• AVO

  • AVO gap

  • Dipfeyklardan himoyalanish yo‘llari

Dipfeyklardan himoyalanish yo‘llari

4 yil oldin avvalgi ishimda bir achinarli voqea yuz bergandi. Har kuni ertalab biznikiga farrosh ayol — mehribon, xushmuomalalik bilan xursand bo‘lib kirib kelardi. O‘sha kuni Gulnoza opa butunlay boshqacha edi: rangi o‘chgan, qo‘llari titrab, ko‘zlaridan yosh oqardi. Oilada yagona boquvchi bo‘lgan bu ayol firibgarlarning hiylasiga aldanib qolgan edi.

Juda ham oddiy holat bo‘lgan: unga u karta ochgan bankning «xavfsizlik xizmati»dan qo‘ng‘iroq qilishdi. Yigit o‘zini bank xodimi deb tanishtirdi, ismini aytib murojaat qildi va aniq talaffuz bilan ishonchli ohangda karta bo‘yicha shubhali operatsiya haqida xabar berdi. Gulnoza opa puli uchun shunchalik xavotirga tushdiki, shu zahoti ortiqcha savollarsiz SMSdagi raqamlarni aytib berdi.

Bitta qo‘ng‘iroq bilan yangi texnika sotib olish uchun shuncha vaqt davomida yig‘ib qo‘ygan barcha ozgina pulini kartasidan yechib olishdi. Hamkasblarim bilan uni ozgina bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlash uchun pul yig‘ishga qaror qildik.

Vaqtlar o‘tyapti, bugungi kunda firibgarlik shunchaki «bank xavfsizlik xizmati»ning qo‘ng‘iroqlari emas. Bu endi Gollivudga emas, balki pulingiz va ishonchingizga qaratilgan sun’iy intellekt va chuqur soxta videolar bilan kinolardagi kabi hiylalarga aylandi.

Bu tizim qanday tuzilgan

Agar skamerlar qurbonlari faqat ishonuvchan kampirlar va sodda uy bekalari bo‘lishi mumkin deb o‘ylasangiz, adashasiz.

Italiyada firibgarlar mudofaa vazirining raqamli nusxasini yaratib, qo‘ng‘iroq qilib, garovga olinganlarni ozod qilish uchun pul so‘ragan. Aldangan biznesmenlar orasida Prada modalar uyi bosh direktori Patritsio Bertelli, dizayner Jorjo Armani va Pirelli & C. S.p.A. boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari Marko Tronketti Provera ham bor edi. Hatto Milan Inter futbol klubining sobiq egasi, milliarder Massimo Moratti firibgarlarga pul o‘tkazib yuborgan.

Uzoqqa bormasdan ham, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda vaqti-vaqti bilan «aktyorlar», «sportchilar» va «siyosatchilar» moliyaviy piramidalarga sarmoya kiritishni taklif qiladigan reklamalar paydo bo‘lib turadi. Iyun oyida gazeta.uz saytida og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning soxta videosi haqida xabar chop etildi.

Aslida, zamonaviy sun’iy intellekt vositalari yuz va ovozingizni taqlid qilish imkonini beradi. Google qidiruv panelida «Dipfeyk yaratish» so‘rovini kiritishingiz bilan eng yaxshi neyron tarmoqlar ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich ko‘rsatmali to‘liq qo‘llanmalar paydo bo‘ladi.

Firibgarlar zararsiz so‘rovnoma bahonasida qo‘ng‘iroq qilib, ovozingizni bir daqiqada yozib olishlari mumkin. Messenjerdagi fishing havolasiga o‘tishingiz bilan akkauntingizni yo‘qotishingiz mumkin. Skamerlar shaxsiy chatlarga kirib, audio va video xabarlarni o‘g‘irlashadi. Dipfeyk yaratish texnik masala, keyin esa kontaktlar ro‘yxatidagi barcha odamlarga ommaviy xabar yuborish boshlanadi.

Ular nafaqat aktyorlar va taniqli shaxslarning, balki ijtimoiy tarmoqlarda faol sahifa yurituvchi har qanday odamni taqlid qilishi mumkin.

Qanday dipfeyklar bor

  • Rahbariyat nomidan soxta qo‘ng‘iroqlar — kiberjinoyatchilar yuqori lavozimli rahbarlarning ovoziga o‘xshash audio yozuvlar yaratib, xodimlarni pul o‘tkazish yoki maxfiy ma’lumotlarni berishini so‘rashadi.
  • Soxta reklama — firibgarlar mashhur shaxslar nomidan videolar joylashtiradi va oz miqdordagi sarmoya evaziga yuqori daromad va’da qiladi.
  • Ijtimoiy tarmoqlarni buzish— skamerlar nomingizdan qarindosh va do‘stlaringizga audio va video xabarlar yuborib, ularga zudlik bilan pul o‘tkazishni so‘raydilar.
Davlat pulingizni himoya qiladi

25% gacha daromad va kafolatlangan sug‘urta bilan AVO omonatini oching

Omonat ochish

Dipfeyklarni qanday tanish mumkin

Firibgarlik turi
Alomatlari
Himoyalanish yo‘li
Rahbariyat nomidan soxta qo‘ng‘iroq
Ovozi o‘xshaydi, lekin tez gapiradi, shoshilib, tushuntirmasdan iltimos qiladi
Agar boshlig‘ingiz o‘ta maxfiy topshiriqni og‘zaki tarzda bersa, ofis raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilib, suhbatni davom ettirganingiz ma’qul.
Qalbaki reklama
Katta daromad va’da qilishadi, saytlari shubha uyg‘otadi, elektron manzilida qo‘shimcha belgilar bor
Bank va yirik servislar rasmiy domenlardan foydalanadi.
Normal: «.uz», «.com»
Shubhali: «.xyz»
Agar «bank.uz» o‘rniga «bank-uzbek.com-login.site» kabi qo‘shimcha so‘zlar yoki belgilarni ko‘rsangiz, soxta sayt ekanligini bildiradi.
Ma’lumotlarni kiritishdan oldin sayt manzilini rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi manzil bilan solishtiring yoki ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Akkauntlarni buzish yoki soxta akkaunt ochish
Qarindosh va yaqinlaringiz zudlik bilan pul o‘tkazib berish yoki nimanidir to‘lashni iltimos qilishadi
Agar sizga shunday iltimos bilan yozishsa, uning shaxsiy telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki boshqa messenjerda bog‘laning (masalan, xabar WhatsApp’da kelsa, Telegramda).

O‘zimiz va yaqinlarimizni qanday himoya qilishimiz mumkin

Siz bilan dipfeyk yaratmasliklari uchun qanday himoyalanishingiz mumkin?
Ko‘pchilik tavsiyalar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni yopish va kontent joylashtirmaslikka qaratilgan. Lekin raqamli dunyomizda bu deyarli imkonsiz. Rasmlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda, davlat saytlarida, biz ishlagan kompaniyalarda bor. Shuning uchun, eng yaxshi maslahat — yuqori sifatli, yaxshi yoritilgan va to‘g‘ridan olingan professional surat va videolarni yuklamang.
Aynan shunday materiallar mukammal dipfeyk yaratish uchun juda qulay. Ishonchsiz servislardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling: ularga surat, video yuklamang va ovozli xabarlar yozmang. Shuningdek, zarur bo‘lmagan ilovalarda mikrofon va kameradan foydalanishni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Albatta, media fayllaringiz saqlanadigan akkaunt va ilovalarda ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalanish ham muhim.

Agar dipfeyk yaratishgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Havola, skrinshot va fayllarni dalil sifatida saqlab qo‘ying. Kontent joylashtirilgan barcha ijtimoiy tarmoqlarda shikoyat qoldiring. Huquqshunoslarga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling. Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va kuzatuvchilaringizni bu kontentga e’tibor bermaslikka chaqiring.

Yaqinlaringizdan kelgan dipfeykni qanday aniqlash mumkin?
Yuz ifodasi va ovoziga e’tibor bering: lablari notabiy harakatlanadi va ohangi noodatiy bo‘ladi. Faqat haqiqiy odam biladigan savolni bering. Sizda bor telefon raqami orqali yoki boshqa messenjerda bog‘laning.

Xo‘sh

Raqamli hiylalar to‘xtovsiz rivojlanib boryapti, lekin sizda hushyorlik degan kuchli antivirus bor. Tanqidiy fikrlashni ishga soling, manbalarni sinchiklab tekshiring, savollar berishdan uyalmang — shunda vaziyatni nazorat qila olasiz va firibgarlarning aldoviga uchmaysiz.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Ta'lim
21.08.2025
8 daqiqa
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

54