• AVO

  • AVO gap

  • Firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i: pulga kredit reytingini yaxshilash haqidagi quruq va’dalarga aldangmang 

Firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i: pulga kredit reytingini yaxshilash haqidagi quruq va’dalarga aldangmang 

Bank ipoteka bo‘yicha yana rad javobini bersa yoki biznesni rivojlantirish uchun kerakli summani bermaganida - vahimaga tushib qoladi kishi. Shunday paytda kredit reytingining ahvoli go‘yoki sizni chiqib bo‘lmaydigan qafasga tiqib qo‘ygandek tuyuladi. Aynan tezroq tasdiq olish va hayotni yangidan boshlash istagidan firibgarlar juda ustalik bilan foydalanadi. Ular kredit tarixini bir necha kunda “tuzatib” berishni va’da qiladi. Mo‘jizaga ishongan ko‘pgina odamlar esa  chiroyli gapirib, hamdard bo‘lgandek ko‘rinadigan tovlamachilarga oxiri pulini qo ‘shqo‘llab berib qo‘yadi. 

Bunday xizmatlarning mohiyati nimada 

Odatda hammasi ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda kelgan chiroyli taklifdan boshlanadi. O‘zini qoyilmaqom yurist yoki sobiq bank xodimi deb tanishtirganlar sizga atigi 100 mingdan 500 mingacha haq evaziga kredit reytingingizni butunlay yaxshilab berishni yoki eski kechikishlar haqidagi qaydlarni o‘chirib tashlashni va’da qiladi. Firibgarlar go‘yoki ularda banklarning yopiq bazalariga kirish imkoni borligini yoki eski qarzdorliklarni yo‘q qilib yuboradigan maxfiy yuridik yo‘llarni bilishini aytadi. Aslida esa ular yo pulingizni olib g‘oyib bo‘ladi, yo hech qanday foydasi bo‘lmaydigan tayyor arizalar to‘plamini sotadi. Bunday hujjatlar esa tizimdagi haqiqiy ko‘rsatkichlarga umuman ta’sir qilmaydi.

Avtokredit olmoqchi edim, lekin talabalik paytimdagi eski xatolarim sabab reytingim juda past edi. Internetda bankdagi tanishlar orqali salbiy qaydlarni 300 ming so‘mga o‘chirib beramiz deyishganda, shubhalanmadim ham hatto. Buni tanish-bilishlar orasida qilinadigan ish deb o‘yladim. Oxirida esa na pul qoldi, na mashina. Menga yordam beraman degan odam esa hamma joyda meni bloklab tashladi. 

Madina, firibgarlik qurboni 

Firibgarlik belgilari: nimaga e’tibor berish kerak 

Menga shunday sxema taklif qilishgandi: men moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurs uchun pul to‘layman, evaziga ular banklarga men ishonchli mijoz bo‘ldim degan ma’lumotni yuborishadi. Narxi 500 ming so‘m edi. Keyin bilsam, bu kurs internetdan ko‘chirib olingan maqolalar to‘plami ekan. Banklar esa men nimanidir o‘qiganimni umuman bilmas  ham ekan. 

Shahzod, firibgarlik qurboni 

Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak 

  1. Huquqlaringizni biling. Qonunga ko‘ra, kredit tarixingizni yiliga 2 marta bepul tekshirishingiz mumkin. Buni my.gov.uz davlat xizmatlari portali orqali o‘zingiz qilsangiz bo‘ladi. 
  2. Hisobotning xatolari bor-yo‘qligini tekshiring. Banklar ham xato qiladi: masalan, kreditni yopgan bo‘lsangiz ham, tizimda faol ko‘rinishi mumkin. Shunday holatda siz bankka ariza yozib, bu ma’lumotni bepul qayta ko‘rib chiqishni so‘rash huquqiga egasiz. 
  3. Ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. Hech qachon va hech qanday holatda davlat xizmatlaridagi parollarni yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamlarga bermang. Hech qanday yaxshi niyat hisoblaringizga kirish imkonini berishni oqlamaydi. 
  4. Pulni haqiqiy qarzga yo‘naltiring. Shubhali yordamchilarga pul to‘lashning o‘rniga, shu pulni qarzingizni yopishga sarflagan ma’qul. Banklar nazarida reytingingizni ko‘taradigan narsa aynan shu, bo‘sh va’dalar emas. 

Xulosa 

Bir narsani unutmaslik kerak, kredit tarixi xohlagan payt ochib, xatoni o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan Word hujjati emas. Bu banklardan kelgan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan murakkab davlat tizimi. Bankdagi tanish-bilish ham, qandaydir maxfiy xaker dasturlari ham bazaga kirib, eski kechikishlaringizni o‘chirib tashlay olmaydi. Agar kimdir sizga shunaqa narsa va’da qilsa, bilingki, buning oxiri yana bitta moliyaviy yo‘qotish bilan tugashi mumkin. 

Bank ishonchini qaytarishning yagona yo‘li bu vaqt va intizom. Kichik qadamlardan boshlang. Limiti pastroq oddiy kredit karta oling, undan kundalik xaridlar uchun foydalaning va har safar pulni vaqtida qaytaring. Yarim yildan keyin tizim moliyaviy xulqingiz o‘zgarganini ko‘radi va reyting asta-sekin o‘zi ko‘tarila boshlaydi. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar va’da qilganidek tez emasdir, biroq faqat shu usul haqiqatda ishlaydi va sizni xavfga qo‘ymaydi. 

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

📖 Ta'lim
24.03.2026
3 минуты
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 24/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.