmang. Qolgan barcha masala — texnikaning vazifasi.  

Moliyaviy retseptingiz  

AVO platinum kredit kartasini oching va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:  

Bittasini yozib olib, moliyaviy xavotir paydo bo‘lgan payti foydalanamiz. Hech qanday salbiy ta’siri aniqlanmagan 🙂 

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

📖 Ta'lim
29.05.2025
6 daqiqa
Barno Sharipova
Maqola muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.