Bu yilning bahorida ish yuzasidan Dubayga uchib bordim, yozda esa Taybeydagi Computex 2024 kompyuter ko‘rgazmasiga tashrif buyurdim. Har ikki safar davomida turli xaridlar uchun xalqaro to‘lov tizimlariga ulangan o‘zbek banklarining bank kartalarini o‘zim bilan olib bordim. To‘lovlar BAA dirhami, AQSh dollari va Tayvan dollarida amalga oshirildi, ammo bank kartalarimdan o‘zbek so‘mi yechib olindi.
Men milliy valyutamiz bilan mutlaqo boshqa mamlakatda xarid qilganimda, qanday qilib u mahalliy yoki xalqaro valyutaga aylantirilishiga qiziqib qoldim. Bu masalani o‘rganib chiqdim va sayohat paytida so‘mning boshqa valyutalarga qanday ayirboshlanishini hamda qaysi tomon komissiya to‘lashini oddiy tilda tushuntirishga harakat qilaman.
Ayirboshlash o‘zi nima?
Avvalo, valyuta konvertatsiyasi nima ekanligini tushunish kerak. Qisqacha aytganda, valyuta konvertatsiyasi — bu bir mamlakatning valyutasini boshqasiga almashtirish jarayonidir. Ya’ni, masalan, Dubayga borganda, AVO platinum kredit kartasi orqali xarid qilish mumkin, unda o‘zbek so‘mi bo‘lsa ham, sotuvchi o‘zi istagan dirhamlarini yoki AQSh dollarlarini oladi.
AVO platinum kredit kartasi bilan chet elda tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilganda, konvertatsiya avtomatik ravishda amalga oshiriladi — karta egasi bankda yoki ilovada valyuta almashtirishi shart emas.
Ammo birinchi qarashda ko‘ringanidek, hamma narsa shunchalik oddiy emas. Axir bu zanjirda ko‘plab murakkab bank jarayonlari va operatsiyalari ishtirok etadi. Ular Toshkentdagi bankka foydalanuvchining kartasidagi o‘zbek so‘mini AQSh dollariga yoki u turgan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilishga yordam beradi, toki pulni sotuvchining hisobi joylashgan bankka yuborish uchun. Aynan shu murakkab jarayon uchun komissiya olinadi.

Ayirboshlash uchun nimalar kerak?
Turli valyutalardagi konvertatsiya va tranzaksiya operatsiyalarini amalga oshirishni boshlash uchun banklarga xalqaro tashkilotlar bilan muhim kelishuvlar zarur. AVO platinum kredit kartasini chiqargan AVO bank Mastercard xalqaro to‘lov tizimi bilan shartnoma tuzgan. Bu esa bankka chet el valyutasida to‘lovlarni qabul qilish va ularni kartaning asosiy valyutasiga aylantirib berish imkonini beradi.
Jarayon haqida
Tasavvur qiling, men sayohat paytida bozorga olma sotib olish uchun bordim. Sotuvchiga pullarimni ko‘rsatdim, ammo u ularni olishdan bosh tortdi. «E, uka, bu yerda o‘zbek so‘mi o‘tmaydi, almashtirishingiz kerak!» — dedi. Bunday vaziyatda men valyutani kerakli pulga oson va xavfsiz ayirboshlashni juda yaxshi biladigan do‘stim — AVO bank'ni yordamga chaqirishim mumkin. U mening pullarimni bu yerda o‘tadigan valyutaga almashtiradi va shundan so‘ng sotuvchi menga olma sotishga rozi bo‘ladi.

Konvertatsiya jarayoni bir zumda amalga oshiriladi va karta egasi o‘zining asosiy valyutasida to‘lovni amalga oshiradi. AVO platinum kredit kartasi bilan xaridlarni to‘lashda valyuta konvertatsiyasi bir necha bosqichda bajariladi:
- kredit karta egasi tovar yoki xizmatni tanlaydi va to‘lanishi kerak bo‘lgan summani ko‘rsatadi;
- Mastercard tizimi to‘lov so‘rovini qayta ishlaydi va qaysi bank tranzaksiyani amalga oshirishini aniqlaydi;
- xaridorning banki hisobdagi mablag‘lar mavjudligini tekshiradi va summani bank kursi bo‘yicha hisob valyutasidan tranzaksiya valyutasiga aylantirishni so‘raydi;
- agar summa to‘lash uchun yetarli bo‘lsa, xaridor banki sotuvchi bankiga to‘lov topshirig‘ini yuboradi;
- sotuvchi banki to‘lovni qabul qiladi va mablag‘larni o‘z kursi bo‘yicha kerakli valyutaga aylantirgan holda sotuvchining hisobiga o‘tkazadi;
- sotuvchi kerakli valyutada to‘lovni oladi.
Muhim jihatlar
Banklar valyuta konvertatsiyasi uchun komissiya oladi, uning miqdori kredit kartasi va bank shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bu komissiya unchalik katta bo‘lmaydi va tranzaksiyaning umumiy qiymatiga kiritiladi. Ammo ba’zi banklar chet elda kredit kartasidan foydalanganlik uchun qo‘shimcha haq olishi mumkin.
AVO bank AVO platinum kredit kartasi hisobi bo‘yicha valyuta ayirboshlash uchun faqatgina konvertatsiya summasining 3% i miqdorida komissiya undiradi.
Boshqa mamlakatga sayohat qilishdan oldin cheklovlar yo‘qligini tekshirish va kartani konvertatsiya qilish limitini aniqlash lozim. Masalan, ba’zi kredit kartalari kunlik yoki oylik konvertatsiya limitiga ega. Limit karta turi, uning maqomi va boshqa omillarga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ehtimoliy xavotirlarga qaramay, AVO bank'da valyuta ayirboshlash xavfsiz va ishonchli tarzda amalga oshiriladi, chunki xalqaro to‘lov tizimlari tranzaksiyalarni himoya qilish va xavfsizlik standartlariga rioya etishni ta’minlaydi. Bu firibgarlik va kredit karta egasining shaxsiy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish, shuningdek, uning mablag‘larini himoya qilish imkonini beradi.
Ba’zi banklar valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi. Masalan, ular valyutalarning joriy kursi haqida ma’lumot berishi, shuningdek, valyutani oldindan yoki ma’lum bir kurs bo‘yicha ayirboshlash imkoniyatini taqdim etishi mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, kredit kartalaridan foydalanish shartlari bank va mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli, chet elda kredit kartasidan foydalanishdan avval batafsil shartlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, kutilmagan xarajatlardan qochish uchun mumkin bo‘lgan komissiyalar va limitlarni ham hisobga olish zarur.